Get Mystery Box with random crypto!

KulguPark

Telegram kanalining logotibi kulgupark — KulguPark K
Telegram kanalining logotibi kulgupark — KulguPark
Kanal manzili: @kulgupark
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

KulguPark rasmiy kanal
Reklama @Tg_adsense
Instagram sahifamiz
Instagram.com/kulgu_park

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 23

2022-07-06 07:45:02 Hech qachon dangasalik qilmang! Uyqungiz keldimi, uxlang!

@KulguPark
6.4K views04:45
Ochish/sharhlash
2022-07-05 21:16:31 Jinnixonada bir kuni jinnilarni sur’atini olib uydagilarga jo‘natishayotgan ekan.
Bir jinnini sur’atga olishga navbat kelganda. U sur’atchini tashqariga chaqirib daraxt ortiga berkinib olib "sur’atga oling" - debdi.
Sur’atkash qarasa, daraxtdan boshqa narsa yo‘q emish.
— Daraxtni rasmini jo‘natasanmi, - desa.
— Yo‘q, men ota-onam sur’atdagi daraxtga qaraganda, daraxt ortidan «pa» - deb, chiqaman, - debdi.

@KulguPark
6.6K views18:16
Ochish/sharhlash
2022-07-05 15:01:30 Soat 3 da onlayn bo'lsang, "Nimaga uxlamayapsan?" deb savol berishadi.
Soat 4 da onlayn bo'lsang, "Nega buncha erta turib olding?" deb so'rashadi.
Tovba...

@KulguPark
6.8K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-07-05 12:34:26 Bir ayolning telefoni jiringlab qolibdi.
Ayol go‘shakni ko‘tarib:
— Allo! – debdi.
Bir odam:
— Farzandlaringiz bizni qo‘limizda! - desa,
Ayol qo‘rqib ketib, yalina boshlabdi:
— Barcha shartlaringizga roziman! Iltimos, faqat bolalarimni qaytaring???
Shunda haligi odam:
— Esingizni yeganmisiz...?! Tezroq keling, hademay bog‘cha yopiladi, – debdi.

@KulguPark
6.8K views09:34
Ochish/sharhlash
2022-07-05 09:06:33 Qizlar yigitlarga qo'pol javob qaytarishni bilmaydi, chunki dugonalaridan faqat xushomad eshitib katta bo'lishgan. Shuningdek, yigitlar ham qizlarga qanday xushomad qilishni bilmaydi, chunki do'stlaridan faqat so'kish eshitib katta bo'lishgan

@KulguPark
7.4K views06:06
Ochish/sharhlash
2022-07-05 05:30:09 Bog‘chadan qaytgan qizaloq kollejda o‘qiydigan opasiga shoshib:
— Opa-opa, sizga she’r aytib beraymi? - deb so‘rasa, opasi jilmayib:
— Mayli, aytib beraqol! - debdi. Qizaloq yana:
— Faqat siz qarsak chalib turing, xo‘pmi? - debdi. Opasi ham:
— Xo‘p, aytaqol! - deb qarsak chalishni boshlasa, qizaloq:
— Hamma qizlar o‘qishda,
Kitob o‘qib yuribdi!
Bitta ahmoq bu yerda,
Qarsak chalib turibdi! - debdi.

@KulguPark
7.6K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-07-04 21:21:25 Ovoz bilan telefonni qulfdan chiqarish funktsiyasidan foydalanib ovozimni "запись" qilayotgan edim, qayerdandir begona it vovullab qochib ketdi. Endi o'sha itni izlayapman! Bitta vovullab bersa bo'lgani telefonimni ochib olay


@KulguPark
7.5K views18:21
Ochish/sharhlash
2022-07-04 19:21:38
Ekstrimal o'rdak

@KulguPark
7.4K views16:21
Ochish/sharhlash
2022-07-04 17:36:41 O‘g‘il:
— Dada, onaning ko‘z-yoshi bilan, xotinning ko‘z-yoshi o‘rtasida qanday farq bor?
— O‘g‘lim, juda katta farq bor! Onaning ko‘z-yoshi yurakka ta’sir qiladi, xotinning ko‘z-yoshi cho‘ntakka!

@KulguPark
7.1K views14:36
Ochish/sharhlash
2022-07-04 13:32:51 Bryus Li O‘zbekistonga kelib, Yunusoboddagi Qurilish anjomlari do'konini aylanib yurgan payt lomni ko‘rib qolibdi. Bryus Li o‘zini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lib, sotuvchi cholga qarab turib, lomni qo‘li bilan qayirib tashlabdi-da, joyiga qo‘yibdi. Jahli chiqqan chol:
— Olmasang nima qilasan tegib, - debdi-da, lomni tekislab joyiga qo'yib qo‘ygan ekan.

@KulguPark
7.4K views10:32
Ochish/sharhlash