Get Mystery Box with random crypto!

​Arxivlashda nega parol qoʻyish kerak?! #info / #arxiv Int | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Arxivlashda nega parol qoʻyish kerak?!
#info / #arxiv

Internet, telegram kanallardan biror dastur yuklasangiz u arxiv holatida, kamiga arxivga parol ham qo'yilgan bo'ladi. Nimaga hamma fayllarga maxsus parol qo'yish kerak o'zi?

Fayllarni internetga arxiv holatida joylashga bir qancha sabablar bor:
- Dastur yoki biror turdagi fayl bir qancha qismlardan iborat bo'lsa ularni bitta fayl ko'rinishiga arxivlash orqali keltirish mumkin;
- Arxivlash davomida fayl hajmini ham sezilarli kichraytirish mumkin;
- Juda katta fayl bo'lsa uni bir qancha qismlarga bo'lib va ochish payti avtomatik ravishda yaxlit fayl holiga keltirishda arxivlash katta yordam beradi (oddiy misol, telegramga 2gb (premium profilda 4gb) dan katta fayllar shu metod orqali yuklanadi);
- Arxivlash davomida faylga maxsus parol o'rnatish mumkin.

O'sha arxivlarga maxsus parol (aytaylik sayt nomini qo'yish) qo'yishga sabablar esa quyidagilar bo'lishi mumkin:
- Mualliflik huquqini "saqlash". Aytaylik men 2gb lik dasturni kanalimga shunchaki yukladim (hech qanday arxiv va parollarsiz). Keyinchalik boshqa "chaqqon" kanal egalari bemalol o'sha dasturni kanallarida e'lon qilishlari mumkin. Bu joyda meni 2gb trafigim ketgani qoladi. Agar parol qo'ysangiz foydalanuvchi ushbu faylni tarmoqga siz yuklaganingizni biladi. Kompyuter uchun dasturlar yuklab boradigan ko'pchilik saytlar ham shunday qiladi (vsetop, rsload, 1progs va h.k).
- Cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar ishlata olishi uchun ham parol qo'yilgan bo'lishi mumkin. Bunda arxiv yuklash paytingizda arxiv paroli aytiladi ya'ni arxiv parolini bilganlargina undan foydalana olishadi.

Yana boshqa bir masala esa arxiv parolini buzish: Buni deyarli iloji yo'q, agar sizdagi fayl parolli bo'lsa uni olgan joyingizdan yaxshilab qarang. Qayergadir parol yozilgani aniq!

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok