Get Mystery Box with random crypto!

#mehnathuquqi #savol Ishdan bo'shatish nafaqasi qanday ho | Personal blog

#mehnathuquqi
#savol
Ishdan bo'shatish nafaqasi qanday hollarda to'lanadi?

Javob: 1. Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan quyidagi hollarda (Mehnat kodeksi 100-modda):
shtatlar qisqarganligi, korxona tugatilganligi sababli;
xodimning malakasi yetarli bo'lmaganligi yoki sog'lig'i holatiga ko'ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo'lib qolishi tufayli;
o‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan;
korxona rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‘lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilinganligi uchun;
xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonunchilikka muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda.

Lekin mehnat shartnomasi xodimning o'z vazifalarini muntazam ravishda yoki bir marta qo'pol buzganligi sababli (100-modda 2-qism 3- va 4-bandlari) bekor qilinganda ishdan bo'shatish nafaqasi to'lanmaydi!

2. Mehnat shartnomasi taraflar ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan tarzda bekor qilingan quyidagi hollarda
(MK 106-modda):
xodim harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganda;
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklanganda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zosi vakolatlari muddati tugaganligi yoki Qonunchilik palatasi hamda Senat tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytgan taqdirda;
ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar buzilganligi munosabati bilan, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etishning imkoni bo‘lmasa.

Lekin ishga qabul qilish yuzasidan tegishli qoidalar xodimning aybi bilan buzilgan bo'lsa, masalan, xodim soxta hujjatlar tayyorlagan yoki ma'lum bir faoliyat turi bilan shug'ullanishga to'sqinlik qiladigan hukmni yashirgan bo'lsa, ishdan bo'shatish nafaqasi to'lanmaydi!

3. Xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni rad etgan taqdirda, mehnat shartnomasi bekor qilinsa
(MK 89-modda).

Ishdan bo'shatish nafaqasining miqdori xodimning o'rtacha oylik ish haqidan kam bo'lmasligi shart.

Nargiza Sharipova tomonidan tayyorlandi.
Manba

Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/yoshyuristlar

Murojaat uchun: @onlinemaslahatxonabot