Get Mystery Box with random crypto!

kommentolog

Telegram kanalining logotibi kommentolog — kommentolog K
Telegram kanalining logotibi kommentolog — kommentolog
Kanal manzili: @kommentolog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 148
Kanalning ta’rifi

Axir kattalarga hamma narsani tushuntirib berish kerak-da...

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-25 14:31:58 ​Motivatsiya

Motivatsiya bu – hayot poygasida bizning gʻalabamizni aniqlashtiruvchi ortdan berilgan turtki. U qanchalik kuchli boʻlsa, manzilga yetish imkoniyati shuncha koʻpayadi, lekin meʼyordan oshganda zararingizga ishlab, mayib boʻlib qolishingiz ham mumkin. Salomatlikka putur yetganda koʻzingizga hech narsa koʻrinmasligi esa tabiiy hol, hatto dorning ostida ham.
Darsda savol boʻldi:
— Sizning motivatsiyangiz nima?
Hech oʻylab koʻrmagan ekanman. Oʻzi shunaqa boʻlarkan, baʼzi tuygʻularni, fikrlarni, qisqasi, ichingdagi kimningdir seni bezor qilgan ovozlarini nimadir boʻlib nomlay olmas ekansan. Bu xuddi qayeringdir ogʻriyapti va oʻsha ogʻriq joyni topa olmayapganingga oʻxshaydi.
Axiyri, ulardan baʼzilari bir nom ostida birlashdi.
Oxirgi nafasni olguncha ulgurib qolish. Biz qachon oʻlishimizni bilmaymiz. Balki bugun, yoki ertaga. U kunga qay holatda yetamiz? Nomaʼlum. Vaqtimiz juda qisqa. Qilinishi kerak boʻlgan ishlar, oʻqilishi kerak boʻlgan kitoblar, zabt etish kerak boʻlgan marralar, aytilishi kerak boʻlgan soʻzlar esa...
Bu degani hech narsaga qaramasdan, faqat maqsad tomon yugurish kerak, degani emas, agar shunday boʻlsa bu mayib qiladigan turtki hisoblanib qoladi. Unutmang, tez yonadigan bir zumda kulga aylanadi. Muhimi bardavomlik.
Maqsadga qarab odimlash. Oʻzingiz qiziqqan, yetish qiyin boʻlgan maqsad qoʻyib, u tomon yurish kerak. Bir kitobda Eljernon ismli sichqon boʻladi. Uni labirintga solib sinovlar oʻtkazishadi. U nima qilib boʻlsa ham labirintdan chiqishi kerak, chunki finishda uni pishloq kutib turibdi. Huddi shunga oʻxshash yetib borishga undaydigan maqsad kerak.
Lekin maqsadni kichikroq qoʻyib qoʻysangiz, erishgandan keyin nima qilishni bilmay qolishingiz mumkin, oʻqishga kirishga oʻxshab(oʻqishga kirishni maqsadga chiqishdagi bir pillapoyadek koʻrishingiz yaxshiroq), yoki erishib boʻlmaydigan maqsad ga intilsangiz, sinib qolishingiz mumkin.
Nimani(kimni/qayerni) bosh maqsad qilish kerakligini tushundingiz-a? Bu yerdagi biz istaganlarimizning aksari tasavvurlarimizdagi kabi emas, bu sizni choʻktirmasin. Axir, maqsadingiz bular emas-ku!
Yaqinlarning ishonchi. Yoningizdagilar sizga ishonch bildirdimi, oʻsha ishonchni oqlash uchun ham harakat qilish kerak.
Bundan tashqari, shunday holatlar boʻladiki, hammasidan voz kechishni istab qolasiz. Oʻsha vaqtda yaqinlaringiz bilan suhbat qursangiz, bu tinchlanishingizga ancha yordam beradi.

Bundan tashqari hammaning ichida oʻz motivatsiyasi boʻladi, faqat hali uning motivatsiya ekanligini bilmaymiz. Muhimi, harakatda moʻtadil, bardavom boʻlaverish kerak.

P/s: Bu post bilan faqatgina oʻzimga aql oʻrgatmoqchiman. "Oʻzingcha nimalardir yozding, endi shunga amal qil, yozganingday boʻl!",– deb, oʻzimga motivatsiya berib turaman endi.

@kommentolog
126 viewsedited  11:31
Ochish/sharhlash
2023-02-23 09:41:15
Yozish men uchun koʻngil ishi ekanini tushunaman. Buni hozircha oxirgi xulosam, deb aytolmayman. Koʻpchilik yozuvchilar shuhratparast, xudbin va dangasa boʻladilar. Sabablarining intihosida esa sir yotadi. Kitob yozish - uzoq davom etuvchi tuzalmas dard, holdan toydiruvchi kurash demakdir...

Jorj Oruell

@kommentolog
117 viewsedited  06:41
Ochish/sharhlash
2023-02-17 07:02:00 ​Haligi szga br odam xaqda aytip bersam

Charli Gordon. Salohiyati boshqalarnikidan biroz oqsaydi va buni oʻzi ham biladi.Yoshi oʻttiz ikkida, aqliy rivojlanishdan ortda qolganlar uchun ochilgan markazda tahsil oladi.
Hozircha doʻstlari koʻp. Hamma unga kulib qaraydi, chunki uni yaxshi koʻrishadi. Shundaymikan? Ular Charliga turli hazillar qilishadi. Toʻgʻri, baʼzida hazil bilan masxaraning orasidagi oynaga darz ketadi. Charli ulardan hafa boʻlmaydi. Doʻstlari-ku, uni yaxshi koʻrishadida!

Charli bir necha sabab tufayli boshqalardek aqlli boʻlishni xohlaydi(sabablarini kitobdan bilib olasiz). Kunlardan bir kun niyati amalga oshdi. Qanday qilib, deysizmi? Quyon panjasi tufayli emas, albatta! Miya faoliyati ustida izlanish olib borayotgan olimlar hayvonlar bilan boʻlgan koʻplab tajribalardan keyin navbatni Charliga berishdi. Keyin...
Endi nima boʻlar ekan? U "sogʻ"larning ichida oʻzini koʻrganidan keyin avvalgidek ularni seva oladimi, doʻstim deb atay oladimi?
Avval gullarning iforidan mast boʻlgan odam tikanni uchratdi. Endi u uchun barcha xushboʻylar qadrsiz. U hamma joyni tikanzor deb biladi.

"Eljernonga atalgan gullar" — Chiroyli asar. Rang-barang hissiyotlarga boy asar. Shunday personajlar borki, ularga biror boʻyoq berish qiyin. Oʻqishga arziydi. Ayniqsa Roza menda boshqacha taassurot qoldirdi. Uni ifoda etolmayman.

Kitob Charlining yozgan hisobotlari jamlanmasidan iborat. Aqli zaifligi sababidan yozganda koʻp xato qiladi. Qizigʻ-a?! Men-chi? Siz? Toʻgʻrisi, shu sabab tufayli Charlidan ancha uyaldim. U toʻgʻri yozishga harakat qiladi, lekin qoʻlidan kelmaydi. Men...
Aqli rivojlangan sari xatolari kamayib boradi. Bu qiziq jarayon. Boshida sodda soʻzlardan tuzilgan gaplar keyinchalik murakkablashib ketishi ham oʻzgacha zavq berdi. Shunaqa gaplar. Oʻqib koʻring. Kommentolog oʻziga yoqmaganini boshqalarga tafsiya qilmaydi). Faqat, juda koʻp narsani kutib yubormang.

P/s: Tepadagi xatoliklarga Charli aybdor)

@kommentolog
127 views04:02
Ochish/sharhlash
2023-02-13 05:32:00 ​Fyodor amakini taniydignlar bormi?

Bu bolakayning meni hayotimda oʻrni katta, chunki u kitob oʻqishga qiziqishim ortishiga sababchi boʻlgan. Balki "Fyodor amaki, kuchuk va mushuk"dan oldin ham boshqa asar oʻqigandirman, lekin eng taassurotlarga boy boʻlgani shu boʻlgan. Qaysidir maʼnoda ilmiy fantastik asar. Har holda tasavvurimda shunday saqlanib qolgan. Bunga sabab bir olimning tajribalari ortidan gapirishni oʻrgangan kuchuk va mushuk, ovqat yeydigan traktor, sunʼiy quyosh va boshqa narsalar boʻlishi mumkin. Bu ilm boʻlmasdan nima, axir?!

Bilasizmi, baʼzida bolalik davringizga oid qandaydir narsani koʻrib qolsangiz, koʻzingiz oldidan turli kadrlar, ichingizda turli rang-barang tuygʻular toʻlqin koʻtaradi. Shunday boʻlishi ham kerak, menimcha. Oʻta begʻubor, hammani yaxshi deb oʻylaydigan, birdan-bir dardi tizzasidagi yara boʻlgan, tilidan ozgina yolgʻon chiqsa koʻzlari uyaladigan, muzqaymoq yegan kuni eng baxtli boʻlgan, mushuklarga pechkani ustida oʻtirish yoqadi deb oʻylab, mushugining oyogʻini kuydirib qoʻygan onlarni eslash boshqachada.

Men Fyodor amaki bilan onamning bolaligidan saqlanib qolgan kitobda tanishgan edim (qarang, bir kitob qancha odamga bolaligini qaytarib berishi mumkin). Uspenskiy qalamidan tomgan ushbu asar bolalarning tasavvur olamini juda chiroyli ochib bergan. Balki, kitob koʻzimga tushib qolsa qayta oʻqib chiqarman. Yana bilmadim. Baʼzi narsalar xotiraligicha qolgani yaxshi. Fikrim oʻzgarib qolishidan yoki xotiralarim yoʻqolib qolishidan qoʻrqaman. Fikrim baribir oʻzgarmasa kerak. Chunki osmonga qarab qargʻani emas, kamalakni qidiradigan davrim bunga yoʻl qoʻymaydi.

Aytgancha, bu rasmni sunʼiy intelekt yasabdi. Disney studiyasi uslubida ekan. Koʻrib baʼzi narsalar esimga tushib kettida.

Sizning ilk kashfiyotingiz qaysi asar boʻlgan?

@kommentolog
132 views02:32
Ochish/sharhlash
2023-02-10 19:16:36 Moʻjiza, gar bilsangiz
Koʻpikdek toshib dengiz
Guvillar, mungli ingrar.
Shovqin solib har tomon
Dolgʻa solur beomon
Paydo boʻlur shu zamon
Tanlari oʻtday yorqin
Oʻttiz uchta pahlavon
114 views16:16
Ochish/sharhlash
2023-02-06 20:48:18
Ularga musibat kelganida: "Bizlar albatta Allohnikimiz va albatta Unga qaytamiz" deyishadi.

Baqara surasi, 156
118 views17:48
Ochish/sharhlash
2023-02-03 18:48:03 Shirin dunyoning shirin tillari
aqlsiz aqlimning aqlini oldi,
va... kula, kula lahadga kuzatib qoldi.

Tohir Malik (Nafs kishanlari)

@commentolog
139 views15:48
Ochish/sharhlash
2023-02-01 13:52:51 #sarhisob

Yanvar oyi tugatilgan kitoblar:

1. Kafansiz koʻmilganlar (Shukrullo)
2. Iymon (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
3. Sof tabiat dini ( Taroziy)
4. Halol luqma (Rauf Jilasun)
5. Iztirob (Guntekin)
6. Shaytanat 1, 2, 3 (Tohir Malik)
7. Ot kishnagan oqshom (Togʻay Murod)
8. Hajviy hikoyalar (Oʻtkir Hoshimov)
9. Shaytonvachchaning nayranglari 1, 2 ( Erkin Malik)
10. Yosh vrach kundaligi ( M. Bulgakov)

Sizda nima gaplar?

@commentolog
142 viewsedited  10:52
Ochish/sharhlash