Get Mystery Box with random crypto!

Sen ketib ayriliq boʻlganda gʻolib, Parishon yuraman kelmay hu | Kuzatish

Sen ketib ayriliq boʻlganda gʻolib,
Parishon yuraman kelmay hushimga.
Osmonga uchsam gar bulutlar qolib,
Toshlar uriladi ikki toʻshimga.

Sen ketsang, yaxshisi birga ketaylik,
Yaka Rahmonimni yoʻlini koʻrsat.
Tanimni muzlatib borar yolgʻizlik,
Yohud unutmoqni menga ham oʻrgat.

Abdulloh Davron