Get Mystery Box with random crypto!

© Kompyuter va Biz

Telegram kanalining logotibi kompyuterva_biz — © Kompyuter va Biz
Telegram kanalining logotibi kompyuterva_biz — © Kompyuter va Biz
Kanal manzili: @kompyuterva_biz
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Assalomu alaykum, "© Kompyuter va Biz" rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
⚜️ Guruh: @KompyuterVaBiz_chat
⚜️ Hamkor: @My_Favorite_Software

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-19 05:57:23 Kompyuterdagi Telegram dasturi tezkor va qulay foydalanish uchun bir qancha klaviatura kombinatsiyalari mavjud.

AVVAL HAM BILARMIDINGIZ!

• Alt + (yuqoriga tugmasi) — yuqoridagi chatga o'tish.
• Alt + (pastga tugmasi) — pastdagi chatga o'tish.
• Ctrl + F — ochiq chat bo'yicha izlash.
• Ctrl + O — Telegramdan fayl jo'natish uchun fayl tanlash oynasini ochish.
• Esc — Chat yoki qidiruvlardan chiqish.
• Ctrl + M — Telegram dasturini pastga tushirib qo'yish (свернуть).
• Ctrl + W — dasturni topshiriqlar paneli (панель задач) ga tushirib qo’yish (свернуть)/ dasturdan chiqib ketish.
• Ctrl + L — Telegram dasturini bloklash (agar parol o'rnatilgan bo'lsa).
• Ctrl + Q — dasturni to'liq yopish.
• Ctrl + va Ctrl + — tezkor javob berish uchun xabarni tanlash.
• Ctrl + — javobni bekor qilish.
• (yuqoriga tugmasi) — oxirgi xabarni tahrirlash.
• Delete — belgilangan xabarni o'chirish.
• Ctrl + 0 — “Избранное” ga o'tish (Saqlangan xabarlar).
• Ctrl + R — joriy chatni o'qilgan deb belgilash.
• Alt + Shift + sichqonchaning o’ng tugmasi — barcha chatlarni o'qilgan deb belgilash (kursorni menyuda akkauntga o'tkazib, tugmalar birikmasini bosish kerak).
• Ctrl + J — Kontaktlar (Контакты) ni ochish.

Matnni formatlash uchun ishlatiladigan tugmalar:


• Ctrl + B — belgilangan matnni qalin qilish.
• Ctrl + I — belgilangan matnni kursiv (qiyshiq) qilish.
• Ctrl + U — belgilangan matnni ostiga chizish.
• Ctrl + Shift + X — belgilangan matnni o'chirish.
• Ctrl + Shift + M — belgilangan matnni mono kenglikdagi matn qilish.
• Ctrl + K — giperhavola yaratish.
• Ctrl + Shift + N — formatlashni bekor qilish.
• Ctrl + Enter — yangi qatorga o'tish.

Papkalar bilan ishlash:


• Ctrl + Shift + va Ctrl + Shift + — papkalar bo'ylab ko'chish.
• Ctrl + 1 — Barcha chatlar ro’yxatiga o'tish.
• Ctrl + 2 — 1-papkaga o'tish.
• Ctrl + 3 — 2-papkaga o'tish.
• Ctrl + 4 — 3-papkaga o'tish.
• Ctrl + 5 — 4-papkaga o'tish.
• Ctrl + 6 — 5-papkaga o'tish.
• Ctrl + 7 — 6-papkaga o'tish.
• Ctrl + 8 — Oxirgi papkaga o'tish.
• Ctrl + 9 — Arxiv (Архив) ga o'tish

@KompyuterVa_Biz
46 viewsedited  02:57
Ochish/sharhlash
2022-09-17 13:52:53 Telegram 9.0 (236754) versiyasiga yangilandi.

CHEKSIZ REAKSIYALAR, EMOJI STATUSLARI VA BOSHQALAR

Cheksiz reaksiyalar

• Shaxsiy chatlar va guruhlarga yangi kengaytiriladigan reaksiya menyusi qo'shildi.

• Barcha foydalanuvchilar o'nlab yangi reaksiyalarga, jumladan, avval Premium foydalanuvchilari uchun ajratilgan reaksiyalarga kirish huquqiga ega bo'ladilar.

• Siz tez-tez ishlatadigan reaksiyalar har doim tepada ko'rsatiladi.

• Premium foydalanuvchilari minglab maxsus kulgichlar bilan xabarlarga munosabat bildirishi va har bir xabarga 3 tagacha reaksiya qo‘shishi mumkin.

Reaksiyani boshqarish

• Guruh ma'murlari o'z guruhlarida maxsus reaktsiyalarga ruxsat berilganligini nazorat qilishlari mumkin.

• Reaksiyadan foydalanuvchi profilini ochishda spam haqida xabar berish imkoniyatini qo‘shdik. (Internet qoida raqami N: agar biror narsa mavjud bo'lsa, ertami-kechmi u spam uchun ishlatiladi).

Premium: Emoji holati

• Premium foydalanuvchilari joriy faoliyatlarini ko‘rsatish uchun o‘z nomlari yoniga animatsion emoji holatini qo‘shishlari mumkin.

• Holatni o‘rnatish uchun chat ro‘yxatida yoki Sozlamalarda Premium nishoningizga bosing.

• Ishlash, uxlash, sayohat qilish va boshqalar boʻyicha mashhur takliflar tepada koʻrsatiladi.

• 1 soat yoki 2 kun kabi ma'lum bir muddatga holat o'rnatish uchun kulgichni bosing va ushlab turing.

Yangi foydalanuvchi nomi havolalari

• “t.me/username”dan tashqari, foydalanuvchi nomi havolalari uchun yangi format qo‘llab-quvvatlandi. Endi siz “username.t.me” yoki “https://username.t.me” kabi havolalar yordamida Telegram akkauntlari, guruhlari yoki kanallarini ochishingiz mumkin.

@KompyuterVa_Biz
42 viewsedited  10:52
Ochish/sharhlash
2022-09-12 13:33:38 ​ Qunduz amakining qissalari

Ko'pchiligingiz yoshligingizda, Fransiya multiplikatsiya mahsuloti bo'lgan va o'zimizda dublyaj vaqtida bosh qahramonga, taniqli xalq artistimiz Erkin Komilov ovoz bergan "Qunduz amakining qissalari" multserialini maroq bilan tomosha qilgansiz. Multserial syujeti bo'yicha Qunduz amaki har kuni Qunduz jiyanlariga ertak aytib berishi kerak. Ho'sh, nega men so'zni ushbu multserialdan boshladim? Gap shundaki, hozirda bir qancha kompyuter savodxonligiga bag'ishlangan kanallarda shunday Qunduz amakining qissalari o'qib eshitilmoqda . Ya'ni, Google Chrome brauzeri haqida ertak aytilmoqda. Aytishlaricha Google Chrome brauzeri qolgan brauzerlarga qaraganda kompyuterga og'irlik qilar emish. Kompyuteringiz tezkor xotirasi qanchalik katta bo'lmasin, Google Chrome kompyuter sekin ishlashiga olib kelar ekan. Ho'sh, bu gaplar qanchalik asosli?
Birinchidan, tan olish kerakki Google Chrome dunyodagi eng tezkor brauzer hisoblanadi va hali tezlikda unga yetadigani topilmaydi. Albatta, bunday yuqori tezlikka erishish uchun boshqa brauzerlarga qaraganda tezkor xotirani biroz ko'proq band qilishi bor gap (bir narsaga yetishish uchun boshqasidan kechish kerak). Ammo, bu farq unchalik ham sezilmaydi.
Ikkinchidan, qolgan brauzerlar (masalan, Mozilla Firefox, Safari, Yandex hamda Opera) ham ish mobaynida tezkor xotirani katta qismini egallab olishda hatto Google Chromeni ortda qoldirishlari butunlay isbotlangan.
Uchinchidan, brauzerning tezkor xotirani band qilib qo'yishi bu uning aynan qaysi brauzer ekanligi bilan emas, siz ochgan veb-saytlarga va brauzerdagi "вкладка"lar soniga qarab aniqlanadi. Gap shundaki, veb-saytlar turli dasturiy tillarda (masalan, HTML, PHP, JavaScript, Python va SQL) ishlab chiqiladi va har bir dastur tili kompyuterni turlicha zo'riqtiradi. Bundan tashqari, saytlardagi multimedia (ko'plab saytlar dizayni uchun rasmlar va reklama uchun videolar joylanadi) vositalari ham tezkor xotiraning zo'riqishiga olib keladi. Unutmang, sayt dizayni qanchalik chiroyli bo'lsa, uning tezkor xotiradan egallaydigan o'rni shu qadar katta bo'ladi.
Endi brauzerda ochilgan "вкладка"lar soniga kelsak, avval ham aytib o'tganimdek, brauzeringizda ochilgan har bir "вкладка" tezkor xotiradan alohida joy egallaydi. Ular soni qanchalik ko'p bo'lsa, tezkor xotira to'lib qolishi va kompyuter shu sababli sekin ishlash xavfi oshaveradi.
Shaxsan o'zim tezkor xotira hajmi 1.8 Gb. ga teng bo'lgan kompyuterda, Google Chrome brauzeri orqali 14 "вкладка" ochganman va kompyuterda hech qanday zo'riqishni kuzatmaganman.

P/s. Amakijon amakijon, bizga yana bitta qissa aytib bering. Anavi Google Chrome haqidagisi bor-kuuu, o'shanisini hop! ("Qunduz amakining qissalari" multserialidan hammaga taniqli parcha)

@KompyuterVa_Biz
71 views10:33
Ochish/sharhlash
2022-09-09 10:38:21
Halqa ko'rinishidagi lokal tarmoq

@KompyuterVa_Biz
57 viewsedited  07:38
Ochish/sharhlash
2022-09-09 10:37:52
Passiv yulduz ko'rinishidagi lokal tarmoq

@KompyuterVa_Biz
55 viewsedited  07:37
Ochish/sharhlash
2022-09-09 10:37:25
Aktiv yulduz ko'rinishidagi lokal tarmoq

@KompyuterVa_Biz
49 viewsedited  07:37
Ochish/sharhlash
2022-09-09 10:36:52
Shina ko'rinishidagi lokal tarmoq

@KompyuterVa_Biz
48 viewsedited  07:36
Ochish/sharhlash
2022-09-09 10:36:24 Lokal tarmoq turlari

Lokal tarmoq, o'zidagi kompyuterlar o'rtasidagi axborot almashinuvini va qolgan tarmoqlar ish samaradorligini belgilaydi. Shu sabab, kompyuterlarni lokal tarmoqqa ulashda ish sifatini oshirish uchun turli usullardan foydalanishadi.
Birinchi, Shina ko'rinishidagi lokal tarmoq - bunda barcha kompyuterlar o'zaro paralel ulanib, ma'lumot bir vaqtda barcha kompyuterga yetkaziladi.
Ikkinchi, Yulduz ko'rinishidagi lokal tarmoq - hozirgi vaqtda ikki turi mavjud, bular: aktiv yulduz va passiv yulduz.
Aktiv yulduz ko'rinishidagi lokal tarmoq - barcha kompyuterlar yagona markaziy kompyuterga alohida liniya bilan ulanadi. Bunda axborot avval markaziy kompyuterga, undan qolganlariga tarqatiladi.
Passiv yulduz ko'rinishidagi lokal tarmoq - Endi barcha kompyuterlar kommutatorga ulanadi va u orqali axborot almashiniladi. Hozirgi vaqtda bu usul ommalashib bormoqda.
Uchinchi, Halqa ko'rinishidagi lokal tarmoq - bunda barcha kompyuterlar bir-biriga halqa ko'rinishida ulanadi va ma'lumot almashinuvi faqat bir yo'nalishda olib boriladi. Kompyuterlar axborotni faqat yo'nalish bo'yicha qo'shni bo'lgan kompyuterdan oladi yoki uzatadi.

@KompyuterVa_Biz
42 viewsedited  07:36
Ochish/sharhlash
2022-09-09 10:02:16
WAN (Wide Area Network - Xalqaro Hisoblovchi Tarmoq)

@KompyuterVa_Biz
31 viewsedited  07:02
Ochish/sharhlash
2022-09-09 10:01:59
MAN (Metropolitan Area Network - Shahar Hisoblovchi Tarmoq)

@KompyuterVa_Biz
28 viewsedited  07:01
Ochish/sharhlash