Get Mystery Box with random crypto!

급여명세서-Oylik kvitansiyasi. E-9larning oylik maoshidan us | KOREYA XABARLARI | KOREYS TILI

급여명세서-Oylik kvitansiyasi.

E-9larning oylik maoshidan ushlab qolinadigan soliq va sug'urta pullari haqida!
Har oy oylikdan ushlab qolinadigan sug'urta, soliq va ularning foizlari haqida ma'lumot!

Majburiy sug‘urta turi.
Davlat tibbiy sug'urtasi-국민의료보험(건강보험)
Har oy oylikdan 6.86% (ishchi 3.43%, rahbar 3.43%)ushlab qolinadi.(23-yilda oshirilishi kutilmoqda)

Majburiy soliq.
Daromad solig'i-세금
Har oy oylikdan 5%gacha olinadi.
Daromadingiz qancha yuqori bo'lsa, soliq foizi shunga qarab oshib boraveradi.

E-9 viza egalari uchun Ihtiyoriy sug‘urta turi.
Mehnat sug'urtasi-고용보험
oylikdan 1.85% (ishchi 0.8%, korxona 1.05%) ushlab qolinadi.


Davlat pensiya fondi-국민연금보험 O'zbekiston E-9 viza egalari uchun tegishli emas. Raʼno opa

https://t.me/korea_xabarlari
https://t.me/korea_xabarlari
https://t.me/korea_xabarlari
TELEGRAM CHANNEL