Get Mystery Box with random crypto!

Kompyuterni o'rganish

Telegram kanalining logotibi komputerni_organish — Kompyuterni o'rganish K
Telegram kanalining logotibi komputerni_organish — Kompyuterni o'rganish
Kanal manzili: @komputerni_organish
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.25K
Kanalning ta’rifi

👀 10.01.2018 👀
✔️Bu kanalda 🖥kompyuterni💻 o'rganishingiz mumkin!💯
==================
Creator : @F_Mirzamalikov
Admin :
Ikkinchi kanalimiz :t.me/Apple_uzb1
💻Kompyuter bo`yicha savol yoki murojat :
✔️ @F_Mirzamalikov

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2021-02-07 11:17:44Windows tizimida, hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish

Odatda, Windows tizimining quyi o'ng tomonida soat va sana ko'rinib turadi, misol uchun:
10:34
27.08.2020
Biz shu ma'lumotga, hafta kunlarini ham qo'shishni ko'rib chiqamiz, ba'zan shu ma'lumot ham kerak bo'lib qoladi. Windows tizimini qaysi tilni o'rnatganingizga qarab, hafta kunlari shu tilda chiqadi.
Hafta kunlarini 2 xil ko'rinishda chiqarish mumkin: qisqartirilgan(Чт) va to'liq(четверг).

Ko'pchilik tizimni rus tilidagisini qo'yganligi sababli, hafta kunlarini o'zbekcha tarjimasini eslatib o'taman:
Dushanba - Понедельник (Пн)
Seshanba - Вторник (Вт)
Chorshanba - Среда (Ср)
Payshanba - Четверг (Чт)
Juma - Пятница (Пт)
Shanba - Суббота (Сб)
Yakshanba - Воскресенье (Вс)

Soat oldidagi ma'lumotlarga, hafta kunlarini chiqarish:
1. Win + R → control va Enter yoki Пуск → Панель управления
2. Hosil bo'lgan menyudan, "Региональные стандарты" tanlanadi.
3. Paydo bo'lgan oynaning, quyi qismidagi "Дополнительные параметры" tugmasi bosiladi.
4. Yuqoridan, "Дата" vkladkasiga o'tiladi.
5. "Форматы дата" bo'limidagi, "Краткая дата:" degan joyiga quyidagicha yozamiz:
Qisqa format uchun: ddd, dd.MM.yyyy
To'liq format uchun: dddd, dd.MM.yyyy
6
. "Применить" va OK.

Shundan so'ng, vaqt va sana haqidagi ma'lumotga, hafta kunlari ham qo'shiladi.

Windows 10 tizimida tekshirildi.
813 viewsMaster coders, 08:17
Ochish/sharhlash
2021-02-05 19:06:36 You tube kanalimzda yangi video chiqdi hamma kòrishi zarur word bilan yaqin tanish bòlgan foydalanuvchilar uchun yanada kóproq wordni sirlarini bilishadi.








901 viewsMaster coders, edited  16:06
Ochish/sharhlash
2021-02-05 12:32:14 Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin, nimalarni saqlab qolish lozim

Odatda, operatsion tizim C diskka o'rnatiladi, bu degani C diskdagi kerakli fayllarni saqlab qo'yish muhim, lekin shu kerakli fayllar qayerda saqlanishni ko'pchilik bilmaydi. Bundan tashqari, ba'zi sozlashlarni ham yozib olish kerak.
Demak, Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin quyidagilarni saqlab qoling:

1. Ish stoli(" Рабочий стол")
. Ko'pchilik ish stolida kerakli fayllarni saqlashni yaxshi ko'rishadi, vaholanki tizim qayta o'rnatilganda, bu fayllar o'chib ketadi. Shu sababli ish stolidagi barcha fayllarni boshqa diskka(misol uchun D disk) ko'chirib oling. Ish stolidagi fayllar quyidagi manzilda saqlanadi:
C:\Users\foydalanuvchi_nomi\Desktop

2.
Download("Загрузки"). Bu yerda asosan, internetdan ko'chirib olgan fayllaringiz saqlanadi, bu fayllar ham sizga kerak(kerak bo'lmaganda, internetdan traffik ketkazib ko'chirib olmagan bo'lardingiz), ularni ham boshqa disk yoki tashqi saqlash qurilmasiga saqlab oling, tizim o'rnatilganda, bular ham o'chib ketadi. Manzili:
C:\Users\user\Downloads

3
. "Корзина". Ba'zilarni bilaman, vaqtinchalik kerak emas fayllar, ko'z oldimda turmasin deb, "корзина"ga vaqtinchalik tashlab qo'yishadi, shu fayllar ham qolib ketmasin.

4. AppData. Bu joyda siz o'rnatgan dasturlar, o'yinlar sozlashlari saqlanadi. Agar tizimni qayta o'rnatganingizdan so'ng, oldin o'rnatgan dasturlarni o'rnatsangiz, sozlashlarni shu katalogdan oladi, demak, sozlashlar uchun vaqt ketkazmalik uchun, bu katalogni ham biror joyda saqlang. Bir narsaga ahamiyat bering, AppData katalogi berkitilgan bo'ladi. Uning adresi:
C:\Users\user\AppData

Kerakli fayllarni saqlab oldik, endi kerakli sozlashlarni saqlaymiz.

1. Agar kompyuteringiz simli internet yoki tarmoqqa ulangan bo'lsa, kompyuter ishlatayotgan IP, MAC, Shlyuz adreslarni biror joyga yozib qo'ying.
2. Agar siz torrent saytlar bilan ishlasangiz, torrent fayllarni ham saqlab qoling.
3. Brauzerdagi vkladkalarni saqlang. Kerakli saytlarni esda saqlamaslik uchun, brauzerga vkladka qilib saqlab qo'yiladi. Operatsion tizim qayta o'rnatilganda, brauzer ham o'chadi va vkladkalar ham o'chib ketadi. Har bir brauzerda vkladkalarni export qiladigan menyusi bor, shundan foydalaning.
4. O'rnatilgan kompyuter drayverlarini saqlab qoling. Operatsion tizim qayta o'rnatilgandan keyin, drayverlarni qayta qidirib yurmaslik uchun ularni saqlab qoling. Qanday saqlash haqida keyingi postlarda yozib o'taman.
5. Barcha o'rnatilgan dasturlarni nomini biror joyga yozib qo'ying, tizim o'rnatilganda barcha dasturlar o'chib ketadi, keyin ro'yhat bo'yicha dasturlarni o'rnatib chiqasiz.

Yuqoridagilar asosiy saqlash lozim bo'lgan narsalar, qo'shimchasiga kompyuter ishlatilishiga qarab, internetga ulanish uchun parol, Wi-Fi parol, reestr ma'lumotlari va boshqalarni ham saqlab qo'yish mumkin

@komputerni_organish
925 viewsMaster coders, 09:32
Ochish/sharhlash
2021-02-04 16:07:17Kompyuterdagi resurslarni(CPU, RAM, HDD, Network) doimiy nazorat qilish
#ancha_foydali

Kompyuterning asosiy resurslari bu - tezkor xotira(RAM), protsessor(CPU), vinchester(HDD), tarmoqqa ulangan bolsa, tarmoq o'tkazish oralig'i. Ushbu resurslarni doimiy nazorat qilib borish, ish faoliyatingizni bir tekisda kechishini ta'minlaydi.

Nazorat qilish deganda - har bir resursning qancha qismi ishlamoqda, qanchasini ishlatish mumkin, qaysi dasturlar resurslarni qancha qismini band qilmoqda, disklarga tushayotgan yuklamalar, tarmoq orqali qancha traffik sarf bo'lmoqda va hokazolar tushuniladi.

Resurslarni nazorat qilish uchun, Windows tizimida "Монитор ресурсов" degan juda yaxshi utilita mavjud, ushbu utilita ishlashini yaxshilab tushunib olsangiz, kompyuterni his qilishni boshlaysiz.
Demak, ushbu utilitani ishga tushiramiz:
1. Win+R→cmd va Enter.
2. Hosil bo'lgan "Выполнить" oynasiga "resmon" deb yozamiz va Enter.

Shundan so'ng, sizga yuqorida sanalgan resurslarni online monitoring qilish oynasi ochiladi. Bu oyna orqali har bir resurs ishlashi haqida to'liq axborot olishingiz mumkin.

Ushbu utilita Windows 10 tizimida ishlatib, tekshirib ko'rildi. Kompyuter sekin ishlashida, virus dasturlarni aniqlashda ushbu utilita ancha foydali bo'ladi, dastlab, ishlash mexanizmini yaxshilab tushunib oling.
924 viewsMaster coders, 13:07
Ochish/sharhlash
2021-02-02 18:02:07 Agar zerikanlar bòlsa @murojat13bot botimizga yozsin iltimos faqat sózida turadigan bollar yozsin zerikmaslikka oid bir narsa tashab beraman. (Bu +18 emas)
1.0K viewsMaster coders, 15:02
Ochish/sharhlash
2021-02-02 16:13:23
Maymun video-o'yin o'ynamoqda. Ha, bu haqiqat!

Ilon Maskka tegishli Neuralink kompaniyasi maymunning miyasida tajriba o'tkazdi. Tajribaga ko'ra, ular maymunning miyasiga tanga kattaligidagi chipni joylashtirdi va bu chip orqali maymun video-o'yinlarni ongi yordamida o'ynay boshladi.

Ilon Maskning aytishiga qaraganda, bu chip imkoniyati cheklanganlar uchun ishlab chiqarilgani, keyinchalik ushbu chipni rivojlantirib, ko'ngillilarda sinab ko'rilishi aytilgan. Maymun o'yin o'ynashining videosi esa 1 oydan keyin taqdim qilinishini ta'kidlab o'tdi, Ilon Mask.

komputerni_organish — #neuralink
1.0K viewsMaster coders, 13:13
Ochish/sharhlash
2021-02-01 11:55:49 klaviturada tez yozishni ikkinchi videosi chiqdi kanalga kirib albatda obuna bo`lib videoni ko`rishlariz mumkin.

https://www.youtube.com/channel/UCnwzfcx0cUAv7KN6bBnFPOA
https://www.youtube.com/channel/UCnwzfcx0cUAv7KN6bBnFPOA
1.1K viewsMaster coders, 08:55
Ochish/sharhlash