Get Mystery Box with random crypto!

KUNDUZIY

Telegram kanalining logotibi kunduziy — KUNDUZIY K
Telegram kanalining logotibi kunduziy — KUNDUZIY
Kanal manzili: @kunduziy
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.81K
Kanalning ta’rifi

KUNDUZIY rasmiy telegram kanali!
Reklama va savollar uchun: @shokh_t

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-05-04 13:42:02
Internet zerikarli...

Oxirgi 10 yillik davomida internet foydalanuvchilari ortdi, lekin ularning katta qismi bu o'rgimchak to'rini 1% ni ko'rishmagan. Oldinlari kompyuterdan kirilgan vaqtda ancha muncha qiziqarli web saytlar bo'lgan, har xil o'yinlar va hokazo.

Endi bugun kuningiz juda zerikarli o'tgan bo'lsa va ozgina dam olmoqchi bo'lsangiz siz uchun ba'zi internetdagi mavjud qiziqarli web saytlar ro'yhatini bermoqchimiz. Afsuski katta qismi ingliz tilida ammo siz yosh avlod bilasizku tilni, to'g'rimi?

https://app.humanornot.ai/ - Odam yoki Sun'iy intelekt bilan gaplashasiz oxirida kim bilan gaplashganingizni tanlaysiz.

https://wordlegame.org/ - So'z o'yini.

https://29a.ch/sandbox/2011/neonflames/ - Rasm pasm chizasiz, bilmadim.

https://theuselessweb.com/ - har xil ishlatilmayotgan web saytlarga yuboruvchi dallol

https://nautil.us/ - har xil maqolalar, tushunarsiz bir go'sha

Agar siz ham shunga o'xshash qiziqarli kiber olamchalarni bilsangiz izohlarda yozib keting, harnada.

@kunduziy
17.9K views10:42
Ochish/sharhlash
2024-05-04 11:43:06
Yangi video:
GPS VA KOORDINATALAR QANDAY ISHLAYDI?

- Tayoq bilan yerni uzunligini qanday o’lchash mumkin?
- GPS qanday ishlaydi?
- Koordinatalar bo’yicha yerdagi aniq joylashuvni qanday aniqlashadi?


Shu kabi savollarga yangi videoda javob berilgan! Undan tashqari esa, Poxer TV jamoasi bilan birgalikda videolarining boshiga va oxiriga mavzu bilan bog’liq serialni tikib qo’yadigan bo’ldik!

Har bir Texnoplovning soni - serialning davomi bo’ladi!
Xullas, eksperimental ilmiy-ommabop kontentga qo’l urdik!

Albatta ko’rib, keyin baho bering!
Video 20:30da boshlanadi! Ushbu havol bo’yicha
https://linktw.in/YzRRhu
11.9K views08:43
Ochish/sharhlash
2024-05-03 21:02:55
O'zi o'yinni ko'rib yemoqchi edim. Kech keldi...
15.4K views18:02
Ochish/sharhlash
2024-05-03 18:22:37
Fayzimizni bersin
18.7K views15:22
Ochish/sharhlash
2024-05-03 16:17:51 Deyarli 2 yil avval bunday so'rovnoma qilgan edik. Menimcha shu vaqt ichida vaziyat o'zgardi...
16.2K views13:17
Ochish/sharhlash
2024-05-02 17:28:15
Oversinking

Hozirgi davrda deyarli hammamiz shu kasallikka chalinganmiz...

@kunduziy
15.5K views14:28
Ochish/sharhlash
2024-05-01 15:43:10
Yoshlikning chegarasi qayerda?

Bizda har xil tadbirlar, loyihalar, umuman umumiy o'tkaziladigan yoshlar haqidagi voqealarda ko'pincha yosh chegarasi 30 bo'ladi. O'zi aslida necha yoshgacha inson navqironman deb hisoblashi mumkin?

Ba'zi insonlarni 40 dan oshgan holida ham yosh deb qabul qilinadi, yana boshqalarni bo'lsa, 25 dan oshgandan keyin darhol qariga chiqariladigan holatlar ham bor. Lekin umumiy kimnidir yosh yoki qari deyish uchun obyektiv chegara borku, to'g'rimi? Yo'q, internetdan ham "Qachondan men o'zimni yoshman deya olmayman?" deb qidirsangiz har xil javoblar chiqib keladi. O'sha boyagi holat kabi ba'zilarida 50 dan oshganlar men yoshman, 21 dan oshganlar bo'lsa men allaqachon yashab qo'ydimov bo'lib yotibdi.

Endi har doimgidek sizni fikringizni so'raymiz, sizningcha inson qachon o'zini yoshman deyishni to'xtatishi kerak, yumshoqroq aytganda qachon ikkinchi balog'at holatini boshidan kechiradi? Izohlar siz uchun ochiq! Olg'a!

@kunduziy
14.6K views12:43
Ochish/sharhlash
2022-10-06 19:02:08
Har kimning boshiga tushadigan ishq savdosi…
3.8K views16:02
Ochish/sharhlash
2022-10-06 14:31:08
Bu haqiqiy fojea!

@kunduziy
4.4K views11:31
Ochish/sharhlash
2022-10-06 08:30:12
Jilmaying!

Ko’pchiligingiz «Think positive», yoki «Позитивное мышление» degan so’zlarni ko’p eshitgansiz. Va huddi men kabi sizda ham ensa qotirish marosimi boshlangan bo’lishi mumkin.

Ammo, o’z tajribamdan kelib chiqib shuni tushundimki, ijobiy fikrlash davrida ishlaringiz ko’proq yurishadi.

Negativ (salbiy) kayfiyatda bo’lganingizda esa aksincha. Hatto o’z holatingizni yashirishga harakat qilsangiz ham baribir bilinib qoladi. Qandaydur ko’rinmas energiya bor-da .

Salbiy fikrlashni boshlaganimda hatto obunachilarim ham qochib ketishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda faollik kamayib, “unfollow”lar ko’payadi.

Doim yaxshi kayfiyatda bo’ling. Agar kayfiyatni qanday ko’tarishni bilmasangiz, Avaz Olimov yordamga keladi .

Strenjer in yor ays…

@kunduziy
4.2K views05:30
Ochish/sharhlash