Get Mystery Box with random crypto!

​Biz yoʻqotilgan avlodmiz! Hozir bir avlodni yoʻqotish uchun | kommentolog

​Biz yoʻqotilgan avlodmiz!

Hozir bir avlodni yoʻqotish uchun hech qanday urushning keragi yoʻq, hamma oʻzini oʻzi barbod qilyapti. Aybdor ham yoʻq, qizigʻi. Ayb texnologiyalar juda tez rivojlanganligi va biz undan ortda qolib ketganligimizda.
Yoshlar telefonni bemalol ishlata oladi, chunki ularning qarovchisi aksariyat hollarda yanglikni qabul qila olmaganlardan boʻlib chiqadi. Tushunmaganidan keyin nima ham deya olardi? Bunday imkoniyatlardan biznikilar "samarali" foydalnishda davom etmoqda. "Instagram", "YouTube", "TikTok" va boshqa shunga oʻxshagan tarmoqlarni axlat bilan toʻldirib, saviyamizga ulkan hissa qoʻshishmoqda. Bunday "foydali" ish qilmaydiganlar esa umrini axlat titkilab oʻtkazib yubormoqda.
Bu juda ayanchli holat. Qachonki, ota-onalar ham turli gadjetlardan farzandlaridek foydalana olishni boshlashsa va yangiliklarga eshikni yopmasa, bu holatlar kamayadi(shunga umid qilaman).

Domiy kuzatuv va tergab turish – bizga juda kerak narsalar, agar biz uchun qaygʻuruvchi insonlar tomonidan boʻlsa. Hech narsani tushunmagan paytimizda kimdir bizga anavi chelakdagi narsani foydali meva, deganini qanchalik rost qabul qilgan boʻlsak, hozir ham shundaymiz. Uning axlat ekanligini tushuntirish uchun esa, albatta, bizni doimo oʻylaydigan ota-onamiz kerak boʻladi.

Qachongacha olmani qizarishiga ishonasiz, hayronman. Baxtli boʻlishingizga sabab deb turli illatlarga toʻla postlarni hammaga tarqatish ekanligini oʻylashingizga, qoʻyaverasiz.
Siz Begzod akani, Tursunxonni mashxur qilish uchun yashayotganingiz hech xayolingizga kelmaydi. Nega "uzbek sila", oʻzbek tilini bilmaysizmi? Ha, siz birinchisiz! "W", "4", "6"... bularni adashib bosasiz-a?

Hozir shunday davrki, biz oʻzimizni toʻgʻirlab olmasak, boshqa hech kim bizga yordam bera olmaydi. Bizdan yuqorida bu davrdan oʻtgan, bizga maslahat bera oladigan, bizni toʻgʻri yoʻlga soladigan insonlar juda kam.
Borlarini ham deyarli eshitmaymiz.
Qisqasi, hamma gap oʻzimizda. Siz oʻzingizni hech boʻlmasa farzandini toʻgʻri yoʻlga sola oladigan darajadagi ota(ona) qilib tarbiyalang. Nimadir kerak boʻlsa Google, YouTube doim xizmatingizda. Ulardan tortinmay soʻrayvering, hech kim urshmaydi. Bu tarmoqlarning algoritmi shundayki, nimani koʻp qidirgan boʻlsangiz, shuni sizga tavsiya qiladi. Ilmga qiziqing!

Kelishdikmi? Texnologiyalar bilan birga rivojlanamiz. Farzandlarimiz qarovsiz qolmasligi uchun!

P/s: Bu hammaga taalluqli emas, albatta.
P/s²: Qaysi yilda tugʻilganlar bu avlodga kirishini aniq bila olmadim. Agar oʻqib atrofingizdagilarni eslasangiz, siz ham oʻsha avlodning bir boʻlagisiz. Sogʻ boʻlasiz)

@kommentolog