Get Mystery Box with random crypto!

​Kompyuterdagi resurslarni(CPU, RAM, HDD, Network) doimiy nazo | Kompyuterni o'rganish

Kompyuterdagi resurslarni(CPU, RAM, HDD, Network) doimiy nazorat qilish
#ancha_foydali

Kompyuterning asosiy resurslari bu - tezkor xotira(RAM), protsessor(CPU), vinchester(HDD), tarmoqqa ulangan bolsa, tarmoq o'tkazish oralig'i. Ushbu resurslarni doimiy nazorat qilib borish, ish faoliyatingizni bir tekisda kechishini ta'minlaydi.

Nazorat qilish deganda - har bir resursning qancha qismi ishlamoqda, qanchasini ishlatish mumkin, qaysi dasturlar resurslarni qancha qismini band qilmoqda, disklarga tushayotgan yuklamalar, tarmoq orqali qancha traffik sarf bo'lmoqda va hokazolar tushuniladi.

Resurslarni nazorat qilish uchun, Windows tizimida "Монитор ресурсов" degan juda yaxshi utilita mavjud, ushbu utilita ishlashini yaxshilab tushunib olsangiz, kompyuterni his qilishni boshlaysiz.
Demak, ushbu utilitani ishga tushiramiz:
1. Win+R→cmd va Enter.
2. Hosil bo'lgan "Выполнить" oynasiga "resmon" deb yozamiz va Enter.

Shundan so'ng, sizga yuqorida sanalgan resurslarni online monitoring qilish oynasi ochiladi. Bu oyna orqali har bir resurs ishlashi haqida to'liq axborot olishingiz mumkin.

Ushbu utilita Windows 10 tizimida ishlatib, tekshirib ko'rildi. Kompyuter sekin ishlashida, virus dasturlarni aniqlashda ushbu utilita ancha foydali bo'ladi, dastlab, ishlash mexanizmini yaxshilab tushunib oling.