Get Mystery Box with random crypto!

Uyingizning bir xonasi masjid boʻlsin, namozni har doim oʻsha | one day

Uyingizning bir xonasi masjid boʻlsin, namozni har doim oʻsha xonada oʻqing.
Kattagina bir kutubxonangiz ham boʻlsin.
Qoʻying oʻsha mexmonxona, ayvonlarni..
Uyda-huzur oladigan bir xonaning dizaynini yarating eng avvalo.
Uylanmasdan avval uylaringizni ta’mirlaysiz-ku, ana oʻshanda;
«Shu yumshoq oʻrindiqni olaman» demang, «uyimning bir xonasini masjid qilaman!» deb ayting.
Juftingiz va farzandlaringiz bilan oʻsha xonada oʻtirib, fiqhdan bahslashing, hadislar yodlang. Hullas birga dars qiling
U xonada dunyoviy hech narsa boʻlmasin.
Kitobning hidi boʻlsin u yerda, hamma joyi sajda boʻlsin..Shunday xona boʻlsinki, shunday huzur boʻlsinki u yerda Alloh bilan yolgʻiz qolish uchun yana va yana shu xonaga oshiqing.
Kerak boʻlsa oʻsha xonada tungi ibodatni qila-qila tong ottiring.
U xonaga kirishingiz bilanoq dunyoni unuting.
Vaqti kelganda, iymoningizni yarimi-juftingiz bilan bir kitobni bitirib, taassurotlarini gaplashing.
Qoʻying shu dunyoning xabarlariyu, dardlarini. Bekorchi narsalar bilan ongingizni charchatmang.
Bir uyingiz boʻlsin va u uyning, dunyoda ekan, dunyoni unuttiradigan bir xonasi boʻlsin.
https://t.me/Zokirjon_qori_uychi kanallaridan olindi.



Yuqoridagi fikrlarni oʻqidimu
Qachonlardir qilgan hayollarimni esladim.
Fikrlarimni yoritib berishibdiya