Get Mystery Box with random crypto!

Ko'zingizni ochuvchi 7 yapon tushunchalari 1. Ikigai Hayotd | LEGAL MIND

Ko'zingizni ochuvchi 7 yapon tushunchalari


1. Ikigai
Hayotdagi maqsadingizni bilib oling. Har kuni ertalab nima uchun uyg'onganingizni aniqlang. Kuchli tomonlaringiz, emotsiyalaringiz va jamiyat ehtiyojlariga mos keladigan narsani tanlang. Bu hayotning mazmunini beradi.

2. Shikita ga nai
O'zgartira olmaydigan narsadan voz keching. Ba'zi narsalar bizning nazoratimizdan tashqarida ekanligini tan oling va bu yaxshi. Yaxshisi, nimani o'zgartirishingiz mumkinligiga e'tiboringizni qarating.

3. Wabi-sabi
Nomukammallikda tinchlik toping. Hayotda hech narsa, jumladan, o'zingiz va boshqalar mukammal emasligini tan oling. Hayotni noyob qiladigan kamchiliklardan xursand bo'ling.

4. Gaman
Qiyin paytlarda qadr-qimmatingizni saqlang. Hatto eng qiyin vaqtlarda ham hissiy yetuklikni va o'zingizni nazorat qila olishingizni ko'rsating.

5. Oubaitori
O'zingizni boshqalar bilan solishtirmang. Har bir insonning turli vaqt jadvali va o'ziga xos yo'li bor. O'z progressingizga e'tibor qaratish muhim.

6. Kaizen
Har doim hayotingizning barcha sohalarida yaxshilanishga intiling. Kichik o'zgarishlar vaqt o'tib katta ta'sir ko'rsatishi mumkin.

7. Shu-Ha-Ri
“Talaba tayyor bo'lsa, o'qituvchi paydo bo'ladi. Talaba chinakam tayyor bo'lsa, o'qituvchi yo'qoladi”. — Tao Te Ching.

Bu o'zlashtirish haqida fikr yuritish usuli. Bilim olishning 3 bosqichi mavjud:

— Shu: Bir ustozning ta'limotiga amal qilib, asoslarni o'rganing. Sohaning buyuklariga taqlid qilish ham shu bosqichda bo'ladi.

— Ha: Tarjiba qilishni boshlang, ustozlardan o'rganing va o'rganishni amaliyotga qo'shing.

— Ri: Bu bosqich innovatsiyalarga va o'rganganlaringizni turli vaziyatlarda qo'llash qobiliyatiga qaratilgan.


p/s: anomal sovuq ob-havo sabab ta'til cho'zilsa yaxshi bo'lardi:)

@legal_mind