Get Mystery Box with random crypto!

#nomsiz Chet elda yashaydigan erkak onasiga videoqoʻngʻiroq q | Laa tahzan

#nomsiz

Chet elda yashaydigan erkak onasiga videoqoʻngʻiroq qildi.
Telefon akasining ayolida ekan, u javob beryapti:
_E yanga Assalomu alaykum, yaxshi oʻtiribsizlarmi?
Kelin alik olishga ulgurmay, yonidan jiyanning yuzi koʻrindi.
_Iye, qori. Katta yigit boʻlib ketibsizku, buni boʻylarini qarang, kiyimlari yarashganini qarang... Amaki jiyanini alqashni boshladi.
Bundan ruhlanib ketgan kelinni ogʻzini tanobi qochib:
_Haa amakisi, sizga oʻxshaydida, rossa chiroyli bola boʻlyapti. Boʻylari ancha oʻsib ketdi.
Kecha akangiz ham: "Bu oʻgʻlim, amakisi Eshmat palakatga oʻxshaydi, nima kiysa yarashaveradi" dedida oʻzi. Huddi siz!
Yangasini gapini eshitgan Eshmat gʻoʻldirab: "Befarosat!" dedida, yonida suhbatni eshitib turgan ayoliga hijolatomuz bir qarab qoʻydi.

Ayoli javob berdi:
_Biz taraflarda bir ajoyib taʼrif bor edi.
Nimaydi-yaa..? Aha, esladim:
TOʻRTTA TUZI KAM!
Qoʻyavering, unaqalarga eʼtibor qilinmaydi
.

https://t.me/laa_tahzan92