Get Mystery Box with random crypto!

Laissez faire

Telegram kanalining logotibi laissezfaire_only — Laissez faire L
Telegram kanalining logotibi laissezfaire_only — Laissez faire
Kanal manzili: @laissezfaire_only
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 25
Kanalning ta’rifi

Muallifning bir tiyinga qimmat iqtisodiyotga oid fikrlari

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-05-13 13:32:43 Elvira Saxipzadovna Nabiullina - Rossiyaning "Temir ayoli"

Ushbu ayol hozirgi kunda Rossiya iqtisodiyoti uchun muhim rol o'ynaydigan shaxslardan biri hisoblanadi. Chuniki u Rossiya Markaziy bankiga raislik qiladi. Uning qarorlari va "kayfiyati" ko'p narsani o'zgartirib yuborish mumkin. Uni shaxsiga juda qiziqdim. Kelinglar sizlargayam tanishtiraman.

Elvira opa yoki xola 1963-yil 29 oktyabrda Boshqirdistonning UFA shahrida tug'ilgan. Otasi oddiy haydovchi, onasi zavodda oddiy ishchi bo'lgan. Maktabni a'lo baholarga tugatgan bo'lsada, oltin medal olmagan (menga o'xshab).

23 yoshida Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetini tugatgan. O'qishni bitirishidan oldin Sovet ittifoqi kommusitik partiyasi (КПСС - o'ngchilar) a'zosi bo'lishga ulgurgan.

Karyerasi

91-94 yillarda Rossiya sanoatchilari va tadbirkorlari uyushmasida
94-98 yillarda Rossiya Iqtisofiyod vazirligida (97-98 yilda vazir o'rinbosari)
98-99yillarda Promtorgbank boshqaruvi raisining o'rinbosari
99 yilda Yevroosiyo reyting xizmati ijrochi direktori
99-05 yillarda Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida va Strategik tadqiqotlar markazlarida oldiniga German Grefga o'rinbosarlik, keyinchalik markaz prezidenti bo'lgan.
2006 yilda Rossiya Federatsiyasining G8 raisligiga tayyorgarlik ko'rish va ta'minlash bo'yicha tashkiliy qo'mitasining Ekspertlar kengashi rahbari
2007-08 yillarda (Butunjahon inqirozi paytida) Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri
2008-12 yilarda
Iqtisodiy rivojlanish vaziri (bu boshqa vazirlik uje)
2012-13 yillarda Prezidentning iqtisodiy masalalar bo'yicha yordamchisi
2013 yil 12-martdan beri Rossiya markaziy banki raisi sifatida ishlab keladi.

Bundan tashqari, yana dofiga tashkilotni kuzatuv kengashi a'zosi, rahbari yoki o'rinbosari bo'lgan.

Elvira Nabiullina baland ovozda siyosiy bayonotlardan qochishni afzal ko'radi. Biroq, u Sovet Ittifoqining parchalanishini fojia deb biladi, shu bilan birga u liberal, bozor yondashuvlari tarafdori ham. Qizig'a?!

Elviraning vazir sifatidagi eng katta qilgan ishi 2008-yilgi inqirozdan 'kamroq qon to'kkan' holda iqtisodiyotni olib chiqolganidir. Keyin Rossiyaning Jaho savdo tashkilotiga a'zo bo'lishi bo'yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan.

2015 yilda Euromoney Elvira Nabiullinani dunyoning ushbu yildagi eng yaxshi Markaziy bank raisi sifatida tan olgan. U Forbes'ning "Dunyodagi eng kuchli 100 ayol" ro'yxatidan 2014, 2016, 2020 yillarda joy olgan yagona rus ayolidir. Dofiga mukofotlariyam bor. Eng muhimi Rossiyada xizmat ko'rsatgan iqtisodchi.

Aytgancha, Elvira opani eri Milliy tadqiqot universiteti "Oliy iqtisodiyt maktabi" (НИУ ВШЭ) rektori bo'lib ishlaydi. O'g'li 88-yilda tug'ilgan va hozir otasi rektorlik qiladigan Oliy iqtisodiyot maktabida ilmiy xodim o'lib ishlaydi.
53 views10:32
Ochish/sharhlash
2022-04-26 16:22:32 Channel name was changed to «Laissez faire»
13:22
Ochish/sharhlash
2022-04-26 15:33:08 Asosiy stavka nima va u bizning hayotimizga qanday taʼsir koʻrsatadi?

Markaziy bankning asosiy stavkasi — MB tomonidan tijorat banklariga kreditlar berishning minimal foizi hisoblanadi. Banklar MBdan kredit olib, kompaniyalarga, chakana isteʼmolchilarga va boshqa banklarga oʻzlarining foiz stavkalari boʻyicha kreditlar berishadi, bu Markaziy bank stavkasidan bir oz yuqori boʻladi.

Asosiy stavka pul-kredit siyosatining asosiy quroli boʻlib, uning yordamida Markaziy bank soʻmning kursini nazorat qilishi va mamlakat iqtisodiyotiga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Past stavka pul arzonligini anglatadi. Natijada korxonalar va aholining kredit olish faolligi, tadbirkorlik, shu bilan birga iqtisodiyot ham rivojlanadi. Bunday siyosatning salbiy taʼsiri inflyatsiyaning oshishi boʻlishi mumkin — pul arzon, shuning uchun u bozorda juda koʻp. Asosiy stavka past boʻlganda chayqovchilikning jozibadorligi oshadi, shuning uchun banklar xorijiy valyutani faol ravishda sotib olishadi. Bu bozorda tobora koʻpayib borayotgan soʻmning qadrsizlanishiga olib keladi. Bunga javoban Markaziy bank ham stavkalarni oshirishi mumkin. Shunda valyuta savdosi kamroq foyda keltirishni boshlaydi, chayqovchilar bozordan soʻm sotib oladi va kurs barqarorlashadi.

Agar iqtisodiyotda inflyatsiyaning sezilarli tezlashishi kuzatilsa va Markaziy bank asosiy stavkani oshirsa, pul jalb qilish xarajatlari oshishi sababli banklar kreditlar va depozitlar boʻyicha foiz stavkalarini oshirishi mumkin. Biroq, shu bilan birga, yuqori stavka ham salbiy oqibatlarga olib keladi: aholining xarid qobiliyati va iqtisodiy rivojlanish surʼatlari pasayadi.

Inflyatsiyaning pasayishi va shunga mos ravishda asosiy stavkaning pasayishi bilan banklararo va xalqaro banklararo bozorda pul mablagʻlarini jalb qilish arzonlashadi va shunga mos ravishda ular nisbatan past foiz stavkalarida kreditlar beradi, uy xoʻjaliklari va korxonalar uchun moliyaviy resurslar arzonlashadi.

Mijozlar bilan shartnomalar tuzishda Markaziy bankning asosiy stavkasi ham qoʻllanilishi mumkin. Bunday hollarda kredit boʻyicha foiz stavkasi asosiy stavkaga “bogʻlanadi” va kredit boʻyicha foizlarni toʻlash miqdori asosiy stavka darajasiga qarab oʻzgaradi. Yangi shartnomalar uchun foiz stavkasi yuqoriroq, eskilari uchun bu shartnoma shartlariga bogʻliq boʻladi.

https://www.gazeta.uz/uz/2022/04/22/credits-for-business/
550 views12:33
Ochish/sharhlash
2022-04-19 16:07:13
Kvartirada turish narxi oshyapti

Oxirgi bir yarim oyda Toshkentga 5 ming rossiyalik kelgan. Buning natijasida mart oyining o'rtalarida shahardagi uy-joylarning ijara narxlari 15 foizga oshgan.

Jumladan, Sergeli, Olmazor va Yunusobod tumanlarida bir xonali kvartirani ijaraga olish oʼrtacha 3,39 mln soʼmni tashkil etadi, bu 24 fevralga (3 mln soʼm) nisbatan 13 foizga koʼproq.

Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida narxlar 5,65−11,3 mln soʼm oraligʼida oʼzgarib, 17 foizga oshgan.
142 viewsedited  13:07
Ochish/sharhlash
2022-04-05 20:30:04 Qolganini bu yerdan o'qivolilar:

https://www.gazeta.uz/uz/2022/04/05/forbes-2022/?utm_source=push&utm_medium=telegram
90 views17:30
Ochish/sharhlash
2022-04-05 20:28:59
Dunyoning eng yosh ayol milliarderi 25 yoshli Aleksandra Andresen boʻlib, uning boyligi 1,3 mlrd dollarni tashkil qildi.

Eng yosh erkak milliarder esa 19 yoshli Kevin David Lemann boʻldi va uning boyligi 2,4 mlrd dollarga teng.
72 views17:28
Ochish/sharhlash
2022-04-05 20:24:31
Дунёнинг Топ-10 миллиардер аёллари: Франсуаза Беттанкур Майерс, 68 ёшда, Франция, 74,8 млрд доллар, L’Oréal асосчисининг набираси, умумий рейтингдаги ўрни — 14: Элис Уолтон, 72 ёшда, АҚШ, 65,3 млрд доллар, Walmart асосчисининг ягона қизи, умумий рейтингдаги…
64 viewsedited  17:24
Ochish/sharhlash
2022-04-05 20:17:28 Дунёнинг Топ-10 миллиардер аёллари:

Франсуаза Беттанкур Майерс, 68 ёшда, Франция, 74,8 млрд доллар, L’Oréal асосчисининг набираси, умумий рейтингдаги ўрни — 14:

Элис Уолтон, 72 ёшда, АҚШ, 65,3 млрд доллар, Walmart асосчисининг ягона қизи, умумий рейтингдаги ўрни — 18;

Жулиа Кох, 59 ёшда, АҚШ, 60 млрд доллар, Koch Industries асосчилари оиласининг фарзанди Давид Кохнинг беваси, умумий рейтингдаги ўрни — 21;

Маккензи Скотт 51 ёшда, АҚШ, 43,6 млрд доллар, Amazon асосчиси Жефф Безоснинг собиқ рафиқаси, умумий рейтингдаги ўрни — 30;

Жаклин Марс, 82 ёшда, АҚШ, 31,7 млрд доллар, Mars компанияси асосчисининг набираси, умумий рейтингдаги ўрни — 41;

Жина Райнҳарт, 68 ёшда, Австралиянинг энг бой фуқароси, 30,2 млрд доллар, Hancock Prospecting, умумий рейтингдаги ўрни — 46;

Мириам Адельсон, 76 ёшда, АҚШ, 27,5 млрд доллар, Las Vegas Sands компанияси собиқ директорининг беваси , умумий рейтингдаги ўрни — 50;

Сьюзан Клаттен, 59 ёшда, Германия, 24,3 млрд доллар, BMW компанияси асосчилари оиласининг фарзанди, умумий рейтингдаг
136 viewsedited  17:17
Ochish/sharhlash
2022-04-05 20:15:43
Forbes нашри 2022 йил учун дунёнинг энг бой инсонлари рўйхатини эълон қилди.

Forbes бўйича Топ-10 миллиардерлар:

Илон Маск
, 50 ёшда, АҚШ, 219 млрд доллар (2021 йилдагига нисбатан 68 млрд долларга ошган), Tesla, SpaceX;

Жефф Безос, 58 ёшда, АҚШ, 171 млрд доллар (-6 млрд доллар), Amazon;

Бернар Арно, 73 ёшда, Франция, 158 млрд доллар (+8), LVMH;

Билл Гейтс, 66 ёшда, АҚШ, 129 млрд доллар (+5), Microsoft;

Уоррен Баффет, 91 ёшда, АҚШ, 118 млрд доллар (+22), Berkshire Hathaway;

Ларри Пейж, 49 ёшда, АҚШ, 111 млрд доллар (+19,5), Google;

Сергей Брин, 48 ёшда, АҚШ, 107 млрд доллар (+18), Google;

Ларри Эллисон, 77 ёшда, АҚШ, 106 млрд доллар (+13), Oracle;

Стиб Балмер, 66 ёшда, АҚШ, 91,4 млрд доллар (+22,7), Microsoft;

Мукеш Амбани, 64 ёшда, Ҳиндистон, 90,7 млрд доллар (+6,2), Reliance Industries.
47 viewsedited  17:15
Ochish/sharhlash