Get Mystery Box with random crypto!

#Krepeduz_qahramoni O'quvchilar qalbida fanga nisbatan qiziq | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#Krepeduz_qahramoni

O'quvchilar qalbida fanga nisbatan qiziqishlari uyg'onganidan xursandman!

Muxtarova Nigora Xayitbayevna Qoraqalpog'iston Respublikasi, Beruniy tumani 64-maktab boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi

Ustozning qay darajada mahoratli ekanligi uning o'z kasbiga nisbatan qay darajada mas'uliyat va fidokorlik bilan yondoshishiga bog'liqdir. Bizning bugungi kreativ qahramonimiz Nigora ustoz ham ana shunday ma'sulyatli va fidokor pedagoglarimizdan.

Ustozimiz kurs haqidagi fikrlarini: "Menga "Kreativ Pedagog" kursi judayam yoqdi" - degan so'zlar bilan boshlar ekan, biz ham o'z qalbimizda ham ma'suliyat, ham g'urur tuyg'usini yana bir bor his qildik!

Keling, endi ustozimizning keyingi fikrlari bilan batafsil tanishamiz:

"Bu kurs jamoasiga katta rahmat aytmoqchiman. Men bu kursning darslarini katta qiziqishlar bilan o'rgandim. Sizlarga bu mashaqqatli kasbingizda charchamasdan, biz ustozlarga yangidan-yangi metodlarni o'rganishimizda hissa qo'shayotganingiz uchun rahmat aytaman.

Men ushbu kursdan juda ko'p mahorat sirlarini o'rgandim. Amalda chiroyli va samarali yutuqlarni qo'lga kiritdim. O'rgangan barcha metodlarimdan darslarimda foydalanib bordim.

Ta'lim jarayonidan fotolavhalar

Men darslarimda ko'proq "Sinf qutisi", "Hamkorlik", "Aloqa", "Do'stingni top", "Singapur ", "Sohil koptogi" metodlardan foydalanib dars o'tmoqdaman. Samarasi kutganimdanda aʼlo darajada.

O'quvchilar qalbida fanga nisbatan qiziqishlari uyg'onganidan xursand bo'ldim. Men bu kursga barcha ustozlarni taklif qilgan bo'lardim. Ilohim bu jamoaning keyingi natijalari va yutuqlari bardavom bo'lishini tilab qolaman".

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!