Get Mystery Box with random crypto!

Kun.uz | Online

Telegram kanalining logotibi kunonline — Kun.uz | Online K
Telegram kanalining logotibi kunonline — Kun.uz | Online
Kanal manzili: @kunonline
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 67.71K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali
Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Murojaat uchun: info@kun.uz
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 467

2022-09-02 06:30:46 Putin Rossiya qurolli kuchlari oldiga15-sentabrgacha Donetsk oblastining ma’muriy chegaralariga yetib borish vazifasini qo‘ydi.

@kunonline
23.6K views03:30
Ochish/sharhlash
2022-09-02 06:01:45 Bayden administratsiyasi yuqori texnologiyali komputer chiplarini Xitoy va Rossiyaga sotishga cheklov joriy etdi.

The New York Times nashrining xabar berishicha, cheklovlar Nvidia va AMD (Advanced Micro Devices) kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan grafik protsessorlar yoki GPU kabi mashhur chiplarning yuqori texnologiyali modellariga taalluqli bo‘ladi.

@kunonline
24.3K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-09-02 00:16:37 Zelenskiy Xalqaro atom energiyasi agentligi missiyasini tanqid qildi

Ukraina prezidentining aytishicha, Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari Grossi so'z berganiga qaramay, tashkilotning Zaporijjya AESidagi missiyasini yoritishga ukrainalik va mustaqil jurnalistlar qo'yilmagan.

«Bizning asosiy talabimiz AESni qurolsiz hududga aylantirish, ammo Xalqaro atom energiyasi tashkiloti hanuz bu borada chiqish qilgani yo'q. Bosqinchilar AESga jurnalistlarni emas, o'z propagandachilarini kiritishdi. Ruslar qurollarini olib chiqib ketib, AESdagi nazoratni Ukraina atomchilar qo'lga olsagina u xavfsiz faoliyat yuritishi mumkin», dedi Zelenskiy.

@kunonline
7.8K views21:16
Ochish/sharhlash
2022-09-02 00:07:01
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi «Burj Xalifa» osmono‘par binosi Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i tasviriga burkandi.

@kunonline
8.1K views21:07
Ochish/sharhlash
2022-09-01 20:43:57
ShHT sammiti munosabati bilan Samarqand shahridagi bir qator ko'chalarda 14 – 17-sentyabr kunlari transport vositalari harakati cheklanadi. 5-sentyabrdan boshlab yuk mashinalari Samarqand shahriga kirishi taqiqlanadi.

Harakat cheklanadigan ko'chalar ro'yxati.

@kunonline
17.9K viewsedited  17:43
Ochish/sharhlash
2022-09-01 16:22:46
Yakkasaroy texnoparki hududida yirik yong‘in kelib chiqdi

Ayni vaqtda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda. Yong‘in joyiga FVV rahbariyati yetib borgan.

@kunonline
25.3K views13:22
Ochish/sharhlash
2022-09-01 13:38:15
Vladimir Putin Mixail Gorbachyov bilan xayrlashish uchun Moskva markaziy klinik shifoxonasiga keldi. U SSSRning so‘nggi rahbariga ta’zim bajo keltirdi

Gorbachyovning dafn marosimida Putin ishtirok etmaydi, Peskov buni prezident grafigi bilan izohlagan.

@kunonline
11.9K views10:38
Ochish/sharhlash
2022-09-01 13:23:47
Moskvada «Lukoil» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ravil Maganov markaziy klinik shifoxonasining 6-qavatidan yiqilib vafot etdi.

Bu 24-fevralda Rossiya Ukrainaga qarshi urush ochganidan beri sirli tarzda vafot etgan rus neft va gaz kompaniyalarining oltinchi top-menejeri.

@kunonline
12.9K views10:23
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:23:47 Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2022 yil kuzida navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari o‘tkazishni taklif qildi.

U shuningdek quyidagi takliflarni berdi:

mamlakatda yanvar oyida sodir bo‘lgan tartibsizliklar ishtirokchilarini amnistiya qilish;
davlat boshqaruvi tizimini markazlashmagan tizimga o‘tkazish uchun qayta qurish;
Qozog‘iston Milliy fondining yillik investitsiya daromadining 50 foizi bolalarning voyaga yetguniga qadar hisob-raqamiga o‘tkazib boriladi;
hashamat uchun soliq joriy etish, bu o‘rta sinfga taalluqli bo‘lmaydi.

@kunonline
21.5K views06:23
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:11:06 To‘qayev Qozog‘istonda prezident faqat bir marta saylanishi bo‘yicha tizimni joriy etishni taklif qildi

Bunda prezident vakolati muddati 7 yil bo‘ladi.

@kunonline
21.7K views06:11
Ochish/sharhlash