Get Mystery Box with random crypto!

TINGLAB TUSHUNISH BO‘LIMI (#LISTENING) @MultiLevel_materials_t | Learning_English_Freee

TINGLAB TUSHUNISH BO‘LIMI (#LISTENING)
@MultiLevel_materials_tests

Ushbu bo‘limning maqsadi autentik va yarim autentik audiomatnlarning umumiy mazmunini, ulardagi asosiy fikrlar va detallarni tushunishni, aniq ma’lumot olish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish ko‘nikmalarini tekshirishdir. Tinglab tushunish bo‘limida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 15-30 soniya vaqt beriladi. Audiomatnlarning umumiy davomiyligi tahminan 35 daqiqani tashkil etadi. Javob varaqasini to‘ldirish uchun qo‘shimcha 10 daqiqa vaqt belgilanadi.

1-QISM (8 SAVOL)
@MultiLevel_materials_tests

Matn turi: davomiyligi 5-10 soniyali matn, dialogning birinchi qismi.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: nutqning umumiy mazmunini tushunish.
Savollar turi: muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 3 ta javob varianti).

2-QISM (6 SAVOL)
@MultiLevel_materials_tests

Matn turi: davomiyligi 2-3 daqiqali ommabop tanish mavzularda monolog.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.
Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam).

3-QISM (4 SAVOL)
@MultiLevel_materials_tests

Matn turi: ommabop tanish mavzularda 4 ta qisqa monologlar, har bir monologning davomiyligi 30 soniya.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: nutqning umumiy mazmunini tushunish.
Savollar turi: moslashtirish (6 ta javob variant, ikkitasi ortiqcha).

4-QISM (5 SAVOL)
@MultiLevel_materials_tests

Matn turi: davomiyligi 2-3 daqiqali ommabop tanish mavzularda monolog yoki dialog.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.
Savollar turi: moslashtirish (8 ta javob variant, uchtasi ortiqcha).

5-QISM (6 SAVOL)
@MultiLevel_materials_tests

Matn turi: ommabop tanish mavzularda 3 ta qisqa dialoglar, har bir dialogning davomiyligi 60 soniya. Har bir dialog uchun 2 savol.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: matnni batafsil tushunish, ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish.
Savollar turi: muqobil javobli test topshiriqlari (savol va 3 ta javob varianti).

6-QISM (6 SAVOL)
@MultiLevel_materials_tests

Matn turi: davomiyligi 3 daqiqali ma’ruza.
Tekshiriladigan ko‘nikmalar: muayyan ma’lumotlar olish uchun tushunish.
Savollar turi: bo‘shliqlarni to‘ldirish (bitta so‘z va/yoki raqam).

Kanalga ulanish
@MultiLevel_materials_tests