Get Mystery Box with random crypto!

Xorazm | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzxorazm — Xorazm | Kun.uz X
Telegram kanalining logotibi kunuzxorazm — Xorazm | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzxorazm
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.90K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Xorazm viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Murojaat uchun 👉 @KunuzXorazmBot

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-11-16 08:41:05
Xorazm viloyatini 1988-1991-yillarda boshqargan Xudoyberganova Rimajon Matnazarovna 80 yoshida vafot etdi

Xudoyberganova Rimajon Matnazarovna 1942-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Uzoq yillar davomida yengil sanoat sohasida ishlagan. 1988-yil sentyabr oyida Xorazm viloyati partiya qo‘mitasi birinchi kotibi qilib saylangan. Bu hozirgi vaqtdagi viloyat hokimi lavozimiga teng. 1991-yildan boshlab ipakchilik va pillachilik sohasidagi turli rahbarlik lavozimlarida ishlab, 2007-yilda nafaqaga chiqqan.

Bundan qariyb 3 yil oldin Rimajon Xudoyberganova bilan hayoti va mehnat faoliyati haqida suhbatlashgan edik.

--------------------------------

Хоразм вилоятини 1988-1991 йилларда бошқарган Худойберганова Римажон Матназаровна 80 ёшида вафот этди

Худойберганова Римажон Матназаровна 1942 йилда Хоразм вилоятида туғилган. Узоқ йиллар давомида енгил саноат соҳасида ишлаган. 1988 йил сентябрь ойида Хоразм вилояти партия қўмитаси биринчи котиби қилиб сайланган. Бу ҳозирги вақтдаги вилоят ҳокими лавозимига тенг. 1991 йилдан бошлаб ипакчилик ва пиллачилик соҳасидаги турли раҳбарлик лавозимларида ишлаб, 2007 йилда нафақага чиққан.

Бундан қарийб 3 йил олдин Римажон Худойберганова билан ҳаёти ва меҳнат фаолияти ҳақида суҳбатлашган эдик.

Xorazm xabarlari
5.3K views05:41
Ochish/sharhlash
2022-11-14 15:17:02
Xorazmda kelin qaynonasini urdi

Ijtimoiy tarmoqlarda kelin qaynonasini urib, qiynagani haqidagi video tarqaldi. Unda bir ayol boshqasining bosh qismiga qoʻli bilan urgani, jabrlanuvchi esa bu vaziyatda qarshilik koʻrsatmagani aks etgan.

Xorazm viloyati IIB xabariga koʻra, holat Urganch tumani Shermatlar mahallasida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, M.J. oʻzaro kelishmovchilik sababli qaynonasi Y.S. betob boʻlib yotganidan foydalanib, qoʻli bilan boshiga urgan.

Ushbu holatni jabrlanuvchining eri telefoni orqali tasvirga olib, IIBga taqdim etgan. Hozirgi vaqtda M.J. xatti-harakatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

-------

Хоразмда келин қайнонасини урди

Ижтимоий тармоқларда келин қайнонасини уриб, қийнагани ҳақидаги видео тарқалди. Унда бир аёл бошқасининг бош қисмига қўли билан ургани, жабрланувчи эса бу вазиятда қаршилик кўрсатмагани акс этган.

Хоразм вилояти ИИБ хабарига кўра, ҳолат Урганч тумани Шерматлар маҳалласида содир бўлган. Аниқланишича, М.Ж. ўзаро келишмовчилик сабабли қайнонаси Ё.Ш. бетоб бўлиб ётганидан фойдаланиб, қўли билан бошига урган.

Ушбу ҳолатни жабрланувчининг эри телефони орқали тасвирга олиб, ИИБга тақдим этган. Ҳозирги вақтда М.Ж. хатти-ҳаракатлари юзасидан суриштирув ишлари олиб борилмоқда.

Xorazm xabarlari
1.8K views12:17
Ochish/sharhlash
2022-11-13 07:01:22
Xiva shahri hokimi Temur Davletov intizomiy jazoga tortildi

Batafsil

----------

Хива шаҳри ҳокими Темур Давлетов интизомий жазога тортилди

Батафсил

Xorazm xabarlari
2.5K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-11-11 08:04:03
Havo haroratining keskin sovishi sababli Oʻzbekistondagi avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari ishlash vaqtiga cheklovlar joriy etilmoqda. Cheklovlar vaqtlari hududlar kesimida sutkasiga 12 soatgacha boʻladi.

------------------------------

Ҳаво ҳароратининг кескин совиши сабабли Ўзбекистондаги автомобилларга газ тўлдириш шохобчалари ишлаш вақтига чекловлар жорий этилмоқда. Чекловлар вақтлари ҳудудлар кесимида суткасига 12 соатгача бўлади.

Xorazm xabarlari
1.5K views05:04
Ochish/sharhlash
2022-11-07 12:31:18
«Pahlavon Mahmud» nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi

«Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi prezident qaroriga koʻra, jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida 2023-yil 1-yanvardan «Pahlavon Mahmud» nomli davlat stipendiyasi joriy qilindi.

--------------------

«Паҳлавон Маҳмуд» номли давлат стипендияси жорий қилинади

«Жисмоний тарбия ва спорт соҳасида кадрларни тайёрлаш ҳамда илмий тадқиқотлар тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги президент қарорига кўра, жисмоний тарбия ва спорт йўналишларида 2023 йил 1 январдан «Паҳлавон Маҳмуд» номли давлат стипендияси жорий қилинди.

Xorazm xabarlari
6.0K views09:31
Ochish/sharhlash
2022-11-04 08:46:02
Urganch dehqon bozori raisi pora bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIV Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda «Urganch markaziy dehqon bozori» AJ boshqaruv raisi SH.R. tadbirkorga tegishli goʻsht mahsulotlari sotishga moʻljallangan savdo shoxobchasini bozor hududidagi yengil tipdagi koʻchma savdo shoxobchalari dislokatsiyasiga kiritib, hujjatlarini rasmiylashtirib berganligi evaziga oʻz xizmat xonasida 300 dollar pora talab qilib olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

--------------------

Урганч деҳқон бозори раиси пора билан ушланди

Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент, ДХХ ва ИИВ Хоразм вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган тезкор тадбирда «Урганч марказий деҳқон бозори» АЖ бошқарув раиси Ш.Р. тадбиркорга тегишли гўшт маҳсулотлари сотишга мўлжалланган савдо шохобчасини бозор ҳудудидаги енгил типдаги кўчма савдо шохобчалари дислокациясига киритиб, ҳужжатларини расмийлаштириб берганлиги эвазига ўз хизмат хонасида 300 доллар пора талаб қилиб олган вақтида ушланган.

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 210-моддаси (пора олиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Xorazm xabarlari
4.7K views05:46
Ochish/sharhlash
2022-11-03 14:45:22
Bogʻotda pillani qayta ishlash korxonasi ishga tushirildi

Korxonaga umumiy qiymati 2 mln $ boʻlgan ipak ip yigirish liniyalari oʻrnatilgan. Loyihaning 2-bosqichida qoʻshimcha 350 ming $ sarmoya kiritilib, ipak mato toʻqish, boʻyash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish liniyalari ishga tushiriladi. Natijada 180 ta doimiy va 6400 ta mavsumiy ish oʻrinlari yaratiladi. Mavsum davomida yetishtirilgan pilla xom-ashyosi korxonaning oʻzida toʻliq qayta ishlanib, yiliga 1,3 mln $ mahsulot eksport qilinadi.

--------------------

Боғотда пиллани қайта ишлаш корхонаси ишга туширилди

Корхонага умумий қиймати 2 млн $ бўлган ипак ип йигириш линиялари ўрнатилган. Лойиҳанинг 2-босқичида қўшимча 350 минг $ сармоя киритилиб, ипак мато тўқиш, бўяш ҳамда тайёр маҳсулот ишлаб чиқариш линиялари ишга туширилади. Натижада 180 та доимий ва 6400 та мавсумий иш ўринлари яратилади. Мавсум давомида етиштирилган пилла хом-ашёси корхонанинг ўзида тўлиқ қайта ишланиб, йилига 1,3 млн $ маҳсулот экспорт қилинади.

Xorazm xabarlari
5.3K views11:45
Ochish/sharhlash
2022-11-02 08:00:00
Xorazm viloyati prokurori Botir Qudratxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlanyapti.

Xorazm viloyati prokurori lavozimiga esa Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi lavozimida ishlayotgan Umirbek Madraimov tayinlanishi kutilmoqda.

--------------------

Хоразм вилояти прокурори Ботир Қудратхўжаев Ўзбекистон Республикаси Бош прокурори ўринбосари, Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий прокурори лавозимига тайинланяпти.

Хоразм вилояти прокурори лавозимига эса Бош прокуратура бошқарма бошлиғи лавозимида ишлаётган Умирбек Мадраимов тайинланиши кутилмоқда.

Xorazm xabarlari
4.5K views05:00
Ochish/sharhlash
2022-11-01 09:00:03
1-noyabrdan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

2022-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida roʻy beradigan ayrim oʻzgarishlar haqida.

https://kun.uz/uz/68296541

--------------------

1 ноябрдан қонунчиликда нималар ўзгаради?

2022 йил 1 ноябрдан бошлаб Ўзбекистон қонунчилигида рўй берадиган айрим ўзгаришлар ҳақида.

https://kun.uz/68296541

Xorazm xabarlari
4.0K views06:00
Ochish/sharhlash
2022-10-31 08:30:14
#Eslatma

Ertaga 1-noyabr, oyning birinchi kuni. Internet, mobil aloqa, uy telefoni va onlayn TV xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishni unutmang.

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

Эртага 1ноябрь, ойнинг биринчи куни. Интернет, мобиль алоқа, уй телефони ва онлайн ТВ хизматлари учун тўловларни амалга оширишни унутманг.

Xorazm xabarlari
4.1K views05:30
Ochish/sharhlash