Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand | Kun.uz

Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz S
Telegram kanalining logotibi kunuzsamarqand — Samarqand | Kun.uz
Kanal manzili: @kunuzsamarqand
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.41K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning Samarqand viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.
Reklama: 998 78 113 10 10
Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2023-07-22 07:14:02
Samarqand viloyatida qancha egizak chaqaloq tug‘ilgan?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 6 oyida O‘zbekistonda 434 519 ta tug‘ilish qayd etilgan.
Shundan 9 810 nafarini egiz tug‘ilganlar tashil etadi.

Hududlar kesimida egiz tug‘ilganlar soni:

Qoraqalpog‘iston R. – 440 ta 
Andijon viloyati – 915 ta
Buxoro viloyati – 453 ta
Jizzax viloyati – 482 ta 
Qashqadaryo viloyati – 983 ta
Navoiy viloyati – 314 ta 
Namangan viloyati – 724 ta 
Samarqand viloyati – 1162 ta
Surxondaryo viloyati – 772 ta
Sirdaryo viloyati – 243 ta
Toshkent viloyati – 735 ta
Farg‘ona viloyati – 1106 ta 
Xorazm viloyati – 524 ta
Toshkent shahri – 957 ta

Samarqand xabarlari
5.8K views04:14
Ochish/sharhlash
2023-07-21 17:53:17
Noyob ukki qushi saqlab qolindi

2023-yil 20-iyul kuni Paxtachi tumani Ukrach mahallasi fuqarosi M.Muhammadievning bog‘iga Xalqaro muhofazaga olingan ukki qushi kelib qolgan. Fuqaro darhol mahalla profilaktika inspektoriga xabar bergan.
 
Shu kunning o‘zida, tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasiga voqea joyiga tezkor tartibda kelib qushni sog‘lomligi ko‘zdan kechirilib qabul qilib olingan.
 
Ayni paytda qush veterinar vrach ko‘rigidan o‘tkazilib, vaqtincha parvarishlash uchun Zarafshon milliy tabiat bog‘ining reabilitatsiya markaziga topshirilgan. Tez orada sog‘lomligi tekshirilib ochiq tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi.

Samarqand xabarlari
6.0K views14:53
Ochish/sharhlash
2023-07-05 14:32:28
Samarqand viloyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni qancha?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-iyun holatiga koʻra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 12 807 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni:

Toshkent shahri – 8 176 ta
Toshkent viloyati – 1 417 ta
Samarqand viloyati – 537 ta
Fargʻona viloyati – 459 ta
Surxondaryo viloyati – 357 ta
Andijon viloyati – 312 ta
Buxoro viloyati – 298 ta
Namangan viloyati – 220 ta
Navoiy viloyati – 207 ta
Sirdaryo viloyati – 189 ta
Jizzax viloyati – 177 ta
Qashqadaryo viloyati – 171 ta
Qoraqalpogʻiston R. – 158 ta
Xorazm viloyati – 129 ta

Samarqand xabarlari
380 views11:32
Ochish/sharhlash
2023-07-05 13:01:36
Samarqandda pul uchun birovni o‘ldirgan qassob 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Samarqand xabarlari
2.2K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-07-05 12:45:07
O‘zbekistonda AQSh dollari qiymati 11 600 so‘mlik nuqtaga yetdi

Mamlakatdagi qariyb o‘nta tijorat bankida 5-iyul kuni AQSH dollarining sotib olish 11 540 so‘m bo‘layapti. Sotuv kursi esa 11 600 so‘mgacha oshdi. Bu – 2022-yil mart oyidan keyingi davrdagi eng yuqori kurs.

Ma'lumot uchun, Markaziy bank 5-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgilagan va unga ko‘ra 1 dollar 11 541 so‘m etib belgilangan edi.

Samarqand xabarlari
2.4K views09:45
Ochish/sharhlash
2023-07-05 11:01:30
4-iyuldan hojilar O‘zbekistonga qaytishni boshlashdi

Joriy yil 4-22 iyul kunlari oralig‘ida “Haj – 2023” mavsumini yakunlagan ziyoratchilar O‘zbekistonga qaytib keladi.

Yurtdoshlarimiz o‘tirgan samolyotlar Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus sari parvoz qiladi.

Samarqand xabarlari
3.4K viewsedited  08:01
Ochish/sharhlash
2023-07-05 09:36:34
6-iyul kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 6-iyul, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

https://kun.uz/uz/91853535

Samarqand xabarlari
3.7K views06:36
Ochish/sharhlash
2023-07-05 07:59:15
Uchta viloyatda elektrdan eng ko‘p noqonuniy foydalanish holatlari qayd etilgan. Ular orasida Samarqand viloyati ham bor.

Joriy yilning iyun oyida Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 265 ta holatda iste’molchilar tomonidan 13,1 mln kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida tizimga 6,1 mlrd so‘m zarar keltirilgan. Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Samarqand xabarlari
4.2K views04:59
Ochish/sharhlash
2023-07-04 14:39:46
Samarqandda “moyka” ishchisi mijozning qimmatbaho mashinasini mast holatda boshqarib, “avariya” sodir qildi

Samarqandda avtomobil yuvish shoxobchasi ishchisi mijozning qimmatbaho mashinasini o‘zboshimchalik bilan boshqarib, yo‘l transport hodisasi sodir etgani haqida xabar berilgandi. U ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilgani aytilmoqda.

https://kun.uz/uz/81203742

Samarqand xabarlari
5.5K views11:39
Ochish/sharhlash
2023-07-04 14:02:47
AQSH dollarining rasmiy kursi yana oshdi

Markaziy bank 5-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

USD 11 541,00 so‘m (+6,01)
RUB 128,79 so‘m (–0,30)
EUR 12 578,54 so‘m (+16,94)


Samarqand xabarlari
5.4K views11:02
Ochish/sharhlash