Get Mystery Box with random crypto!

KUMUSHBIBI (IJOD)

Telegram kanalining logotibi kumush_esse_hikoya — KUMUSHBIBI (IJOD) K
Telegram kanalining logotibi kumush_esse_hikoya — KUMUSHBIBI (IJOD)
Kanal manzili: @kumush_esse_hikoya
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 697
Kanalning ta’rifi

𝓔𝓷𝓰 𝓼𝓪𝓻𝓪 𝓱𝓲𝓴𝓸𝔂𝓪𝓵𝓪𝓻📖
𝓨𝓾𝓻𝓪𝓴𝓴𝓪 𝔂𝓪𝓺𝓲𝓷 𝓼𝓱𝓮'𝓻𝓵𝓪𝓻✒
𝓗𝓪𝔂𝓸𝓽𝓲𝔂 𝓪𝓯𝓸𝓻𝓲𝔃𝓶𝓵𝓪𝓻📚
...hamda Kumushbibi ijodi bilan tanishib borasiz.
Xush kelibsiz! Maroqli mutolaa!

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-16 14:29:19 Kobo Abe. Yashik-odam (roman)

"Uch qalb" (Jek London)ni @NasrNazmNavo da o'qishingiz mumkin!
60 viewsedited  11:29
Ochish/sharhlash
2022-08-16 06:15:16
Keling bo'sh vaqtimizni bo'sh o'tkazmaymiz va kitob o'qiymiz! Qay birini o'qishni istaysiz?(Eng ko'p ovoz to'plaganidan joylab boshlayman.)
Anonymous Poll
17%
"YASHIK - ODAM" Kobo Abe
25%
"UCH QALB" Jek London
17%
"SO'QQABOSH BEVAGINA" O'tkir Hoshimov
0%
"JENNI GERXARDT" Teodor Drayzer
0%
"VOY, ONAJONIM!" Tohir Malik
25%
"BUYUK GETSBI" Frensis Skott Fetsjerald
17%
"BESH QAVATLI UYNING OLTINCHI QAVATI" Anor
12 voters60 views03:15
Ochish/sharhlash
2022-08-15 06:53:52
#Navo
#Ijod

Farruh Soipov - Hello

Tong sahardan telefonimga xabar keladi.
-Ra'no, nega kechadan buyon yozmaysan?! Sog'indim!
Javob berishni hayolimga ham keltirmayman. Telefonimni yuztuban qo'yib noutbugim klavishlarini chiqillatishda davom etaman. Yana xabar kuyi yangraydi.
-Yozgan esseingni o'qib chiqdim, juda yaxshi chiqibdi. Shu paytgacha hech kim meni senchalik tushunmagandi. O'zim tahrirlab, sahifamga qo'ysam nima deysan?!
Boshimni irg'ab tirjayaman. Ich - ichimdan telbaligim toshib kela boshlaydi. O'zimga - o'zim deyman: " Bilgandim! Qopqonga tushding Don Juan janoblari!"

KUMUSHBIBIdan yangi esse
"MEN TELBAMAN!"
Nasib! Kutamiz!

@NasrNazmNavo.
65 views03:53
Ochish/sharhlash
2022-08-13 10:59:00
#TAVALLUD

«Siz yoqqansiz menga hamisha... »

Усмон Азим Бободан шеър

@EHojimuhammad
78 views07:59
Ochish/sharhlash
2022-08-12 18:25:38
Munisa Rizayeva - Yorim | Муниса Ризаева - Ёрим

Musiqasiz bo'lmaydi!
Yangilayapman...
89 viewsedited  15:25
Ochish/sharhlash
2022-08-07 19:37:36 #Наср
#Эссе

Мен ўйланиб қоламан. У эса ортидан самолёт каби из қолдириб, ижодхонам бўйлаб изғийди. 
  -Кел, яхшиси, амалий тарзда танишиб оламиз.- дейди у қўққисдан чўзиқ, ингичка овозда кулар экан, -Бақрайиб туришинга қараганда, юз йилда ҳам кимлигимни англолмасанг керак! Одамларга ҳайронсанда, деярли, доимо ёнидасан, аммо, юзинга қараб довдираб туришади. Тайёрлан, китобинг ҳам қолиб кетмасин, асқотади. Учдик!

https://telegra.ph/SEN-VA-MEN-08-06
113 views16:37
Ochish/sharhlash
2022-08-06 21:53:32 #Nasr
#Mutolaa

— Demak, ellik peso berishdi, degin?
— Oltmish peso, — dedi Baltasar.
— O‘-hu, unda do‘ppingni osmonga otsang bo‘larkan, — dedi kimdir, — sendan boshqa hech kim Don Xose Monteldan buncha pul undirolmagan bo‘lsa kerak. Bunaqa yutuqni bir yuvmasang bo‘lmaydi.

https://telegra.ph/Hikoya-08-06
107 views18:53
Ochish/sharhlash
2022-08-04 16:41:21
#Ijod

...Men hayoldan ham tezroq qanot qoqaman!-deydi u ijodxonamga xira zarg'aldoq rangini tuman kabi yoyar ekan, - Xohlagan zamon va makonga qadam ranjida etishim mumkin. Ammo, kimni yoniga, qachon borishim mening ixtiyorimdan tashqarida, qachonki ular, ya'ni menga muhtoj insonlar chorlashar ekan, soniyalarga qolmasdan, millisoniyalarda qoshida hozir bo'laman.
- Men seni chaqirmadim shekilli, nega bu yerdasan?- deyman ijodxonamni tamoman qoplab olgan quyuq, sarg'ish tumanni kaftlarim bilan haydar ekanman, - Nazarimda, manzilda adashding!
- Men hech qachon yanglishmayman!- deydi u ishonch bilan jiddiy ohangda...

"MEN VA SEN"
Boshladim! Nasib...

@Kumush_esse_hikoya
101 viewsedited  13:41
Ochish/sharhlash
2022-08-04 10:16:23 Jahl - g'azab maydonga chiqadi. Aql esa tark etadi va huddi o'sha soniyalarda barcha haqiqatlar bomba kabi ishga tushib portlaydi. Demakki, odamlar aqlini yo'qotgandagina haqiqatni so'zlaydilar...
87 viewsedited  07:16
Ochish/sharhlash
2022-08-03 22:33:10 #Mutolaa

(Gustave Flaubert, 1821.12.12, Ruan 1880.8.5, Kruasse, Ruan yaqinida) — fransuz yozuvchisi. Parij universitetining huquqshunoslik fakultetida o‘qigan. Yoshligidan hikoya, qissa yoza boshlagan.
Asosan, «Bovari xonim» (1857) romani bilan shuhrat qozongan. «Salambo» (1862) romanida uzoq o‘tmishda Qadimiy Rimning Karfagenga qarshi kurashlari tarixi tasvirlangan, pok muhabbatni tahqirlagan zo‘ravonlik, nohaqlik fosh etilgan. «Avliyo Antoniyning aldanishi» (1874) falsafiy dramasida, xususan, xristian dinining g‘ayritabiiy qonunlarini Antoniy obrazi orqali keng ochib bergan.
«Hislar tarbiyasi» (1869) romani, «Buvar va Pekyushe» (1881, tugallanmagan) hajviy romani, «Siyqasi chiqqan haqiqat» parodiyasi (nashri — 1910) bor. Flober rus yozuvchilari Turgenev, Tolstoy bilan yaqin ijodiy aloqada bo‘lgan. Ijodi Rossiyadagi peshqadam adabiy jamoatchilik diqqatini o‘ziga tortgan.
Iste’dodli stilist bo‘lgan Flober jahon adabiyotida realizm taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
86 views19:33
Ochish/sharhlash