Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlikning chegarasi qayerda? Bizda har xil tadbirlar, loy | KUNDUZIY

Yoshlikning chegarasi qayerda?

Bizda har xil tadbirlar, loyihalar, umuman umumiy o'tkaziladigan yoshlar haqidagi voqealarda ko'pincha yosh chegarasi 30 bo'ladi. O'zi aslida necha yoshgacha inson navqironman deb hisoblashi mumkin?

Ba'zi insonlarni 40 dan oshgan holida ham yosh deb qabul qilinadi, yana boshqalarni bo'lsa, 25 dan oshgandan keyin darhol qariga chiqariladigan holatlar ham bor. Lekin umumiy kimnidir yosh yoki qari deyish uchun obyektiv chegara borku, to'g'rimi? Yo'q, internetdan ham "Qachondan men o'zimni yoshman deya olmayman?" deb qidirsangiz har xil javoblar chiqib keladi. O'sha boyagi holat kabi ba'zilarida 50 dan oshganlar men yoshman, 21 dan oshganlar bo'lsa men allaqachon yashab qo'ydimov bo'lib yotibdi.

Endi har doimgidek sizni fikringizni so'raymiz, sizningcha inson qachon o'zini yoshman deyishni to'xtatishi kerak, yumshoqroq aytganda qachon ikkinchi balog'at holatini boshidan kechiradi? Izohlar siz uchun ochiq! Olg'a!

@kunduziy