Get Mystery Box with random crypto!

#ibrat ​​Rostgo'ylik Bir kishi bolalarini olib, o‘yingo | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#ibrat

​​Rostgo'ylik

Bir kishi bolalarini olib, o‘yingohga kelibdi. Bu yerda golf o‘yini o‘tkazilar, u o‘g‘illarini ilk bor tomosha uchun yetaklab olgandi.

Chipta olish uchun kassaga yaqinlashib so‘rabdi:
-Chipta necha pul turadi?
-Olti yoshdan kattalar uchun uch dollar, ungacha esa bepul. Xo‘sh, nechta beray?
-Kichigim uch yoshda, kattam yettida. Demak, 2 ta chipta olamiz, mana sizga olti dollar.

Chiptachi kulib debdi:
-Janob, agar katta o‘g‘lingizni olti yosh deganingizda men bunga ishongan va siz pulingizni tejab qolgan bo‘lardingiz. Axir ko‘pchilik shunday qiladi. Oltimi, yettimi, bolalarni farqlash qiyin.
-To‘g‘ri, siz payqamasdingiz. Lekin o‘g‘lim bilardi-ku? Atigi uch dollar deb uni yolg‘onga o‘rgatishni istamadim…

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!