Get Mystery Box with random crypto!

Lider maktab direktoriga xos 5 xususiyat 1. Yordam bering Ma | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Lider maktab direktoriga xos 5 xususiyat

1. Yordam bering

Maktabingizdagi o'qituvchilar o'zlarini qo'llab-quvvatlanishini his qilishlari kerak. Ular sinfga yoki maktabga oid biror muammoga duch kelsalar kerakli yordamni olishlarini bilishi lozim. Shundagina ularning harakatlari dadil va samarali bo'ladi. Boshqaruvchining umumiy tuyg'usi ishonch va qo'llab-quvvatlash ekanligini unutmang!

2. Ko'rinadigan direktor bo'ling

Liderlar ko'rinadigan bo'lishi kerak. Ular vaqti - vaqti bilan koridorlarda aylanishi, o'quvchilar bilan muloqot qilishlari va sport musobaqalarida o'quvchilariga muxlislik qilishi kerak. Ularning borligi shunday bo'lsinki, o'quvchilar o'zlarining kimligini bilishsin va o'z maktablari bilan faxrlanishsin!

3. Yaxshi tinglovchi bo'ling

Direktorning ko'p vaqti boshqalarni tinglash uchun sarflanadi: direktor yordamchilari, o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar va xodimlar. Shuning uchun ular har kuni faol tinglash qobiliyatlarini o'rganishlari va mashq qilishlari kerak. Shu sababli, miyyangizda son-sanoqsiz o'y-fikrlar aylanayotgan bo'lsa ham, suhbatdan bosh tortmang va javob berishdan oldin ular nima deyishayotganini tinglang!

4. Aniq tasavvurga ega bo'ling

Direktor maktab - rahbaridir. Ular maktabda sodir bo'ladigan barcha narsalar uchun javobgardir. Sizning munosabatingiz va qarashingiz kuchli va aniq bo'lishi kerak. Siz o'z maktabingizni qanday tasavvur qilasiz? Buning uchun doimo o'z qarashlaringizni rivojlantiring, yangilang va maktabingizda o'z ta'lim falsafangizni qo'llang!

5. Boshqalarga kuch bering

Direktorlar maktabni yaxshilash bo'yicha o'qituvchilarning taklif va tavsiyalarini inobatga olishi kerak! Maktabingizdagi holatni sizdan ko'ra qo'l ostingizda ishlayotgan xodimlaringiz yaxshiroq bilishadi. Shu sababli xodimlaringizga o'z g'oyalarini taqdim etishiga vakolat bering! Va shuni unutmangki, maktabingizdagi o'qituvchilar bilimi va mahoratiga e'tiborli bo'ling! Chunki bu maktab taraqqiyoti uchun eng muhim omil hisoblanadi!

Eslatib o'tamiz, Kreativ Pedagog kursining yangi guruhiga qabul boshlandi. Admin bilan bog'lanib Kursdan o'z o'rningizni band qilib qo'yishga shoshiling!
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!