Get Mystery Box with random crypto!

Kun.uz | Online

Telegram kanalining logotibi kunonline — Kun.uz | Online K
Telegram kanalining logotibi kunonline — Kun.uz | Online
Kanal manzili: @kunonline
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 68.39K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali
Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Murojaat uchun: info@kun.uz
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 464

2022-09-23 15:09:02
Odessaga kamikadze dronlar hujum qilmoqda

Eron Rossiyaga yetkazib bergan Shahed-136 dronlarini o‘qotar qurollar bilan urib tushirishga urinishlar besamar ketgan. Katta ehtimol bilan dronlar manzilga yetib borgan.

@kunonline
35.6K views12:09
Ochish/sharhlash
2022-09-11 17:56:15 Fransiya prezidenti Makron rossiyalik hamkasbi Putin bilan telefonda gaplashdi. Muloqot doimgiday Fransiya tomoni tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

@kunonline
11.0K views14:56
Ochish/sharhlash
2022-09-11 16:55:05
Ukrainaning besh kunlik qarshi hujumida ozod etilgan hududlar ko‘k rangda

RF armiyasi bu hududlarni uch oydan ortiq vaqt davomida katta yo‘qotishlar evaziga egallagandi.

@kunonline
15.8K views13:55
Ochish/sharhlash
2022-09-11 08:37:04 Zaporijjya AESi to‘liq to‘xtatildi

Ukrainaning «Energoatom» agentligi xabariga ko‘ra, bugun mahalliy vaqt bilan soat 03:41 da Zaporijjiya AESining ishlab turgan so‘nggi — oltinchi energobloki tarmoqdan uzilgan. Endi uni sovitishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

@kunonline
25.2K viewsedited  05:37
Ochish/sharhlash
2022-09-11 08:19:59 Qamchiq dovonida yirik avtoavariya oqibatida 4 kishi vafot etdi

@kunonline
25.2K viewsedited  05:19
Ochish/sharhlash
2022-09-11 08:05:54 Ukrainada urushning 199-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

Rossiya qo‘shini Izyumni tark etdi, Ukraina qurolli kuchlari Kupyansk shahri egallanganini rasman ma’lum qildi. Kupyansk Izyumdagi Rossiya kuchlarining ta’minotidagi muhim punkt edi.

Izyumdan chekinilayotgani haqida RF mudofaa vazirligi rasman ma’lum qildi. Vazirlik talqiniga ko‘ra, gap «Rossiya kuchlarining qayta guruhlanishi» haqida ketmoqda.

Tunga yaqin Luhansk oblastining Lisichansk shahri yaqinida janglar boshlangani haqida xabarlar kela boshladi.

Xarkiv oblasti rahbariyati bir kun oldin rossiyaliklardan ozod etilgan Balakliya shahrida rasman Ukraina bayrog‘ini tikishdi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy videomurojaatida mamlakat qurolli kuchlari Ukrainaning 2000 kvadrat kilometr hududini ozod qilgani haqida xabar berdi.

Kiyevga Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok tashrif buyurib, uning mamlakati «butun kuchi» bilan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Bu vaqtda Moskvada Shahar kuni munosabati bilan bayram salyuti otildi. Poytaxtdagi 23 maydonda mushakbozliklar uyushtirilgan.

@kunonline
25.7K views05:05
Ochish/sharhlash
2022-09-11 07:46:58 Uzbekistan airways aviakompaniyasning HY-065 Toshkent–Termiz yo‘nalishida uchgan A-320 samoyoti kuchli shamol va chang bo‘roni tufayli Termiz xalqaro aeroportiga qo‘na olmasdan, zaxira aeroporti Buxoro xalqaro aeoportiga yo‘naltirildi.

@kunonline
24.4K views04:46
Ochish/sharhlash
2022-09-10 23:17:01 Volodimir Zelenskiy Xarkivdagi Vaselinkovo hamda Artemivka aholi yashash punktlari ham ozod etilganini e'lon qildi.

@kunonline
28.0K views20:17
Ochish/sharhlash
2022-09-10 23:10:01 Kun.uz muxbirining aniqlashicha, Farhod Dehqonov qo'yib yuborilgan.

@kunonline
27.8K views20:10
Ochish/sharhlash
2022-09-10 23:03:18
iPhone indeksi

Yangi chiqqan iPhone 14 Pro telefonini sotib olish uchun Turkiyada salkam 5 oy, Rossiyada 40 kun, Shveysariyada esa 5 kun ishlash kerak.

Bu o'ziga xos reyting ushbu davlatlardagi o'rtacha ish haqidan kelib chiqib tuzilgan.

@kunonline
30.2K viewsedited  20:03
Ochish/sharhlash