Get Mystery Box with random crypto!

O'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan | Personal blog

O'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari 19 taga ko'paydi va ularning soni 100 tadan ortdi.

Prezidentning tegishli qarori bilan o'zini o'zi band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari 19 taga ko'paydi.

1. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar toʻqish
2. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash
3. Atlas-adras toʻqish
4. Mayda munchoq (biser) tikish
5. Doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
6. Temirchilik mahsulotlari uy sharoitida tayyorlash
7. Asalarichilik, shuningdek asalari uyasi va ramkalarini yasash
8. Quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish
9. Qoʻziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish
10. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish
11. Qogʻozdan qutilar, banderollar tayyorlash
12. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish
13. Tayyor mahsulotga etiketga biriktirish
14. Uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish
15. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash
16. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash
17. Milliy taqinchoqlar tayyorlash
18. Kandakorlik, misgarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash
19. Dagʻal jundan gilam, koʻrpa va yostiq tayyorlash.

Ular shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari ro'yxati


@law_partner