Get Mystery Box with random crypto!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI K
Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kanal manzili: @kompyuter_akademiyasi
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.61K
Kanalning ta’rifi

✅ Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!
❓Savollar: @k_a_chat
💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63
💲Reklama: t.me/techno_ads/16
😎 Asoschi: @wmteam95

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 160

2022-01-01 16:01:54 SMM kursiga qiziquvchilar diqqatiga!

3- yanvar kunidan start oladigon @Kreativ_Reklamalar jamoasidan "SMM AMALIYOTDA" loyihasi!

Bilasiz, hozir SMM o'rgangan insonlarning juda ko'pchiligi 3 oylab vaqtini faqat, nazariyani o'rganish uchun sarflamoqda. Amaliyot o'tamagan o'quvchi esa, ish topish jarayonida qiyinchilikka uchraydi.

Loyiha maqsadi - o'quvchilarga SMM ni amaliyotda o'rgatish va portfolio bilan ta'minlash.

PS: Loyiha uchun 10 dona o'quvchi olinadi. Sababi, bundan ortig'ini amaliyot bilan ta'minlay olmaymiz!
Biz sizga SMM dagi ertaklarni ( tezda million dollar topasan) va'da bermaymiz!

Yaxshi SMM mutaxassisi

Aloqa:@Crg_Smm
5.1K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-01-01 12:41:44
Maxsus belgilarni kiritish
#info

Ba'zan matnga maxsus belgilar kiritish kerak bo'ladi - bular esa standart klaviaturalarda yo'q.

Masalan, bu paragraf belgisi yoki mualliflik huquqi belgisi bo'lishi mumkin. Buni "Таблицы символов" yordamida amalga oshirish mumkin.

Windows 10 da maxsus belgini kiritish biroz tezroq. Buning uchun emoji panelini ochish uchun WIN + Ю tugmalarini bosing.

"Символы" yorlig'ini bosing. Belgini tanlang va tanlangan matn maydoniga kiritish uchun ustiga bosing. @computer_life

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
5.6K viewsedited  09:41
Ochish/sharhlash
2022-01-01 05:07:02
Qoʻshimcha monitor kerakmidi?
#kelajak_texnologiyasi

Ekraningiz kichiklik qilyaptimi? Marhamat kerakli tomonidan qoʻshib olishingiz mumkin .

Aniq brendini va narxini bilmasam ham menga juda yoqdi. Ayniqsa ortdagi odam uchun ham monitorni ko'rsatib qoʻyilishini adashmasam paynetlarda ko'rgandim . @sciensday

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
197 views02:07
Ochish/sharhlash
2021-12-31 12:19:54
Olimlar dangasalik yuksak intellekt belgisi ekanligini isbotladilar
#motivatsiya

Bundan tashqari, dangasalik insonning o'z fikrlari bilan shug'ullanishga moyilligi belgisidir. Jismoniy faol odamlarda esa energiyasini sarflab yuborishi tufayli har xil fikrlash uchun kuchlari qolmaydi. @sciensday

Dangasaman, demak yuksak intellektga ega ekanman deb yuraverish ham sizni ushbu fikringizni isbotlamaydi! Odam o'zini o'zi kashf etishi, namoyish qilishi va kerak bo'lsa reklama qilishi kerak!

Men aqlliman deb yotaversak hech kim bunga ishonmaydi!

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
6.1K views09:19
Ochish/sharhlash
2021-12-31 05:07:01 Qisqacha ma'lumot
Linux - ochiq kodli Unix-ga o'xshash operatsion tizimlar oilasi, 1991-yil 17-Sentabrda Linus Benedikt Torvalds tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim (OT).

Bu OT bilan nimalar qilsa bo'ladi?
Siz hamma narsani qilishingiz mumkin, jumladan, fayl va katalogni yaratish va o'chirish, Internetni ko'rish, pochta jo'natish, tarmoq ulanishini o'rnatish, bo'limni formatlash, buyruq qatori terminali (Linux Terminal) yordamida tizim ishlashini kuzatsa bo'ladi.
Linuxni o'rnatgandan so'ng, tizim dasturini eng so'nggi versiyasiga yangilash tavsiya etiladi. Bu sizni keraksiz xatolardan saqlaydi, yangi xavfsizlik xususiyatlarini qo'shadi va tizim ish faoliyatini yaxshilaydi.
Linux sizning tizimingizda turli xil dasturlarni o'rnatish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan o'rnatilgan omborlarga ega. Ba'zi hollarda kerakli dasturiy ta'minot o'rnatilgan omborga kiritilmagan. Keyin qo'shimcha drayverlar va dasturlarni o'rnatish uchun qo'shimcha hamkorlar omborlarini qo'shishingiz kerak bo'ladi.
Tizimning uzluksiz ishlashi uchun tizimingizni keraksiz fayllardan va keraksiz keshdan Linux Terminal orqali oson tozalash mumkin. ($ sudo apt-get autoclean)
Tizimingizni kiruvchi trafikdan himoya qila olasiz. Shunday qilib, trafikni boshqarish uchun tizimingizda xavfsizlik devori dasturini o'rnatishingiz kerak bo'ladi.
Linux terminal orqali quyidagilarni bajarish kerak
1)$ sudo apt-get install gufw
2)$ sudo yum install firewall-config

Nima uchun ishlatilinadi
?
1. Yuqori xavfsizlik
2. Yuqori barqarorlik
3. Har qanday kompyuter apparatda ishlashi
4. Tekin
5. Ochiq kodli @itsoftwareuz

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
798 views02:07
Ochish/sharhlash
2021-12-30 18:40:12
#kompyuter #savodxonlik

Ko‘p tanishlarimdan “Kompyuter oldim-u, o‘chirib yoqishdan boshqa narsaga aqlim yetmayapti”, degan gapni eshitib qolaman. Siz ham shunday holatda emasmisiz, mabodo?

O‘sha tanishlarimga nima deb tavsiya berishni endi yaxshi bilaman, to‘g‘ri @itspecuz kanaliga yo‘naltirib yuboraman, bir oydan keyin komp ishlatishni o‘zimga o‘rgatadigan bo‘lib ketishsa kerak.

Siz ham shunday qiling, ulardan ortda qolmaslik uchun o‘zingiz ham kanalni kuzatib borishni unutmang, yana xijolat bo‘lib qolmang. Xullas, manzil shu yerda: @itspecuz
3.2K views15:40
Ochish/sharhlash
2021-12-30 18:19:51 Formulalar bilan ishlash bo’yicha qaynoq tugmalar

• Avtosumma funksiyasini joylash:
— ALT + =

• Formulalar satrini kattaytirish va kichraytirish:
— CTRL + SHIFT + U

• “Вставка функции” oynasini ochish:
— SHIFT + F3

• “Диспетчер имен” oynasini ochish:
— CTRL + F3

• “Вставка имени” oynasini ochish:
— F3

• “Создание имен из выделенного диапазона” oynasini ochish:
— CTRL + SHIFT + F3

• Faol varaqdagi formulalarni qayta hisoblash:
— SHIFT + F9

• Barcha ochiq ish kitoblaridagi formulalarni qayta hisoblash:
— F9

• Formulalarni o'zgarganligidan qat'i nazar, barcha ochiq kitoblarda qayta hisoblash:
— CTRL + ALT + F9

• Hamma ochiq ishchi daftarlarda formulalarni qayta hisoblash, ular o'zgarganligidan qat'iy nazar + barcha qaram formulalarni tekshirish:
— CTRL + ALT + SHIFT + F9

Excel24bot

@ExcelDarsBot
3.4K views15:19
Ochish/sharhlash
2021-12-30 16:01:04 "Link Teach" kanalimiz o'z kuzatuvchilarini xursand qilishni davom etmoqda! Endi siz ham..

Har hafta pul yutish imkoniyatiga ega bo'ling;

IT oid qiziqarli va foydali postlarni kuzatib boring;

Ertangi o'yinimizda sizni ham kutib qolamiz!
3.9K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-12-30 11:31:36 Kompyuter Akademiyasi va mening yil yakuni bo'yicha hisobotlarim

2021-yilda kanalimiz faoliyatida nofaollik juda sezilgani rost, bunga sabab/bahona sifatida meni ishga kirganimni keltirib o'tgandim (bir necha bor). Shunga qaramasdan ushbu yilda ham harakatdan to'xtamaganimizni raqamlar orqali ko'rsatib o'tmoqchiman.

2021-yilda umumiy hisobda 37 ta videodars tayyorlangan, 2020-yilda bu ko'rsatkich 120 tani tashkil etgan edi. Demak hozirgi kunga qadar jami 157 ta video e'lon qilibmiz (kichik gif videolar ham shuni ichida).

Kunlik postlar tayyorlashda ham erinchoqligim sababli ko'pchilik postlarni repost (qayta e'lon) qildim. Shunga qaramasdan obunachilar soni o'sishda davom etdi. (ko'z tegmasin)

Tgstat ham o'zining uslubida yil yakuni bo'yicha kanal statistikasini jo'natdi.

Moddiy texnik baza deyiladigan jihat bo'yicha ham yangiliklar bo'lgan edi, alhamdulillah. Yangi noutbuk olgandim va ilk bor petlichka mikrofonida videodars yozib ko'rdim. Nasib qilsa ushbu yangi qurilmalar yordamida 2022-yilda ko'proq videodarslar yaratamiz.

Navbat o'zimga

O'zim haqimda aytadigan bo'lsam, ish, o'qishlarni hisobga olmagan holda internetda bu yil nimalarni "qoyillatgan"larimni ko'rib chiqamiz. Hozirgi kunda umumiy hisobda 9 ta loyiham mavjud bo'lsa, ularning 5 tasini 2021-yilda yaratibman, alhamdulillah.

"Chaqaloq"larim quyidagilar:

• @foydali_apk1 1-yanvar
• @UzIELTSbot 4-iyul
• @bilim_bu_qudrat 20-oktabr
• @ExcelDarsBot 22-oktabr
• @bepul_talim_uz 29-oktabr

Ushbu yil davomida barcha loyihalarimdagi obunachilar soni ham sezilarli darajada oshdi va hozirda barcha loyihalarimdagi umumiy auditoriya 80.4k ni tashkil qilmoqda. Albatta shuncha odamni to'plash uchun ham qanchadir miqdorda xarajat qilganman, lekin ushbu sonlarni aniq bilmayman (rostan). Olingan daromadni ham hisoblamaganman (- da emasligimga ishonaman ).

Qisqacha hisobotim shulardan iborat, sizningcha ushbu yilda kanalim va boshqa loyihalarning yutuq va kamchiliklari nimalardan iborat boʻldi? Sizni qiziqtirgan, lekin yuqorida aytilmagan birorta ma'lumot qolib ketdimi?

2022-yil uchun qilingan rejalar haqida kelasi yil gaplashamiz.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
5.2K viewsedited  08:31
Ochish/sharhlash