Get Mystery Box with random crypto!

O‘QISH BO‘LIMI (#READING) Ushbu bo‘limning maqsadi ommabop, i | Learning_English_Freee

O‘QISH BO‘LIMI (#READING)

Ushbu bo‘limning maqsadi ommabop, ilmiy-ommabop hamda ilmiy matnlarning umumiy mazmunini, ulardagi asosiy fikrlar va detallarni tushunishni, aniq ma’lumot olish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish ko‘nikmalarini tekshirishdir. Ushbu bo‘lim uchun ajratilgan vaqt javob vaqarasini to‘ldirish bilan birga 60 daqiqani tashkil etadi.

1-QISM (6 SAVOL)

Matn turi: ommabop materiallar - gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 150 so‘z)..
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: gaplar o‘rtasidagi mazmuniy bog‘lanishlarni tushunish va yaxlit matn shaklida tasavvur qilish.
Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z).

2-QISM (8 SAVOL)

Matn turi: 8 ta gazeta, jurnal, internet reklama matnlari (matn hajmi - 300 so‘z).
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumot olish uchun o‘qish.
Savollar turi: moslashtirish (10 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha).

3-QISM (6 SAVOL)

Matn turi: ommabop materiallar - gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z).
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: ommabop matnlardagi asosiy fikrlarni tushunish.
Savollar turi: sarlavhalarni paragraflarga moslashtirish (8 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha).

4-QISM (9 SAVOL)

Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z).
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, matndagi aniq detallarni va ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish.
Savollar turi: 21-24-savollar – muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 4 ta javob varianti).
Savollar turi: 25-29-savollar – to‘g‘ri/noto‘g‘ri/berilmagan.

5-QISM (6 SAVOL)

Matn turi: ommabop materiallar – gazeta, jurnal, internet maqolalari (matn hajmi - 600 so‘z).
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, matndagi aniq detallarni va ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish.
Savollar turi: 30-33-savollar – bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam).
Savollar turi: 34-35-savollar – muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 4 ta javob varianti).

Kanalga ulanish
@MultiLevel_materials_tests