Get Mystery Box with random crypto!

Reklama boʻlmagan reklama haqida eshitganmisiz? Nativ reklama | Kopirayter fikri

Reklama boʻlmagan reklama haqida eshitganmisiz?

Nativ reklama - foydali kontent ichiga joylashtirilgan reklamadir. Maqola, koʻrsatuv va suhbatlar tarzidagi kontentda mahsulot bilvosita targʻib qilinadi.

Quyidagi kabi sarlavhalarga koʻzingiz tushgan boʻlsa ajab emas:

1. Falonchidan qovun haqida foydali maslahatlar
2. Koʻp uxlash boʻyicha mahorat darsi
3. Kopirayting haqida 77 fakt
4. Ekspert bilan kopirayting haqida suhbat
5. Dangasalikning 88 oltin qoidasi
.................... va hokazolar.

Shu va shunga oʻxshash sarlavhali nativ reklamalarda mahsulot shunchaki eslab oʻtiladi, ochiqdan-ochiq reklama qilinmaydi. Nativ reklama toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvni emas brend kuchini oshirish uchun xizmat qiladi.

@Kopirayter_fikri sahifasi asoschisi @portfoliosiz_kopirayter dan foydali ma'lumotlar!