Get Mystery Box with random crypto!

Kopirayting 1.0

Telegram kanalining logotibi kopirayting_on — Kopirayting 1.0 K
Telegram kanalining logotibi kopirayting_on — Kopirayting 1.0
Kanal manzili: @kopirayting_on
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 100
Kanalning ta’rifi

Kopirayter: @Shohrux_Mahkamov

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-22 09:48:22 Hurmatli kanal obunachilari bugun sizlarga sotuv hajmiga taʼsir koʻrsatadigan noyob soʻzlar (power words) haqida maʼlumot beramiz.
Kanalimizni kuzatishda davom eting va obuna boʻlishni unutmang!

@kopirayting_on
171 viewsedited  06:48
Ochish/sharhlash
2023-01-21 11:40:57 Davomi

2. Kitob oʻqing
Qanaqa turdagi adabiyot oʻqishingiz unchalik ahamiyatga ega emas. Muhimi mutolaa qilish koʻnikmasini shakllantirish. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, muntazam kitob oʻqishning foydalari talaygina
Ulardan asosiylari quyidagilar:

1) miya faoliyatini yaxshilaydi;
2) so'z boyligingizni va tushunish qobiliyatingizni oshiradi;
3) oʻzgalar dardini tushunishingizga yordam beradi;
4) uyquga tayyor bo'lish jarayonini tezlashtiradi;
5) stressni kamaytiradi;
6) qon bosimi va yurak urish tezligini pasaytiradi;
7) depressiya belgilariga qarshi kurashadi,
8) erta qarishning oldini oladi va uzoq umr ko'rishga hissa qo'shadi

Har kuni kamida 20 betdan kitob oʻqishni odat qiling va bu harakatni 20 kun davomida takrorlang. Ishoning, bu jarayon kundalik hayotingizning bir qismiga aylanadi.

Kanalga obuna boʻling!
@kopirayting_on
190 viewsedited  08:40
Ochish/sharhlash
2023-01-21 06:35:43
Kopirayter boʻlmoqchiman lekin nimadan boshlay?

Albatta bu savol yosh kopirayterlarni oʻyga toldirishi aniq. Nimadan boshlash kerak degan savolga esa men quyidagicha javob bergan boʻlardim

1. Shunchaki yozing!
Buning menga nima foydasi bor dersiz lekin ishoning siz shunchaki nimanidir yozish orqali oʻzingizning ilk kopirayterlik qirralaringizni kashf etishingiz mumkin. Endi sizda yana bir savol tugʻiladi

Shunchaki yozish oʻzi nima? Hamma narsani yozib tashlayversam kopirayter boʻlib qolamanmi?
Yoʻq, albatta
Birinchi boʻlib, birorta daftarni olingda kundalik qilgan ishlaringizni yozib boring, yaʼni kundalik tuting!
Siz har kuni nimalarnidir yozar ekansiz bu sizga ishlaringizni rejalashtirishga va yozishga boʻlgan ishtiyoqingizni oshirishga xizmat qiladi.

Albatta davomi bor...

Kanalga obuna boʻling!
@kopirayting_on
172 views03:35
Ochish/sharhlash
2023-01-20 19:18:46 Ertaga boʻlajak kopirayterlar uchun ajoyib post tayyorlab qoʻydim

@kopirayting_on
150 viewsedited  16:18
Ochish/sharhlash
2023-01-19 16:16:27
Kechirasiz tish choʻtkasi yoʻgʻe stomatolog kerak edi

Biroz notoʻgʻri yoʻnalishda ketib qolgan reklama banneri

@kopirayting_on
160 viewsedited  13:16
Ochish/sharhlash
2023-01-17 18:35:24 Davomi

Agar fil shahar hokimining gulbogʻidan oʻtib bogʻni payhon qilsa va bu haqda mahalliy nashrlar yozib chiqsa, bu - ommalashtirish

Agar hokim bu jarayonni bilib qolib, hazilga olib ketsa yoki boshqacha munosabat bildirsa, bu - jamoatchilik bilan aloqa/PR

Agar shahar aholisi sirkka borsa, siz ularga koʻngilochar koʻchma doʻkonchalarni koʻrsatsangiz, ular shu doʻkonchalarda pul sarflab vaqtini juda maroqli oʻtkazishi mumkinligini tushuntirsangiz, savollariga javob bersangiz va oxir - oqibat, ular sirkda juda koʻp pul sarflasa, bu - sotuv

Agar yuqoridagilarning barchasini rejalashtirsangiz, bu - Marketing

**Tadbirkor va marketolog Allan Dibning ʻʻBir varaqli marketing rejaʼʼ kitobidan olindi.

@kopirayting_on
344 viewsedited  15:35
Ochish/sharhlash
2023-01-17 10:23:47
Marketing oʻzi nima?

Baʼzi insonlar marketingni reklama, brendlash yoki boshqa noaniq tushuncha deb oʻylaydi. Garchi bularning barchasi marketingga bogʻliq boʻlsa ham, marketingning oʻzi emas.
Men sizga hayotingizda uchratgan eng oddiy va jargonlardan xoli marketing haqidagi taʼrifni aytaman:

Agar sizning shahringizga sirkchilar kelayotgan boʻlsa va siz ʻʻShanba kuni koʻrgazmalar maydonida sirk boʻlib oʻtadi ʼʼ, deb eʼlon bersangiz, bu - reklama

Agar siz katta filning orqasiga oʻsha yozuvni yopishtirib butun shahar boʻylab aylantirib yursangiz, bu - promoushen

Davomi bor...


@kopirayting_on
206 views07:23
Ochish/sharhlash
2023-01-12 18:36:57
Yonboshlagan marketing

@kopirayting_on
159 viewsedited  15:36
Ochish/sharhlash
2022-12-12 21:13:22 3. Ijodkorona (kreativ) fikrlash

Bu omil kopirayterlarning asosiy "fishka" si boʻlib, agarda siz postingiz boshqalarnikidan farq qilishini xohlasangiz kreativlik koʻnikmalarigizni rivojlantirishingiz kerak. Bu koʻnikmani rivojlantirish usullari dan biri bu kun davomida bir xil shakldagi narsalarni oʻylab yurishdir. Masalan: aylana, doira, avtomobil shinasi, shar, koptok va hokazo. Bu metod miyanggizda yangi neyronlar hosil qilishga yordam beradi va kreativligingizni oshiradi.

@kopirayting_on
158 viewsedited  18:13
Ochish/sharhlash