Get Mystery Box with random crypto!

Maqsad — oliyhimmat Sizdan jamiyatga nima chiqsa sizga shu na | LEGAL MIND

Maqsad — oliyhimmat

Sizdan jamiyatga nima chiqsa sizga shu narsa qaytadi. Xudbinlik yaxshi narsa emas. Sal balandroq narsani mo'ljallash kerak. Oliy himmat bo'lish, mayda narsalar bilan ovora bo'lmaslik, yuqoriroq maqsad qo'yish — insonni saodatli qiladigan omillardan bittasi.

Siz jamiyatga yaxshilik ulashing, bu Borliq sizga shuni qaytaradi ortig'i bilan. Siz faqat o'zingiz uchun "menga nima" qabilida yashang, jamiyat ham sizga huddi shunday munosabatda bo'ladi.

Faqat o'zi uchun yashaydigan odamlar — eng past, xudbin kimsalar hisoblanadi. Masalan, mashinasi shaharda bitta bo'lishini, uyi mahallada eng baland bo'lishini yoki o'rtoqlari ichida eng oxirgi versiyadagi telefonni tutish — hammasi arzimas "meloch" prioritetlar. Ha, pulni o'zi topganidan keyin istaganidek sarflaydi, bunisi bilan ishimiz yo'q lekin qarindoshlarida, do'stlarida yoki qo'shnisida pulga muhtoj odam bor. Sal "mundeyrog'ini" ishlatib pulni shunaqalarga bersa bo'ladi. Lekin bermaydi. Chunki uni maqsadi — o'ta primitivda. Oliyhimmat musulmon yigitga shunaqa qilish to'g'ri keladimi?

Shu yerida hikmatli so'z: sultonni saroyida ishlaydigan xizmatchining qadri — sulton uni qanday ishlarga buyurayotgani bilan o'lchanadi. Ya'ni agar biz ham Allah taoloni huzurida qadrimiz qanaqa ekanligini bilmoqchi bo'lsak, qaraylik:
1. Allah bizni nimalar bilan band qilib qo'ydi;
2. Qanday g'amlar bilan boshimiz qotgan;
3. Nimani orzusida, umidida yuribmiz;
4. Robbimiz bizni qaysi "ko'chada" ishlatyapti;

Agar himmatingiz oliy bo'lsa, ummatga, xalqqa, jamiyatga, Vatanimga foydam tegsin degan baland maqsadlarni fikr qilsangiz, demak Allah sizni yaxshi ko'ribdi.
Ma'qulmi?

Hasan Basriy aytganidek, Allah bir bandadan yuz o'girganining belgisi — uni befoyda ishlar bilan band qilib qo'yganidir.

Ishchi o'z qadrini oshishi uchun maqsadi xo'jayinni xohishlarini bajarishi orqali bo'ladi. Siz Allahni roziligini maqsad qilib uning buyruqlarini bajaring, qolgan moddiy ne'matlarni Robbimiz o'z o'rniga qo'yib qo'yadi.

Qimmatli umr, vaqtni faqat bu dunyoda zo'r, kayfni qilib yashab qolishga sarflash xato tushuncha. Bu qiyinchilikda yashagin deganimas, faqat prioritet boshqacha bo'lsin birodar.

Sizni qalbizni, fikrizni muhim, buyuk ishlar band qilmasa uning o'rnini mayda, razil va past narsalar band qiladi. Yosh yigitmisan, biror sohani bilimdoni bo'lishga intil yoki biror kasb-hunarni mutaxassisi bo'lishga harakat qil. Talabamisan, guruhingda eng birinchi bola bo'l.

Sen muhim, zarur, kerakli deb qo'ygan maqsadlaringga bir bor qara, qayta fikr qil. Chunki sen bu ishlarga umringni, vaqtingni, pulingni, sog'ligingni sarflaysan. Arziydimi?

Himmat — bu qalb amali, insonni harakatga keltiradigan ichki kuch, ichki quvvati. Endi shu himmat oliy yoki past, kuchli yoki kuchsiz bo'ladi. Himmatingni saqla, u hamma narsaning boshlanishi.

Oliyhimmat inson ikkinchi sort narsalarga ko'nmaydi. Doim birinchi bo'lishga intiladi. Boshqalar uchun hayol bo'lgan narsa, u uchun yengil bo'ladi. Bu insonlar nodir bo'ladi ya'ni ko'p bo'lmaydi.


Oliyhimmat inson jannatdan boshqa narsaga rozi bo'lmaydi. O'zini qadrini yaxshi biladi, kibr yoki g'urur emas lekin o'zini xor qiladigan o'ringa qo'ymaydi. Bu inson aftaritetini o'z mehnatini ustiga quradi, nasl-nasabiga, dadasini puliga, falonchini jiyani ekaniga emas.
Tushunarlimi?

Ilm olish, solih insonlarning suhbati — himmatni yuksaltiradi. Yangi yil uchun maqsadlarni qo'ydingiz, endi ularni bir taftish qilib, isloh qilib ko'ring.

@legal_mind