Get Mystery Box with random crypto!

“Maqol” o’yini O’quvchilarni rag’batlantirish va maqollarni | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

“Maqol” o’yini

O’quvchilarni rag’batlantirish va maqollarni bilish darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.

O’qituvchi o’yin shartini aytmagan holda talabgor o’quvchilarni doskaga taklif etadi. O’quvchilar istaganicha doskaga chiqishi mumkin.

O’qituvchi birinchi o’quvchiga bejirim karopka beradi, o’quvchi maqol aytib uni sherigiga uzatadi. Karopkani olgan o’quvchi maqol aytib yana keyingi sherigiga tutqazadi. Maqol aytolmagan yoki aytilgan maqolni takrorlagan o’quvchi o’rniga o’tiradi.

O’yin bitta o’quvchi qolgunicha davom ettiriladi. Oxirgi qolgan o’quvchi g’olib bo’lish uchun maqol aytadi va karopkani ochib ichidagi o’qituvchi tayyorlagan sovg’aga ega chiqadi.

Eslatib o'tamiz, Kreativ Pedagog kursining yangi guruhiga joylar soni kamayib bormoqda. Kursga o'z o'rningizni band qilib qo'yishga shoshiling!
@Krepeduz_admin


@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!