Get Mystery Box with random crypto!

Haqqoniy oʻtgan soʻrovnoma natijalariga koʻra marafon oʻtkazil | kommentolog

Haqqoniy oʻtgan soʻrovnoma natijalariga koʻra marafon oʻtkaziladigan boʻldi. ))
Oʻqishni hikoyalardan boshlaymiz.

Agar siz oʻqishni boshlay olmayotgan boʻlsangiz bu marafon bilan maqsadingizga erishishingiz mumkin. Bitta hikoyani oʻqishga uzogʻi 15 daqiqangiz ketadi. Bir haftada 10080 daqiqa bor ekan. Buning ichida 15 daqiqa nima boʻlibdi. Toʻgʻri, boshida qiyin boʻlishi mumkin, lekin keyinchalik kitobsiz yashay olmay qolasiz. Muhimi –boshlab olish.

Agar sizda bunday muammo boʻlmasa, kitobxonlar bilan suhbatlashish orqali oʻqish mahoratingizni oshirish, eʼtibor qaratmagan joylaringizni bilib olish, fikrni erkin bayon eta olish, boshqalarni kitobga qiziqishini oshirish va boshqa turli natijalarga erishishingiz mumkin.

Yana bir narsa: kitobga qiziqtirolmayotgan doʻstlaringizni ham taklif eting. Biroz majburlang, avrang, bir qiziqtirob oling. Sizdan oʻtib ketsin. Jaa oʻxshamasa, unga shu postni yuborib qoʻyarsiz)

Zoʻr hikoya topib qoʻydim. Nasib etsa manfaatli boʻladi.

Ilm yoʻlida, yaxshilik yoʻlida birlashamiz!

@kommentolog