Get Mystery Box with random crypto!

Bir tugʻilmoq bir oʻlmoq bor taqdirlarda, Ikki qayta yashagann | Kuzatish

Bir tugʻilmoq bir oʻlmoq bor taqdirlarda,
Ikki qayta yashaganni koʻrganmisan.
Uzun yoʻlda bir bekat bor qabrlarda,
U makoning ahvolini soʻrganmisan.

Dunyolarning xoni boʻlsang farqing yoʻqdir,
Bir bandasan past u baland narxing yoʻqdir,
Gʻavgʻo solding jimjitlikda sharxing yoʻqdir,
U makoning ahvolini soʻrganmisan.

Ey Abdulloh koʻzing yoshla alam bilan,
Oʻtga yurma Haqga yurar qadam bilan ,
Tur vidolash jami yorugʻ olam bilan ,
U makoning ahvolini soʻrganmisan.


Abdulloh Davron