Get Mystery Box with random crypto!

Sen kitob oʻqiysan , ishq va sadoqat, Deysan Zuhroni deb qon y | Kuzatish

Sen kitob oʻqiysan , ishq va sadoqat,
Deysan Zuhroni deb qon yutar Tohir.
Savolga tutasan: Nedan bu toqat?
Yillar oʻtayabdi yoʻqlamaysiz bir.

Sen kitob oʻqiysan, yonadi ichim,
Togʻni parcha parcha qiladi Farhod.
Savolga tutasan: Ikkimiz uchun,
Bir nafaslik diydor mushkulmi nahot?

Sen kitob oʻqiysan, javonda Qurʼon,
Menga sheʼr aytasan oyatlar qolib.
Savolga tutmasding , kechmasding oson,
Senda boʻlganida muhabbat gʻolib.

Savolga tutasan , hayolim tarqoq,
Butun vujudimda berkinadi sir.
Men ishqdan soʻzlayman ruximda titroq,
Sen savol berasan yana baribir.

Abdulloh Davron