Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsamarqand
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.41K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Samarqand viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2023-04-27 15:16:22
Avtomashinani kimlar ishonchnomasiz boshqarishi mumkin?

Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnomalarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilingan taqdirda ular avtomashinani boshqarishlari mumkin.

Samarqand xabarlari
1.2K views12:16
Ochish/sharhlash
2023-04-27 12:33:30
Urgut tuman Davlat xizmatlari markazida “prava”ni almashtirish mumkin

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urgut tuman Davlat xizmatlari markazida ham eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati ishga tushirildi.

Samarqand xabarlari
3.3K views09:33
Ochish/sharhlash
2023-04-27 12:09:49
Samarqandda kanoe bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. O‘zbekiston va Eron yaqqol ustun

26 aprel kuni o‘ynalgan 10 ta oltin medalning 6 tasini O‘zbekiston, 4 tasini Eron vakillari qo‘lga kiritdi.

https://kun.uz/uz/07781962

Samarqand xabarlari
3.5K views09:09
Ochish/sharhlash
2023-04-27 10:54:30
Samarqand viloyati IIB huzurida Jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi ushbu kengash Prezidentning 2023 yil 20 yanvardagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuzildi. Yig‘ilishda Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari va vakolatlari tanishtirildi.

Uzoq yillar ichki ishlar organi tizimida faoliyat yuritgan, iste’fodagi polkovnik Shavkat Sa’dullayev Jamoatchilik kengashi raisi etib saylandi. Kengash a’zoligiga nodavlat tashkilot vakillari, tizim faxriylari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qabul qilindi.

Samarqand xabarlari
3.9K views07:54
Ochish/sharhlash
2023-04-27 09:05:55
Urgut tumani manzaralari

Samarqand xabarlari
4.6K views06:05
Ochish/sharhlash
2023-04-27 08:20:30
159 ta shahar va tumanda budjet jarayonining ochiqligi ta’minlanmagan

Hisob palatasi davlat idoralari tomonidan o‘z rasmiy veb-saytlariga budjet jarayonining ochiqligini ta’minlaydigan axborotning joylashtirilishi bo‘yicha 2022 yil xulosalarini taqdim etdi.

https://kun.uz/uz/47728129

Samarqand xabarlari
4.5K views05:20
Ochish/sharhlash
2023-04-27 06:53:34
Qo‘shimcha pedagogik faoliyat uchun to‘lanadigan ustamalar ma’lum qilindi

Boshqa ma’muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foiz to‘lanadi.

https://kun.uz/uz/56079331

Samarqand xabarlari
4.7K views03:53
Ochish/sharhlash
2023-04-26 18:42:54
Panjikent ko‘chasining ayrim qismi asfalt yotqizilayotgani bois vaqti-vaqti bilan yopiladi

Samarqand shahridagi Panjikent ko‘chasiga asfalt qoplamasini yotqizish va ko‘chani transport vositalari harakatlanmaydigan qismini ham ta’mirlash ko‘zda tutilgan.

Shu bois Panjikent ko‘chasining Sadriddin Ayniy ko‘chasi bilan kesishmasidan M-39 xalqaro avtomobil yo‘li (Toyloq krugi)gacha bo‘lgan qismida ayni paytda ishlar boshlanganini ma’lum qilamiz.

Ushbu hududda ishlarni sifatli tashkil etish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘chaning ta’mirlanayotgan qismi (500 metrdan)da transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklab boriladi.

Aytish o‘rinliki, ko‘chaning ta’mirlab bo‘lingan qismi navbati bilan ochib boriladi va o‘sha hududda transport vositalarining harakati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
  
Samarqand xabarlari
5.8K views15:42
Ochish/sharhlash
2023-04-26 17:10:41
“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 28-aprel kunidan 1-may kunigacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘lovchi poyezddagi barcha chiptalar erkin savdoga chiqarilgan. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19

768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘yilgan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar chiptalari turistik firmalar tomonidan berilgan arizalarni chetlab o‘tgan holda barcha chiptalar erkin savdoga chiqarildi.

Samarqand xabarlari
5.7K views14:10
Ochish/sharhlash
2023-04-26 15:38:24
Dollar kursi yana tushdi

Markaziy bank 27-apreldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

USD 11 377,11 so‘m (–24,90)
RUB 139,41 so‘m (–0,53)
EUR 12 562,60 so‘m (–14,96)


Samarqand xabarlari
5.6K views12:38
Ochish/sharhlash