Get Mystery Box with random crypto!

JCH efiridagi reklamalar. Reklama beruvchilar uchun xulosa Bu | Kotler hayratda

JCH efiridagi reklamalar. Reklama beruvchilar uchun xulosa

Bugun ilk bor futbol bo’yicha JCH ko’rdim, oxirgi 20 daqiqasini. O’yin tugaganidan keyin reklamalar boshlandi. Rossa ko’p ekaney. Birma-bir ko’rdim va reklama beruvchi sifatida ayrim fikrlar paydo bo’ldi.

JCh efirid har bir brendning vazifasi qanday qilib bo’lsa ham e’tiborni o’ziga tortish va eslab qolinishi (ta-daaaam).

Buning uchta yo’li bor ekan:

- Kreativlik. Lekin brend pozitsiyasi bunga yo’l qo’ymasligi mumkin. Yoki kreativlik yo’qligi

- Takroriylik (yohud chastota). Barcha ko’rgan reklamalarimdan Artelni va qandaydir iKs ( ) taksi xizmatini eslab qoldim.

Nega? Chunki ular boshqalardan farqli o’laroq, bir necha marta takror-takror reklama berishgan. Artel mayli, bir marta ko’rsam ham eslab qolishim mumkin edi. Lekin haligi taksi yodimda qolishi uchun u o’z pulini sarflashi kerak edi, va vazifa bajarildi.

Lekin! Agrobank chastotasi eng yuqori edi. Ammo ular imkoniyatni qo’ldan boy berishdi. Eeeng primitiv xato - barcha mahsulotlarni bir yerga tiqishtirish. Natijada birontasi ham eslab qolinmadi.

- Uchinchi yo’lni Olcha topibdi. Reklama ishlashi uchun men (tomoshabin) o’zini tiya olmaydigan taklif berishi kerak ekan. Shunda ham sharti bor, agar reklamangizni ko’rsamgina, taklifni qabul qilishim mumkin. Men esa ko’rdim. Olcha hoziroq ilovani yuklab olsangiz - 50,000 so’m sovg’a qilarkan. Yaxshi.

Xullas, reklama beruvchi sifatida yuqoridagi maslahatlar sizga foydali bo’lishi mumkin. Rahmat.

@kotlerhayratda