Get Mystery Box with random crypto!

Kopirayting

Telegram kanalining logotibi kopiirayting — Kopirayting K
Telegram kanalining logotibi kopiirayting — Kopirayting
Kanal manzili: @kopiirayting
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 227
Kanalning ta’rifi

Bizning kanalimiz orqali kopiraytingni 0 dan mukammal darajagacha o'rganasiz!
— Qiziqarli keyslar.
— Foydali ma'lumotlar.
— Strategik formulalar.
— Zamon trendlari.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-19 19:44:08
Trigger nima?

Auditoriyani e'tiborini yaxshi jalb qila olmayapsiz, buning mohiyati siz avvalo kreativ trigger tanlamaganligingizda.

Trigger bu - sarlavhaning inglizcha nomi hisoblanadi va sarlavhaga nisbatan kreativroq bo'ladi.

Triggerdan kopirayterlar auditoriya e'tiborini o'ziga boricha jalb qilish uchun foydalanishadi.

Eng yaxshi (inglizcha) triggerlarni quyidagi sayt orqali ham topishingiz mumkin. Tarjima qilib foydalansangiz yoki inglizchani bilsangiz kreativingiz ancha oshadi.

LINK: Adme.ru

@Kopiirayting - matn yozish san'ati!
374 viewsedited  16:44
Ochish/sharhlash
2022-06-18 20:17:53 Kanalimiz sizga ma'qul kelyaptimi?
Qanaqa o'zgartirishlar, yangiliklar kiritishimizni xohlaysiz? Barchaning fikri biz uchun qiziq va muhim. Javoblaringizni ushbu post ostidagi izohlar qismiga qoldiring.
323 viewsedited  17:17
Ochish/sharhlash
2022-06-17 19:03:58
Matnda qizil rangli emodjining o'rni...

Matnda qizil rangli emodjilardan imkon boricha foydalanmaslikka harakat qiling. Chunki qizil rangli emodji inson ongiga tez ta'sir qiladi va odamning ong ostida vahimali (daxshatli) degan fikrni uyg'otadi.

Bejizga yo'l belgilarida, cheklovchi belgilarda qizil rangdan foydalanishmaydi chunki qizil rang insonni shoshirib qo'yadi.

Bu harakatlarni takrorlash postingizga bo'lgan qiziqishni yo'qotadi va odamlar uni shunchaki o'qimay o'tkazib yuborishiga olib keladi.

Ba'zi bir emodjilar bundan mustasno. Masalan qadash belgisi, yurakcha, avtomobil kabilar.

P.s Agar postning boshiga ushbu emodjini qo'yganimda sizlarda postga bo'lgan qiziqish ancha kamaygan bo'lardi.

@Kopiirayting - matn yozish san'ati!
395 viewsedited  16:03
Ochish/sharhlash
2022-06-16 17:50:04
Kopirayterning xatolari

Ko'pchilik kopirayterlar eng ko'p yo'l qo'yadigan xatolardan biri bu - bir so'zni takror-takror qo'llash hisoblanadi.

Bu xato yozilayotgan postning kreativligi va ta'sirchanligini yo'qotadi va qarabsizki postingiz mijozga unchalik ma'qul kelmaydigan bo'lib qoladi.

Bu xatolarni takrorlamaslik uchun imkon qadar bitta jumlada bitta so'zdan bir marotaba foydalanishingiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kalit so'zlar va gaplarni bog'lovchi so'zlar bundan biroz mustasno.

@Kopiirayting - matn yozish san'ati!
320 viewsedited  14:50
Ochish/sharhlash
2022-06-15 20:38:56
Ijtimoiy tarmoqdagi postlarda foydalanish uchun eng eksklyuziv (qimmatbaho) sifatni ifodalovchi 5 ta ibora:

1. Eksklyuziv taklif
2. Hozircha mavjud emas
3. Faqat ... uchun
4. Login va parolni kiriting
5. Alohida taklif asosida

P.s Post qisqa shaklda yozildi.
Tushunarli bo'ldi degan umiddaman.

@Kopiirayting - matn yozish san'ati!
332 viewsedited  17:38
Ochish/sharhlash
2022-06-14 20:40:13
"Bg'at"larning kreativligiga qoyil qolmasdan boshqa ilojingiz yo'q!

AQSHning Colorado shtatida joylashgan Denvar shaharchasining "Denvar Water" suv resurslarini tejash bilan shug'ullanadigan kompaniyasining kreativiga nazar soling!

Unda "O'zingizga kerakli qisminigina oling" deya ta'rif yozilgan va banner osiladigan joyning kichikkina qismini egallashgan. (Bu iboraning ortida juda katta ma'no yashiringan. Nima deb o'ylaysiz ular nimalarni nazarda tutishgan.)

P.s Menimcha baribir banner osiladigan joyning bo'sh turgan qismiga o'z banneringizni osmoqchi bo'lsangiz rozi bo'lishmasa kerak

@Kopiirayting - matn yozish san'ati!
377 views17:40
Ochish/sharhlash
2022-06-13 20:16:18
Kopirayter "yozuvchi" emas...

Ko'pchilik insonlar kopirayterlarni she'r, asarlar yozadigan odam deb o'ylaydi, bu mutlaqo noto'g'ri fikr. Kopirayter reklama va marketing uchun matnlarni yozadi, bu vazifa kasbning butun mohiyati hisoblanadi.

Muammolar matnlar yordamida hal qilinadi. Agar matn hech qanday muammoni hal qila olmasa uni yozgandan nima naf?

Kopirayter shunchaki harflarni yozmaydi, u marketologning ko'pgina funksiyalarini o'z zimmasiga oladi: U maqsadli auditoriyani o'rganadi, mijozning maqsadlarini aniqlaydi, raqobatchilarni o'rganadi, yangi g'oyalarni taklif qiladi, strategiya tuzadi va keyin matnni yozadi.

@Kopiirayting - matn yozish san'ati!
440 views17:16
Ochish/sharhlash
2022-06-12 12:06:53
Rebrending nima?

Rebrending - bu brendga yangiliklar olib kirish va brendning ma'lum bir qismlari (dizayni, madaniyati, xizmat ko'rsatishi) kabilarga o'zgartirish kiritish hisoblanadi. Rebrending sodiq mijozlarni oshirish va yangi mijozlarni jalb qilishga katta yordam beradi.

Buning yaqqol dalili sifatida "Korzinka"ni olishimiz mumkin. 2021-yil Korzinka o'zining 25 yilligi munosabati bilan dizayniga o'zgartirish kiritdi.
( Buni rasmda ko'rishingiz mumkin)

O'zgartirishlar "Korzinka"ga yaxshi samara berdi va ko'zlangan maqsad qisman bo'lsa-da zabt etildi. Rebrending jarayonini Ukrainaning Fedoriv agentligi o'z zimmasiga oldi.

@Kopiirayting - matn yozish san'ati!
431 viewsedited  09:06
Ochish/sharhlash
2022-06-11 18:51:02
Chiroyli va to'g'ri so'z yozish faqat kopirayterlar uchun emas...

Har bir inson nafaqat kopirayterlar, yozuvchilar, muharrirlar, jurnalistlar va hattoki oddiy insonlar ham so'zlarni to'g'ri yoza bilishi kerak.

Kundan-kun ijtimoiy tarmoqlar ommalashib hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shunday ekan ko'pchilik internetda ham ko'plab xabarlar yozadi. Agar siz muloqot jarayonlarida to'g'ri so'z yozsangiz bu ancha yaxshi qobiliyat hisoblanadi.

• Yaxshi yozilgan matn (xabar) sizning samaradorligingizni oshiradi.
• Yaxshi yozilgan ish tavsifi xodimlarga o'z vazifalarini tezda tushunishga yordam beradi.
• Yaxshi yozilgan matn asablarni asraydi.

Kopirayter, yozuvchi yoki jurnalist bo'lmasangiz ham yozishni o'rganing. Bugun biz matnlar bilan muloqot qilamiz.

@Kopiirayting - matn yozish san'ati!
405 views15:51
Ochish/sharhlash