Get Mystery Box with random crypto!

​Defragmentatsiya nima? U nega kerak? #info / #kompyuter De | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Defragmentatsiya nima? U nega kerak?
#info / #kompyuter

Defragmentatsiya – bir faylning bir nechta fragmentlari (qismlari) ni kompyuterning doimiy (qattiq) xotirasi tez o’qishi uchun bitta katta faylga birlashtirish jarayoni.

Doimiy xotiraga (HDD) ga fayllar yozilish davomida fayllar bir nechta qismlarga bo’linib, alohida joylashishi mumkin. Buning sababi esa diskdagi bo’sh joylar teng taqsimlanmagan. Tizim faylni qattiq diskni bo’sh sektorlariga yozaveradi. Va agar yozish jarayonida huddi shunday fayl kuzatilsa, fayl bo’linadi va bo’sh sektrolar (band sektordan keyingi) ga yozishni davom etadi. Buning natijasida fayl bir qancha qismlarga bo’linadi, bu qismlarni qattiq disk o’qishi uchun vaqt va energiya kerak bo’ladi.

Agar fayl fragmentlari yonma-yon joylashgan bo’lsa muammo yo’q, lekin bu qismlar qattiq diskni turli joylarida joylashgan bo’lsa bu katta vaqt va energiya talab qiladi. Shu sababli ham tizimning ishlash tezligi tushib ketadi.

Diskni defragmentatsiya qilish — bu shunday jarayonki bunda tarqoq fayllar bir-biriga yonma-yon tarzda yozib chiqiladi va bir fayl umumiy bir joyni egallaydi. Buning natijasida qattiq disk kerakli faylni o’qishi uchun minimum vaqt va energiya kerak bo’ladi. Shu sababli kompyuterning ishlash tezligi oshadi.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube