Get Mystery Box with random crypto!

KLINIK FIKRLASH

Telegram kanalining logotibi klinik_fikrlash — KLINIK FIKRLASH K
Telegram kanalining logotibi klinik_fikrlash — KLINIK FIKRLASH
Kanal manzili: @klinik_fikrlash
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.86K
Kanalning ta’rifi

“Klinik fikrlay olmaydigan tibbiyot oliygohi talabasi, hech qachon yaxshi vrach bo‘la olmaydi”.
👨‍⚕Doctor Muxtorov
Reklama uchun 👉 @Tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-10 17:47:36 Epidemik parotit

Paramiksovirus natijasida kelib chiqadigan, kasal odamdan sog'lom odamga yuqadigan o'tkir yuqumli kasallik.

Intoksikatsiya natijasida quloqoldi va boshqa so'lak bezlari, asab tizimi zararlanadi. Asosiy patologiya jinsiy bezlarda kuzatilib, kasallik asorati sifatida erkaklarda bepushtlik rivojlanadi.

Davolash asosan kasallik belgilaridan kelib chiqib, simptomatik davo qo'llaniladi.

Batafsil

KLINIK FIKRLASH KANALI
731 viewsISLOM ISMOILOV, 14:47
Ochish/sharhlash
2022-08-10 17:06:56
Platsenta (yo'ldosh) - homilani ona tanasi bilan bog'lab turuvchi organ.
Platsenta bachadon orqa deyoridagi shilliq qavatda hosil bo'ladi.

Platsentaning ikkita yuzasi mavjud:
1. Bachadon devoriga qaragan ona yuzasi (bazal plastinka).
2. Amnion bo'shlig'iga qaragan homila yuzasi.

Platsentaning vazifalari:
- homilani kislorod va ozuqa bilan ta'minlash.
- homiladagi metabolik mahsulotlarni ona qoniga o'tkazish.
- passiv immunitetni ta'minlash.
- homilani ona immunitetidan himoya qilish.
- ona organizmiga ta'sir etuvchi gormonlar sintezlash (gonadotropin, esterogen, progesteron).

Platsenta funksiyasining buzilishi homiladorlikda turli asoratlarga:
- bolaning chala tugʻilishi.
- platsentaning erta ajralishi.
- homiladorlik toksikozlariga sabab boʻladi.

Shuni takidlab o'tish joizki, platsenta inson organizmdagi yagona vaqtinchalik organ bo'lib, faqatgina homiladorlik davrida mavjud bo'lib, tug'ruq paytida organizmi tark etadi.

KLINIK FIKRLASH KANALI
733 viewsISLOM ISMOILOV, 14:06
Ochish/sharhlash
2022-08-09 16:52:24
Sizningcha bosh suyagida nechta suyak bor?

5, 10 yoki 20?

To'g'ri javob 23.

Va bu videoda ularning har biri alohida ko'rindi

Aytgancha, ularning ba'zilari juftlashgan (8 suyak), shuning uchun ular tez-tez hisoblashda xato qilishadi va 29 raqamini chiqarishadi.

KLINIK FIKRLASH KANALI
910 viewsISLOM ISMOILOV, 13:52
Ochish/sharhlash
2022-08-09 16:51:27
Gidroftalm - bolalardagi tug'ma glaukoma yoki chaqaloqlik davrida sklerada suyuqlik yig'ilishi natijasida, ko'z ichi bosimining ortishi sababli ko'z soqqasining cho'zilishi va kattalashuvidir.
Oqibatda ko'ruv nervi atrofiyaga uchrab, ko'rish qobiliyati yomonlashadi.

Davolash: Xirurgik yo'l bilan .

KLINIK FIKRLASH KANALI
831 viewsISLOM ISMOILOV, 13:51
Ochish/sharhlash
2022-08-02 11:29:05 Umumiy qon tahlili — qonning fizik va kimyoviy xossalari haqida ma’lumot olish uchun foydalaniladigan laboratoriya tekshiruvi.

Barchamiz hayotimizda hech bo’lmaganda bir marta, umumiy qon tahlilini topshirganmiz. Va har bir kishi noto’g’ri tushunchaga duch kelib, natijada yozilgan narsalar, bularning barchasi nimani anglatishini tushunmagan. Ushbu ko’rsatkich nima uchun ko’tarilganligi yoki tushganligini qanday tushunish kerak? Masalan, limfotsitlar ortishi yoki kamayishi nimaga olib kelishi mumkin? Ushbu maqolada barchasini qisqa va tushunarli tarzda tahlil qilamiz.

Batafsil

KLINIK FIKRLASH KANALI
1.5K viewsDoctor Muxtorov, 08:29
Ochish/sharhlash
2022-07-31 20:04:05
Atelektaz (yun. ateles – yetilmagan, notoʻliq va ektasis – choʻzilish) – oʻpka pufakchalari (alveolalari), segmentlar va boshqalarning havosizlanishi yoki deyarli havo qolmasligi natijasida burishishi (puchayishi).

Atelektaz bronxlar teshigining har xil narsalar (nekroz natijasida koʻchib tushgan epiteliylar va hokazo) bilan tiqilib qolishi yoki bronxlarning tashqi tomondan siqilishi (plevrada transsudat yoki ekssudat yigʻilganda, oʻsmalarda) oqibatida roʻy beradi.

Bulardan tashqari, tugʻma atelektaz ham boʻladi – nafas olmaslik natijasida chaqaloq oʻpkasining yozilmay qolgan qismi.

Davosi:
kasallikning asosiy sababi bartaraf qilinadi
bola tugʻilayotganda asfiksiyaning oldini olish chorasi koʻriladi
bronxga kirib qolgan yot jismlar olib tashlanadi
oʻsma, bronxoadenit va boshqa kasalliklar davolanadi.

KLINIK FIKRLASH KANALI
1.3K viewsDoctor Muxtorov, 17:04
Ochish/sharhlash
2022-07-30 16:56:02
MRT da nevrinoma (shvannoma)

22 yoshli qizning shikoyatlari:
-o‘ng qo‘l onemeniyasi
-bo‘yin sohasidagi bosuvchi og‘riq

Nevrinoma tekshiruv paytida aniqlangan.

Nevrinoma - nerv to‘qimasidan o‘suvchi xavfsiz o‘sma bo‘lib, u istalgan yoshda, ko‘proq ayollarda uchraydi. Klinik simptomatika o‘simta tomonidan nerv zararlanishi hisobiga yuzaga kelgan.

KLINIK FIKRLASH KANALI
1.2K viewsDoctor Muxtorov, 13:56
Ochish/sharhlash
2022-07-28 11:38:41
Ekstrakorporal qon aylanishi

"Sun’iy o‘pka-yurak" apparati- maxsus tibbiyot asbobi bo‘lib, o‘pka va/yoki yurak funksiyasi to‘liq yoki qisman bajarish imkoniyati bo‘lmaganda, odam hayot faoliyatini ta’minlaydi.

KLINIK FIKRLASH KANALI:
https://t.me/joinchat/AAAAAEgNn_qF2q8fRVLudg
1.3K viewsDoctor Muxtorov, 08:38
Ochish/sharhlash
2022-07-26 12:27:16
Exokardiografiya(ExoKG) - yurakni ultratovush bilan tekshirishning zamonaviy va xavfsiz usuli bo‘lib, yurak strukturalardan qaytgan ultratovush signallarini ushlashga asoslangan.

Bu usul yurak klapanlari holati, perikarddagi(yurak xaltasi) suyuqlik hajmini, yurak va uning alohida strukturalari o‘lchamini baholashga qaratilgan.

KLINIK FIKRLASH KANALI:
https://t.me/joinchat/AAAAAEgNn_qF2q8fRVLudg
1.4K viewsDoctor Muxtorov, 09:27
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:20:21
Quruq ko'z sindromi - zamonaviy kasb kasalligi

Bu patologiyaning asosiy sababi ko'zning monitor bilan uzoq vaqt aloqada bo'lishidir. Bu vaqt davomida insonlar ko'zini juda kam yumib-ochadilarki, natijada bu holat ko'z sirtining "qurib qolishi"ga olib keladi.

Quruq ko'z sindromi - ko'z yosh suyuqligining yo'qligi yoki past sifatliligi sababli shoxparda va konyuktivadagi yuzaga keladigan o'zgarishlardir.

Demak, ko'z suyuqligi, ko'zni namlash vazifasini bajarganligi sababli, uning yetishmasligi diskomfort, shoxparda va konyuktivaning shikastlanishiga olib keladi.

KLINIK FIKRLASH KANALI
1.7K viewsDoctor Muxtorov, 12:20
Ochish/sharhlash