Get Mystery Box with random crypto!

Nega kitob oʻqimaymiz? 1. Dangasalik. Hamma insonning tabiati | ✍️ Pedagog kopirayter | Sirojbek Maqsud oʻgʻli

Nega kitob oʻqimaymiz?

1. Dangasalik. Hamma insonning tabiatida dangasalik degan kasallik mavjud. Dangasa insonlar hech bir ishni qilishni xohlashmaydi. Dangasa inson kitob oʻqish u yoqda tursin, uni ushlashga ham erinadi. Oʻqimaslik uchun oʻziga turli xil bahonalar toʻqib chiqaradi. Oʻzini shu bahonalar bilan oqlaydi.

2. Umidsizlik. Kitob oʻqimoqchi boʻlgan insonlarda boʻladigan holat. «Bu kitobni oʻqiganimdan keyin foyda bermasa-chi?» – degan hayol oʻtadi insonda. «Kitob oʻqish menga nima bera oladi?» – degan tushunchalar paydo boʻlishni boshlaydi. Umidsizlikka tushmaslik va kitob oʻqishni boshlash kerak.

3. Muhit. Atrof-muhit insonga taʼsir qiladigan eng katta omillardan bittasidir. Yon-atrofda kitobxon insonlar boʻlmasa, bizning kitob oʻqishni boshlashimiz qiyin kechadi. Avvalo, ota-onamiz va oilamizdagilar kitobga mehr qoʻygan insonlar boʻlishlari kerak. Kitobxon insonlar davrasidagi insonlarga kitob oʻqish qiyinchilik tugʻdirmaydi.

Obuna boʻling: @Modul_Five