Get Mystery Box with random crypto!

#live Qo‘qon universiteti va Indoneziyaning Gunadarma univ | Yoshlar bilan ishlash departamenti

#live

Qo‘qon universiteti va Indoneziyaning Gunadarma universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Ayni paytda Indoneziyaning Gunadarma va Indoneziya universitetlari professorlari xalqaro loyiha ijrosi doirasida Qo‘qon universitetida bo‘lib turibdilar. Universitetimiz faoliyati va qisqa vaqt ichida erishgan yutuqlari bu xorijlik hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Qo‘qon universiteti rahbariyati va xorijiy delegatsiya a'zolari o‘rtasida o‘zaro muzokara o‘tkazilyapti. Hamkorlik memorandumi imzolanib, kelgusida Gunadarma universiteti bazasida talabalar amaliyotini tashkil etish, tajriba almashish, istiqbolli start-up loyihalarini tatbiq etish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashish, qo‘shma dasturlar asosida faoliyat yuritishga kelishildi.

Muzokara davom etmoqda.

@kokanduniversity