Get Mystery Box with random crypto!

Har qanday bahsda gʻolib boʻlishning 12 yoʻli (2-qism) 5-qoid | ✍️ Pedagog kopirayter | Sirojbek Maqsud oʻgʻli

Har qanday bahsda gʻolib boʻlishning 12 yoʻli (2-qism)

5-qoida. Suhbatdoshingizni darrov «ha» deb javob berishga majbur eting.
Yaʼni suhbatdoshingiz sizning fikrlaringizga tasdiq maʼnosida gapirishiga erishing. Bahs jarayonida unga yoqadigan mavzularda gapirishga harakat qiling. Chunki inson qachonki oʻziga yoqadigan mavzu boʻlsa, keyinchalik sizga biron bir ish boʻyicha ham rozilik berishi mumkin.

6-qoida. Koʻproq vaqt suhbatdoshingiz gapirsin. Chunki qanchalik qarshingizdagi insonni gapirishga qoʻyib bersangiz, uni yengishingiz oson boʻladi. Unga gapirishga qoʻyib bering. Istaganicha gapira qolsin. Shundan keyin sizda yutib chiqish imkoni yuqori boʻladi. Buni asosan sotuv jarayonlarida qoʻllashadi. Mijoz qanchalik koʻp gapirsa, uning sotib olish ehtimoli shuncha yuqori boʻladi. Uni eshitadigan odam boʻlsa, hamma gapirishni xohlaydi.

7-qoida. Suhbatdoshingiz fikrlarni «oʻziga tegishli» deb oʻylashiga qarshi chiqmang. Aksincha, uni qoʻllab-quvvatlang. Siz buni rad etmasdan turib, bu fikr sizga tegishli ekanligini chiroyli holatda keltirib bering. Six ham kuymasin, kabob ham. Chiroyli muomalangizdan keyin uning oʻzi bu fikrning sizniki ekanligini tasdiqlab beradi.

8-qoida. Suhbat mavzusiga hamsuhbatingiz tomonidan qaray oling. Inson har doim voqealarga atroflicha baho bera olishi kerak. Qarshingizdagi insonning fikrlarini «oʻqishga» harakat qiling. Suhbatni u tomonida turib olib boring. Va u sizning fikringizga oʻz moyilligini bildirganini sezmay qoladi. Insonlarga har doim ikkinchi tomondan qarashni oʻrganing.

Bu postning 3-qismini kutayotgan boʻlsangiz, reaksiyalar va izohlar orqali fikringizni qoldiring.

Obuna boʻling: @Modul_five