Get Mystery Box with random crypto!

Boshsiz inson koʻrmaganingizdek, sarlavhasiz matn ham koʻrmays | Kopirayter fikri

Boshsiz inson koʻrmaganingizdek, sarlavhasiz matn ham koʻrmaysiz!

Tushunganingizdek sarlavha haqida gaplashamiz!

Sarlavhaning vazifalari
- E'tiborni tortish
- E'tiborni ushlab qolish
- Matnni oʻqishga undash

Sarlavhaga sotish vazifasi yuklatilmaydi, faqatgina toʻxtab qolgan auditoriyadan tashqari.

Sarlavhalar mazmun-mohiyatiga koʻra 10 dan ortiq turlarga boʻlinadi...

1. Asosiy mavzuga urgʻu beruvchi - mijoz oladigan asosiy foydaga urgʻu beradi

2. Axborot beruvchi sarlavha - qiziqarli, yangilik bilan e'tibor jalb qilishga harakat qiladi

3. Sirli sarlavha - sir-asror berish orqali matnni oʻqishga undaydi

4. Solishtiruvchi sarlavha - solishtirish orqali salbiy yoki ijobiy hislarni paydo qilishga harakat qiladi

5. Ajib, gʻaroyib sarlavha - qiziqarli savol berish orqali e'tiborni tortadi

6. Qoʻrqituvchi sarlavha - xavotirga soladi

7. Dangasalar uchun sarlavha - tez va oson yoʻllar beriladi

8. Ishonch, faxr mazmunli sarlavha - ruhlantirishga harakat qiladi.

9. Gʻazablantiruvchi sarlavha - jiddiy muammolar aytiladi

10. Raqamli sarlavha - raqamli maʼlumotlar orqali qiziqish uygʻotadi

Barcha sarlavha turlariga misollar orqali alohida toʻxtalamiz!

Samarali sarlavha bir vaqtning oʻzida bir necha hissiyotlarni uygʻota oladigan sarlavhadir.

#yangi_kursdan

@kopirayter_fikri