Get Mystery Box with random crypto!

KOREYA XABARLARI | KOREYS TILI

Telegram kanalining logotibi korea_xabarlari — KOREYA XABARLARI | KOREYS TILI K
Telegram kanalining logotibi korea_xabarlari — KOREYA XABARLARI | KOREYS TILI
Kanal manzili: @korea_xabarlari
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.77K
Kanalning ta’rifi

🌐 RASMIY TASDIQLANGAN XABARLAR
🇰🇷 Korea Elchixonasining yangiliklari,
🔷 Vizalarga aloqador ma'lumotlar.

▫️Reklama uchun @koreyareklama
Admin @TopikTashkec_uz

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-09-30 07:10:12
Yangilik!
1-oktabr, 2022-yildan boshlab, Koreyaga kelganda topshiriladigan, Korona (PCR) testi bekor bo'ldi. Endi Koreyaga kelib PCR test topshirmasa ham bo'ladi.

Faqat Koreyaga kelgandan keyin 3 kun ichida Korona kasalligi alomatlari paydo bo'lsa, maxsus klinikalarda bepul PCR test topshirishi mumkin.

Manba

https://t.me/korea_xabarlari
https://t.me/korea_xabarlari
https://t.me/korea_xabarlari
TELEGRAM CHANNEL
4.4K viewsedited  04:10
Ochish/sharhlash
2022-09-30 01:15:55
Qutlugʻ Juma ayyomi barcha moʻmin musulmonlarga muborak boʻlsin. Bu kunda barcha duo qiluvchilarning duolari ijobat boʻlsin


Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang!


KOREYADAGI MASJIDLAR ROʻYXATLARI https://t.me/korea_xabarlari/489

Telegram | Instagram | chat guruh
44 viewsedited  22:15
Ochish/sharhlash
2022-09-29 16:35:36
Janubiy Koreyada ro'yxatga olingan transport vositalari soni 25 milliondan oshgan. Aholisi 50 milliondan ortiq davlat uchun bu har ikki kishiga bitta transport vositasi to'g'ri kelishini anglatadi.

Mamlakatdagi elektr avtomobillar ulushi esa mavjud transport vositalarining 1% miqdorini tashkil etadi.

Taqqoslash uchun

O'zbekistonda 2021-yil 1-dekabr holatiga 3 mln 775 ming transport vositasi mavjud edi. Aholisi salkam 35 mlnlik O'zbekiston uchun esa bu har 9 kishiga 1ta transport vositasi degani.

@KOREA_XABARLARI
3.7K viewsedited  13:35
Ochish/sharhlash
2022-09-29 04:43:52
Janubiy Koreyadagi musulmon yurtdoshlarimiz uchun eslatma:

— Maʼlumki, Janubiy Koreyada yashayotgan yurtdoshlarimiz doimo yegan ovqatlari halolligiga alohida eʼtibor berib kelishgan.

— Odatda nima xarid qilsak ham, choʼchqa goʼshti maʼnosini beruvchi 돼지 고기 bor yoki yoʼqligiga qarashimiz kerak. Ammo shu maʼnoni beruvchi boshqa sooʼz ham bor.

돈 = choʼchqa goʼshti
돈육수 = choʼchqa goʼshti qaynatilgan shoʼrvasi (bulyon)
돈피 = choʼchqa terisi
돈지 = choʼchqa yogʼi

— Yaʼni oziq ovqat mahsulotlarida, qandolatchilikda 돈 deb ham yoziladi. Bu soʼzni pul degan maʼnosi ham borligi uchun koʼp koreyslar choʼchqani boylik deb bilishadi.

Boshqa maʼlumotlar
https://t.me/korea_xabarlari
https://t.me/korea_xabarlari
https://t.me/korea_xabarlari
TELEGRAM CHANNEL
3.7K viewsedited  01:43
Ochish/sharhlash
2022-09-29 04:38:43
급여명세서-Oylik kvitansiyasi.

E-9larning oylik maoshidan ushlab qolinadigan soliq va sug'urta pullari haqida!
Har oy oylikdan ushlab qolinadigan sug'urta, soliq va ularning foizlari haqida ma'lumot!

Majburiy sug‘urta turi.
Davlat tibbiy sug'urtasi-국민의료보험(건강보험)
Har oy oylikdan 6.86% (ishchi 3.43%, rahbar 3.43%)ushlab qolinadi.(23-yilda oshirilishi kutilmoqda)

Majburiy soliq.
Daromad solig'i-세금
Har oy oylikdan 5%gacha olinadi.
Daromadingiz qancha yuqori bo'lsa, soliq foizi shunga qarab oshib boraveradi.

E-9 viza egalari uchun Ihtiyoriy sug‘urta turi.
Mehnat sug'urtasi-고용보험
oylikdan 1.85% (ishchi 0.8%, korxona 1.05%) ushlab qolinadi.


Davlat pensiya fondi-국민연금보험 O'zbekiston E-9 viza egalari uchun tegishli emas. Raʼno opa

https://t.me/korea_xabarlari
https://t.me/korea_xabarlari
https://t.me/korea_xabarlari
TELEGRAM CHANNEL
3.4K views01:38
Ochish/sharhlash
2022-09-29 04:28:16
2022-yil Chet ellik talabalar uchun bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi
Yarmarka kuni va joyi : 21-oktyabr (juma) ~ 22-oktyabr(shanba) (COEX C1 Zali)
Oldindan ro’yxatdan onlayn o’tish muddati 30-sentyabrgacha
Quyidagi havolaga kirib, ro’yxatdan o’tsangiz bo’ladi.
http://jobfair.contactkorea.go.kr


@KOREA_XABARLARI
3.5K viewsedited  01:28
Ochish/sharhlash
2022-09-28 11:37:09 Oktyabr oyida Koreyaga kirib keladigan sanalar

4-oktyabr 100 kishi;
11-oktyabr 100 kishi;
18-oktyabr 100 kishi;
25-oktyabr 100 kishining kelishi rejalashtirilgan. Vaziyatga qarab ozroq (+/-) bo‘lishi mumkinligini aytilmoqda.

Keladigan yangi E-9 vizalaridan o‘quv markazi qoidalariga qat'iy amal qilish talab va iltimos qilinadi!

@korea_xabarlari
173 views08:37
Ochish/sharhlash
2022-09-28 11:34:04 Diqqat tezkor xabar

STUDENTLAR DIQQATIGA

Koreyadagi universitetlarni nelegallik ko'rsatkichi e'lon qilindi

Bunga ko'ra 2022-yil hisobida xususiy universitetlarning eng ko'p nelegalga chiqqan univerlar ro'yxati
1. Kyunghee 712 ta talaba nelegalga chiqqan
2. Sangmyung 292 ta talaba nelegalga chiqqan
3. Sejong 244 ta talaba nelegalga chiqqan
4. Yongin 238 ta talaba nelegalga chiqqan

Notional(davlat universitetlari orasida) INCHEON universitetidan 151 ta talaba nelegalga chiqqan


Mamlakatlar bo'yicha nelegalga chiqish darajasi esa.
4531 ta talaba Vetnam   
1001 ta  talaba O‘zbekiston
488 ta talaba  Mo‘g‘uliston 
292 ta talaba  Xitoy

Xabarni do'stlaringizga yuboring

@korea_xabarlari
276 viewsedited  08:34
Ochish/sharhlash
2022-09-28 07:59:40
#Foydali
Janubiy Koreyaga borganingizdan so'ng, tabiyki halol bo'lgan mahsulotlarni aniqlash qiyin bo'lishi mumkin.. Bunday holatlarda MUFKO nomli ilova juda ham ish berishi mumkin.

Bu dasturdan foydalanish uchun shunchaki mahsulot shtix-codini ilovadagi skanerdan o'tkizasiz va mahsulotning tarkibi va iste'mol uchun yaroqligini korishingiz mumkin bo'ladi. Foydali ma'lumotni do'stlaringizga ham ulashing.

MUFKO ilovasi -> https://play.google.com/store/apps/details?id=com.mufko.mobile&hl=ru&gl=US

#Foydalitavsiya
Bright_future_korea
𝙆𝙤𝙧𝙚𝙖 𝙝𝙖𝙦𝙞𝙙𝙖𝙜𝙞 𝙦𝙞𝙯𝙞𝙦𝙖𝙧𝙡𝙞 𝙢𝙖'𝙡𝙪𝙢𝙤𝙩𝙡𝙖𝙧 𝙫𝙖 𝙚𝙣𝙜 𝙨𝙤'𝙣𝙜𝙞 𝙮𝙖𝙣𝙜𝙞𝙡𝙞𝙠𝙡𝙖𝙧 𝙗𝙖𝙧𝙘𝙝𝙖𝙨𝙞 𝙗𝙞𝙯𝙙𝙖
@KOREA_XABARLARI
@KOREA_XABARLARI
@KOREA_XABARLARI
3.2K viewsedited  04:59
Ochish/sharhlash
2022-09-27 17:59:55
#qòshiling!

Koreys tili kanallar orasida faqatgina 1 ta davlat ro'yxatidan o'tgan kanal bor shu kanalni bilasizmi ?

O'quvchilar uchun aloxida ishchilar uchun aloxida kanalimiz mavjud.
1.6K views14:59
Ochish/sharhlash