Get Mystery Box with random crypto!

ChatGPT tufayli yo‘qolishi mumkin bo‘lgan 10 ta kasb sanab o‘t | KOMPYUTER AKADEMIYASI

ChatGPT tufayli yo‘qolishi mumkin bo‘lgan 10 ta kasb sanab o‘tildi!
#news / #AI

ChatGPT chatboti bor-yo‘g‘i bir necha oydan beri mavjud, biroq u allaqachon texnologiya hamjamiyatida juda ko‘p shovqin yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ChatGPT va shunga o‘xshash sun’iy intellekt ishlanmalari ba’zi kasblarga tahdid solishi mumkin.

Business Insider portali mutaxassislari neyrotarmoqlarning rivojlanishi tufayli to‘liq yoki qisman yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan 10 ta kasbni sanab o‘tishdi.

Ular quyidagilar:
- texnik vakansiyalar (koderlar, dasturchilar, dasturiy ta’minot muhandislari, ma’lumotlar tahlilchilari);
- ommaviy axborot vositalaridagi ish o‘rinlari (bosh direktor, muharrirlar, jurnalistlar);
- yuridik sohadagi ish o‘rinlari (parayurist, yurist yordamchisi);
- marketologlar;
- o‘qituvchilar;
- moliyaviy ish o‘rinlari (moliyaviy tahlilchilar, shaxsiy moliyaviy maslahatchilar);
- treyderlar,
- grafik dizaynerlar;
- buxgalterlar,
- qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimlari.

To'liq maqolani ushbu havolada o'qishingiz mumkin.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok