Get Mystery Box with random crypto!

KulguPark

Telegram kanalining logotibi kulgupark — KulguPark K
Telegram kanalining logotibi kulgupark — KulguPark
Kanal manzili: @kulgupark
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

KulguPark rasmiy kanal
Reklama @Tg_adsense
Instagram sahifamiz
Instagram.com/kulgu_park

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2022-09-24 21:01:54
Iphone 14 yutib olish imkoniyati paydo bo'ldi

Konkurs botiga o'ting

Homiylar kanaliga obuna bo'ling va botga o'zingizni do'stlaringizni taklif qiling.

Eng ko'p do'stini taklif qilgan odam iphone 14 yutib oladi

Barchaga omad.

Botga kirish
903 views18:01
Ochish/sharhlash
2022-09-24 20:01:44 Bir ayolni eri olamdan o‘tibdi.
Ayol qabr ustida yig‘lab dardini to‘kib solibdi:
— O‘g‘limizga shim, qizimizga ko‘ylak, u kerak bu kerak, - debdi.
Kechasi tushiga eri kirib:
— Xotin man o‘ldim, Dubayga ketganim yo‘q, — debdi.

@KulguPark
1.5K views17:01
Ochish/sharhlash
2022-09-24 16:30:38 Ovchilar bir biriga maqtanishmoqda:
— Antarktidada bitta o‘q bilan kitni o‘ldirganman. O‘shanda Shimoliy qutbda o‘z qo‘llarim bilan oq ayiqni bo‘g‘ib qo‘ygandim.
— Sen qachondir o‘lik dengiz xaqida eshitganmisan?
— Kim ham eshitmabdi
— Ha-a, o‘sha dengizni men o‘ldirganman.

@KulguPark
2.6K views13:30
Ochish/sharhlash
2022-09-24 13:30:56 Oyisi o‘g‘lini urushyabdi.
— Menga qara, yap-yangi shim bilan, shunday balchiq, loy ko‘lmakka yiqildingmi?
— Oyijon, shunaqangi katta tezlik bilan yiqildim-ki, hatto shimimni ham yechib olishga ulgurmadim.

@KulguPark
462 views10:30
Ochish/sharhlash
2022-09-24 11:00:45 Afandi bir kuni kechasi qabriston yonidan o‘tib ketayotgan edi, qarshidan bir to‘da otliqlar chiqib qoldi. Afandi ularni o‘g‘ri gumon qilib, bir ochiq go‘r ichiga kirib berkindi. Otliqlar buni payqab Afandini o‘g‘ri deb o‘ylashdi, go‘rning tepasiga kelib:
— Sen kimsan?—deyishdi.
— Murdaman,— dedi Afandi.
— Murda bo‘lsang kechasi nima qilib yuribsan?
— Tomosha qilib yuribman.
— O‘lik ham tomosha qilib yuradimi?
— Rost aytasizlar, men xato qilibman,— dedi Afandi va yana go‘r ichiga kirib ketdi.

@KulguPark
1.5K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-24 07:35:03 Bir kuni Afandi dadasiga:
— Dada 4 so‘m bering, - debdi.
Dadasi:
— Bolam 3 so‘mni nima qilasan? 2 so‘m beray, deb 1 so‘m berib qo‘yibdi.

@KulguPark
2.2K views04:35
Ochish/sharhlash
2022-09-24 04:53:30 Qayumov Ahad degan bir yigit sinfdoshlaridan hech qachon avval familiyasi keyin ismini aytib chaqirmaslikni iltimos qilibdi.

@KulguPark
2.7K views01:53
Ochish/sharhlash
2022-09-23 20:07:04 Trenirovka zalida:
— Qizlar meni orqamdan yugurib yurishlari uchun "qayerga ishlashim" kerak?
— Cho‘ntakka ishlashingiz kerak.

@KulguPark
1.3K views17:07
Ochish/sharhlash
2022-09-23 16:29:01 Bir erkak taksida uyiga qaytayotsa, avtobus bekatida xotini turganini ko‘rib qolibdi.
Erkak taksi haydovchisiga:
— To‘xtatib yuboring, - debdi-da, mashina oynasini ochib xotiniga:
— Yaxshi qiz! Tanishsak bo‘ladimi? – deb baqiribdi.
Xotini erini ko‘rishi bilan yugurib kelib taksiga, erini yoniga o‘tirib olibdi va “Haydang!” debdi.
Hech narsadan xabari yo‘q haydovchini og‘zi ochilib qolgan ekan.


@KulguPark
2.3K views13:29
Ochish/sharhlash
2022-09-23 13:30:42 — Salom!
— Privet.
— Ahvolingiz qanday?
— Spasibo. Xorosho. Kak vashi dela?
— Yaxshi. Siz o‘zbekmisiz?
— Da.
— Unda nega o‘zbekcha gapirmaysiz?
— Ya po-uzbekski ponimayu, no ne umeyu govorit...
— Meni itimga o‘xsharkansizda...
— V smыsle?
— Mening itim ham tushunadi, biroq, gapira olmaydi.

@KulguPark
2.9K views10:30
Ochish/sharhlash