Get Mystery Box with random crypto!

Vaqtimiz baribir o’tib ketadi #motivatsiya “Shifokor bo’lishg | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Vaqtimiz baribir o’tib ketadi
#motivatsiya

“Shifokor bo’lishga yetti yil umrim ketadi ona” - qarshilik bildirdim, 15 yoshlik men.

“Yetti yil umring baribir o’tib ketadi. Shifokor bo’lganing qoladi,” dedilar onam.

Hozir o’ylab qarasam - oddiy, lekin chuqur gap ekan.

Vaqtimiz baribir o’tib ketadi.

Uchta bola ishdan keyingi 2 soatni qanday o’tkazishni tanlashadi.

Birinchisi - ishladim, charchadim, o’yin o’ynab serial ko’rib dam olaman deydi.

Ikkinchisi - nima bo’layotganini bilib turishim kerak deydi. Yangilik saytlari, youtube, twitter, ekspert bo’lib ko’ringan blogerlarni kuzatishni tanlaydi.

Uchinchisi - Ingliz tili o’rganishga vaqt ajratadi.

2 yil o’tadi.

Birinchi bola - kibersportchi bo’lmadi. Chempionatlarga chiqmadi. Seriallari ishxonada ikkita odam bilan oson gaplashishdan boshqa foyda keltirmadi.

Ikkinchi bola - siyosat yoki atrof muhitni yaxshiroq tushunib qolmadi. Propaganda bilan boqildi. Aslida nima bo’layotganini baribir tushunmay yuraverdi.

Uchinchi bola - ingliz tilida kitob o’qishni boshladi. Dunyoqarashi kengaydi.

Vaqt kimgadur zararga ishladi. Boshqasiga foydaga.

Vaqt baribir o’tib ketadi. O’rganganingiz qoladi.

Daqiqalaringiz qayerga ketayotganiga e’tiborli bo’ling.

Vaqtga kelganda kichkina qarorlar bo’lmaydi.

Chunki

Vaqt kichik ishlarni katta ishlarga aylantiradi. @azizrakhimov_blog

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube