Get Mystery Box with random crypto!

Konservativ Tribunal ✔️

Telegram kanalining logotibi konservativ_tribunal — Konservativ Tribunal ✔️ K
Telegram kanalining logotibi konservativ_tribunal — Konservativ Tribunal ✔️
Kanal manzili: @konservativ_tribunal
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 40
Kanalning ta’rifi

Hayotga konservativ yondoshuv. Shaxsiy blog. Siyosat, romantika, komidiya . Barchasi IMHO.
✍️Aloqa uchun
°Telegram: @Sanjar_Ilhomovich

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-04 11:11:17
So'zsiz...

Qor - qishloqda romantikamas,
Buni senga, menga o‘xshagan,
Studentlar to'qib chiqargan...

Otang o‘tin chopar,
Onang pechka yoqar,
Sevgi haqida so‘rasangmi...
Buni bekorchilar to'qib chiqargan...

Hayot kitob emas qo‘lingdagiday
Istasang
Kitoblarga ko‘mib tashlayman,
Buni shoirchalar to'qib chiqargan...

Naushniging-chi...
G‘iybatchi dugonangga o‘xshaydi
Qulog‘ingga "I love snow" deyotir
Buni naushniging to'qib chiqargan...

Ishqqa ko‘milib ham
Bir yil - bir so'zsiz...
Yashayotirmiz
Sening javoningda bunaqasi yo‘q,
Buni devona ham to‘qiyolmaydi...

Qor qishloqi yurakda ramantikamas...

○Sanjar Mashriqiy
@konservativ_tribunal
87 viewsedited  08:11
Ochish/sharhlash
2021-01-02 21:59:06 Оқ шеър

Яхшиям қишлоққа кўмир келади,
Яхшиям дарахти бордир кесишга.
Яхшиям дарахтни Худо беради.

Aбдурайим эса кўмир келтирар
Худо берган машинасида.
Қиммат сотсаям. Одамлар хурсанд.
Энди исиб чиқар қишлашиб...

Ваҳоб болта кўтариб кетар,
Фермернинг йиқитиб келади бирор тутини.
Ҳозир совқатмаса бўлди боласи.
Aхир уни керак ўқитиш.
Ўқиш дегани бу шаҳар,
Хаёлида пайдо бўлар иссиқ ўлка .

Сўкиш эшитса ҳам майли ҳокимдан,
Пилласини бажармай фермер.
Совқатмаса бўлди боласи.
Дарахтни Худо беради ахир.

Давлатни Худо бермайди фақат,
Ерни катталар яратиб қўйган.
Газни улар олади қазиб Европада...
Уларнинг буюк келажаги бор...

Бизда ҳаммаси яхши
Яхшиям Худо бор, қўрқишади катталар...
Халқнинг берар газини...

Достон Раҳмат

02.01.2021

@sheriylahzalar
79 views18:59
Ochish/sharhlash
2020-12-19 21:11:05
Австралия — Хитой: совуқ муносабатлар қайноқ палласига чиқмоқда

АҚШ борган сари Хитой билан сиёсий ва иқтисодий жабҳа етакчилиги учун курашда қийналиб қолмоқда. АҚШ сиёсатдонлари вазиятни тўғри тушуниб, ўзлари учун қулай, қулай бўлганда ҳам ўзининг кенг обрўсига эга давлат керак эди. Австралия АҚШ истаганидан ҳам ортиқроқ «жекпот» аслида.

Батафсил

https://xabar.uz/djec

Каналга қўшилинг:
https://t.me/joinchat/AAAAAE6kMk7VmpcqzxoC3w
101 views18:11
Ochish/sharhlash
2020-12-18 14:38:01
Ona Vatan Citylaring pulli bo`lsa...
(Parodiya)
Aylanaman, yurtni kezib aylanaman,
Normanli bir City topmay qiynalaman.
Ona Vatan Citylaring pulli bo`lsa,
Nyu York City tomonlarga yo`l olaman.
Ko`zim tushsa, yo`laklari lov-lov yonadi,
Binosida qirqta qavat tovlanadi,
O`roq ko`rmas maysalari to`lg`onadi,
Paris City tomonlarga ketaman-o.
U ellarda odamlarni qilmaydi xor,
Ham svetga, hatto gazga bo`lmaydi zor,
Bitta emas, millionta Citysi bor,
Berlin City tomonlarga ketaman-o.
Mansabdordan rozi hamma dil ichida,
Soqqa berib, soqqa olmas kulgichida,
O`z tilida gapirmaydi til uchida,
Moskov City tomonlarga ketaman-o.
Har xil qurmish mana ko`rdim nechalari,
Svetlari yonim turar kechalari,
Nima bo`pti, Toshkent City ko`chalari,
Madrid City tomonlarga ketaman-o.
Aylanaman, yurtni kezib aylanaman,
Normanli bir City topmay qiynalaman.
Ona Vatan Citylaring pulli bo`lsa,
Nyu York City tomonlarga yo`l olaman.
Sanjar Mashriqiy
447 views11:38
Ochish/sharhlash
2020-12-15 12:37:56
Yuqoridagi post suratlari
@konservativ_tribunal
206 views09:37
Ochish/sharhlash