Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar bilan ishlash departamenti

Telegram kanalining logotibi kokanduni — Yoshlar bilan ishlash departamenti Y
Telegram kanalining logotibi kokanduni — Yoshlar bilan ishlash departamenti
Kanal manzili: @kokanduni
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 817
Kanalning ta’rifi

Har bir insonda o‘zi istagan narsani amalga oshirish uchun qo‘llar, oyoqlar, bosh va bir haftada 168 soat vaqt mavjud.
Robert Kiyosaki

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-02-13 17:12:48
Malaka oshirishda "Hayot davomida o‘qish" tamoyili - ustuvor

Qo‘qon universitetining Innovatsion ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i Muborak Ganiyeva 2020 yil 10 noyabrdan 2021 yil 12 fevralga qadar Belgiyaning zamonaviy ta’lim va fan instituti dasturlarida faol ishtirok etib,
“Oliy ta’lim tizimi o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini modernizatsiya qilish” yo‘nalishida 72 soatlik malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi.

Malaka oshirish jarayonida xalqaro miqyosdagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish muammolari hamda ushbu muammolarning yechimini topishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar asosidagi tajribalar o‘rganildi. Endilikda bu tajriba va ko‘nikmalar universitet ta'lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Muborak Ganiyeva Belgiyaning zamonaviy ta’lim va fan instituti (Modern Education & Research Institute)ga a’zolikka qabul qilindi.
1.3K views14:12
Ochish/sharhlash
2021-02-13 15:18:09
Ушбу конференция 23 февралга қадар давом этади.
861 views06:34
Ochish/sharhlash
2021-02-12 18:24:02
Ушбу конференцияда университетимиз талабалари Шавкатов Шухратбек, Тўлқинова Мадинабону, Абдураззоқова Марғубахон, Умарова Муштарийхонлар университетимиз ёшлар иттифоқи етакчиси Убайдуллаев Саиджон ҳамроҳлигида фаол тарзда иштирок этишмоқда.
887 views06:30
Ochish/sharhlash
2021-02-12 17:42:09 XALQARO BESHLAR ITTIFOQI ANJUMANINING III SESSIYASI

21-22-23 – fevral, 2020
Toshkent shahri
160000 UZS/180000 UZS (kechiktirilgan)

Xalqaro Beshlar Ittifoqi Anjumanining III Sessiyasi 4ta xalqaro tashkilot va Qounchilik Palatasining talabalar tomonidan model tarzida bahs munozaralar orqali simulyatsiya qiladigan xalqaro e'tirof etilgan anjuman hisoblanadi.

Anjumanning vazifasi:

Anjumanning asosiy vazifasi xalqaro tashkilotlar hamda O’zbekiston Respublikasi Parlamentini simulyatsiya qilishdan iboratdir. “Beshlar ittifoqi” da qatnashish orqali ishtirokchilar xalqaro tashkilotlarning ichki tuzilishi hamda ish jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqadilar va ayrim mamlakatlarning vakili yoki prezidentlari sifatida qatnashadilar.

Anjuman bahs-munozaralari davomida qatnashuvchilar omma oldida nutq so’zlash, global muammolarga tanqidiy yondashuv hamda ularga umumiy yechimlar berish mahoratlarini o’stirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Anjuman qaysi tashkilotlarni qamrab oladi?

1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (Ingliz tilida)
a) Bosh Assemblya
b) BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi
2. Yevropa Ittifoqi (Ingliz tilida)
3. Jahon Banki ( Ingliz tilida)
4. Shanxay hamkorlik tashkiloti (Rus tilida)
5. O’zbekiston Respublikasi Parlamenti (O’zbek tilida)

Qatnashchilar soni:

Jami delegatlar: 550 ta
O’zbekiston hududidan : 500 ta delegat
Xalqaro delegatlar: 50 ta

O’qish joyiga ruxsatnomalar har bir ishtirokchiga taqdim etiladi.

Har bir xalqaro delegat uchun taklifnomalar tarqatiladi.
915 views05:48
Ochish/sharhlash
2021-02-12 14:21:25 Психологларнинг фикрича, ойнинг 21-санасида туғилганлар фақат биттагина иш билан шуғулланишни ёмон кўради. У бир вақтнинг ўзида ҳамма нарсага қўл уради ва унинг уддасидан чиқади. Бундай инсон ҳар хил нарсаларга қизиқади. Агар бирор нарсага эриша олмаса қаттиқ асабийлашади ва тез аччиқланади. Бундай инсон катта тадбирларни хуш кўради ва барча жамоат ишларида қатнашади.
742 views05:38
Ochish/sharhlash
2021-02-12 13:18:50
Иқтисодиёт йўналиши талабаси Содиқов Достонбек, мехмонхона ва туризмни бошқариш йўналиши талабаси Хайруллаева Моҳинурхонларни бугунги таваллуд айёмлари билан муборакбод этамиз. Ўқишлари ва келгуси ишларида улкан муваффақиятлар тилаймиз!
720 views05:36
Ochish/sharhlash
2021-02-12 10:20:12 Yoshlar bilan ishlash departamenti pinned a photo
05:51
Ochish/sharhlash
2021-02-11 16:00:57 Психологларнинг фикрича, ойнинг 20-санасида туғилган инсон хушмуомала бўлади ва деярли ҳеч қачон ноқулай вазиятга тушмайди. Ажойиб дипломат бўлиб, бу инсон ашаддий душманларни ҳам осонликча яраштира олади.
874 views05:51
Ochish/sharhlash
2021-02-11 10:44:07
Мактабгача таълим йўналиши талабаси Ортиқова Нигорахонни бугунги таваллуд айёмлари билан муборакбод этамиз. Ўқишларида улкан муваффақиятлар тилаймиз!
771 views05:49
Ochish/sharhlash
2021-02-10 14:33:36 Yoshlar bilan ishlash departamenti pinned a photo
05:15
Ochish/sharhlash